TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.16K subscribers
15.5K photos
1.22K videos
39 files
2.53K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#seminar_trening
#TATUFF

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida "Orzu va maqsad formulasi" shiori ostida TATU va uning filiallari psixologlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

🖇
Seminar-treningda tajribali psixolog mutaxassislar tomonidan qiziqarli amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
👍51
#seminar #FastechIT

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Fastech IT academy o’quv markazi vakillari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.

⭕️  Qiziqarli o‘tgan seminarda Fastech IT academy o’quv markazi mutaxassislari tomonidan professional dasturchi bo’lish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar, rezyume to’ldirish sirlari, ish beruvchilar bilan suhbatdan muvafaqqiyatli o’tish jarayonlari hamda o’quv markazida stajirovka/amaliyot o’tash va yuqori daromadli kasblarga ishga joylashish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

🎁 Tadbir davomida o’quv markazi vakillari tomonidan berilgan Quiz savollariga to’g’ri javob bergan talabalar sovg’alar bilan taqdirlandi.

Tadbir so’nggida barcha talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
👍2🤔1
#seminar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish rejasi bo‘yicha “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o’qituvchilari bilan "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o’rtasida seminar tashkil etildi.

Unda “Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati" boshlig'i o'rinbosari Zilolov Fazliddin Xayatovich hamda bosh mutaxassisi Usmanov Sherzod Mirnumonovich tomonidan “Telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi”  mavzusida ma’ruza qildi.

📶 Seminar Respublikamizda faoliyat yuritayotgan uyali kompaniyalarning xizmat ko’rsatish sifatini nazorati, mobil aloqa operatorlarining onlayn kuzatuv holati bo’yicha, aloqa sifatiga tasir etuvchi omillar haqida aytib o’tildi.

✈️@tuituz_official
👍41
#seminar_trening

📍 Universitetimiz terma jamoa a’zolari joriy yilning 23-iyundan 1-iyulga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro “6th Algorithm Competition Summer Camp 2024” o‘quv seminar-treningida ishtirok etishdi.

🗒 Universitetimiz talabalari ushbu o‘quv seminar-treningida xalqaro darajadagi mentorlardan tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirgan holda, nufuzli ICPC musobaqalarida universitet nufuzini yanada oshirishni maqsad qilgan.

✈️@tuituz_official
👍7
#TATU
#TYUTOR
#seminar_trening

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga koʻmaklashish maqsadida "Tyutor va psixolog hamkorligi", "Talaba-yoshlarning o'ziga xos psixologik holati", "Birinchi bosqich talabalarinig moslashuvi” mavzularida tyutorlar uchun psixologik seminar trening tashlik etildi.

Tadbir so'ngida kelgusi faoliyatlarida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi.

Telegram
👍11
#TATU
#seminar

🔹Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bo'lim boshliqlari, yosh-professor o'qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlari Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nodavlat-notijorat tashkilotlarining roli” mavzusida seminarda ishtirok etdilar.

⚡️Ushbu seminarni akademik Q. Allayev, O‘zbekiston Faylasuflar Milliy jamiyati raisi Q. Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri M.Bekmurodovlar o'zlarning talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'ruzalari bilan qizg'in olib borishdilar.

🏛 Seminar so‘ngida Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi raisi akademik Oqil Salimov tomonidan universitetimizning faol tyutorlariga jamg‘arma bilan hamkorlik uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar taqdim etdilar.

👉@tatu_talabalar_uchun👈
👍3👏21
#seminar
#alibaba
#kif_mt

🏛 3-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kompyuter injiniringi fakulteti Multimedia texnologiyalari kafedrasida profeessor-o‘qituvchilar va talabalar uchun "GenAI va ma’lumotlar arxitekturasiga yo’l: Talabalikdan yechim arxitektorigacha" mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

♻️ Seminarni Alibaba Cloud Intelligence kompaniyasi katta ma'lumotlar/yechimlar arxitektori, PhD Kushnazarov Farrux Isakulovich olib bordilar.

💬 Seminar juda qizg‘in baxs va suhbatlar bilan bo‘lib o‘tdi.

Telegram
👍3
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#seminar #Ucell

📆 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O'zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri – Ucell kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi.

⭕️ Qiziqarli o‘tgan seminarda, Ucell kompaniyasi mutaxassislari tomonidan kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xodimlar uchun yaratilgan qulay ishlash sharoitlari va undagi bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashish jarayonlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, talabalarga amaliyot, stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#seminar #Uzinfocom

📆 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator (Uzinfocom) qoshidagi UStudy IT Akademiyasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi.

👩‍🎓 Ushbu seminar davomida talabalar, Uzinfocom va UStudy IT Akademiyasi faoliyati, kompaniyada ishga kirish jarayoni va stajirovka dasturlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ma'lumotlarni tahlil qilish, sun'iy intellekt modellari asosida ilovalarni ishlab chiqish hamda mashinani o'rganish algoritmlarini integratsiyalash kabi ma’lumotga ega bo'lishdi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

❗️ Ma'lumot uchun: Ustudy — Uzinfocom kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha boʻlib, global muammolarga tayyor IT-mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ustudy missiyasi bilim va amaliy tajribadan foydalangan holda jamiyatda hayot sifatini yaxshilashga yordam beradigan innovatsion yechimlarni yaratishdan iborat. Ustudy bo'lajak soha yetakchilari shakllanadigan haqiqiy IT markazi sifatida qaraladi.

🤗 Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#seminar #ZTE

📆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, "ZTE Investment" kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi.

⭕️ Ushbu seminarda talabalar, "ZTE Corporation" faoliyati, kompaniya mahsulotlari, mavjud bo'sh ish o'rinlari (RNPO engineer, RAN engineer, MW engineer, Power engineer, Site engineer) bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, kompaniyada ishga kirish jarayoni va pullik stajirovka dasturlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

❗️ Ma'lumot uchun: ZTE Corporation (Zhongxing Telecommunication Equipment Corporation) — 1985-yilda Xitoyda tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya telekommunikatsiya uskunalari, 5G texnologiyalari, mobil qurilmalar va IT xizmatlari sohasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ZTE 160 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, global texnologik rivojlanishda katta hissa qo'shayotgan xalqaro texnologiya kompaniya hisoblanadi.


🤗 Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
👍6
#seminar #Qalqon

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus psixologik oʼquv- seminar tashkil etildi.

🤔Seminar davomida ishtirokchilarga "Qalqon" guruhining faoliyati, xavfsizlikni ta'minlashda jamoatchilikning o‘rni va muhim vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

✍️Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar o‘tish yo‘lagi va boshqa ijtimoiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Universitetda o‘tkazilgan ushbu o‘quv seminar yoshlarni jamiyatda tartibni saqlashda faollik ko‘rsatishga undaydi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
#seminar #davra_suhbati

👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "School 21da oliy ta’limni IT ta’limi bilan birlashtiring" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🧠 Davra suhbatida muhokama qilingan mavzular:
IT sohasi uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi yangi yondashuvlar.
School 21da ta’limning innovatsion metodlari, xususan, peer-to-peer formatida o‘qitish.
Raqamli texnologiyalarning asosiy yo‘nalishlari: Data tahlili, kiberxavfsizlik, tizim va biznes tahlilchisi va boshqa istiqbolli sohalar.

🤔 Shuningdek, Tadbir davomida IT sohasida innovatsion yondashuvlar va yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash usullari ham muhokama qilindi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#seminar #malaka_oshirish #maʼnaviyat

“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida malaka oshirish o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda

2025-yil 17–20-fevral kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbarlari uchun malaka oshirish o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi – oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish hamda yoshlarning intellektual salohiyati, mafkuraviy immuniteti va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36414
👍3
#seminar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturiy injiniring “ fakulteti tomonidan “EPAM System” kompaniyasi Senior Software Engineer  Jakhongir Murtazayev  bilan hamkorlikda “Loyiha  boshqarish 360°: nazariya va amaliyot” mavzusida master klass  o‘tkazildi.

Seminar yakunida seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉1
#seminar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa” mavzusida jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar va treninglarni o‘z ichiga olgan seminar-trening tashkillashtirildi.

🎓Ushbu seminar-treningga Akademik Yolkin Xalmatovich Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazidan vrach-endokrinolog Tursunova Dildoraxon Baxodirjon qizi mutaxassis sifatida tashrif buyurdi.

👥Seminar-trening juda informativ ,savol-javoblarga va baxs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#seminar #Ucell

📆 Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, O'zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri – Ucell kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi.

⭕️ Qiziqarli o‘tgan seminarda, Ucell kompaniyasi mutaxassislari tomonidan, kompaniya faoliyati, asosiy tijorat bloki va texnik blok ish yo‘nalishlari, xodimlar uchun yaratilgan qulay ishlash sharoitlari va undagi bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashish jarayonlari bilan tanishtirildi.

💼 Shuningdek, talabalarga amaliyot, stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🎁 Tadbir so'ngida interfaol o‘yinlar o‘tkazildi va eng faol ishtirokchilar kompaniya tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
#seminar #LG_Electronics

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, LG Electronics kompaniyasi ishtirokida maxsus Workshop tadbiri tashkil etildi.

🗣 Ushbu tadbirda, LG Electronics kompaniyasi faoliyati, asosiy ish yo'nalishlari, kompaniya mahsulotlari, xodimlar uchun yaratilgan qulay ishlash sharoitlari va afzalliklari haqida umumiy tushunchalar berildi.

💼 Shuningdek, talabalarga amaliyot, stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🎁 Tadbir so'ngida eng faol ishtirokchilar kompaniya tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Seminar
#RaqamliIqtisodiyot

👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti, “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasi tashkil etilgan “Yosh iqtisodchilar” to‘garagi tomonidan “Raqamli va yashil iqtisodiyot: barqaror kelajak sinergiyasi” mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

💡 Seminarda ishtirokchilar tomonidan:
🔹Yashil iqtisodiyot
🔹Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
🔹 Bitiruvchilarning raqamli imkoniyatlari
🔹 Intellektual mulkning raqobatbardoshlikka ta’siri
🔹 Agrolizing
🔹 Startaplar va ularning iqtisodiyotdagi o‘rni
🔹 “Tezkor dorixona” loyihasi kabi 10 dan ortiq dolzarb taqdimotlar taqdim etildi.

📊 Har bir taqdimot raqamlashtirilgan iqtisodiyotda barqaror rivojlanish, raqobatbardoshlikni oshirish, infratuzilmani takomillashtirish va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan taklif va yechimlarni o‘z ichiga oldi.

📌 Seminar doirasida ishtirokchilar o‘z g‘oya va tashabbuslari bilan bo‘lishib, dolzarb muammolarga zamonaviy yondashuv asosida takliflar bildirdilar.

✈️Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🥰1
#seminar

🗣 Joriy yilning 5–11-may kunlari mamlakatimiz hududlarida aholining barcha qatlamlari ishtirokida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.

Mazkur haftalik doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbariyati va xodimlari hamkorligida amaliy va o‘quv seminar tashkil etildi.

🏛 Seminar doirasida Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Zaynidinov X.N. rahbarligida mustaqil izlanuvchi Modullaev J.S. tomonidan tayyorlangan “Favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz qurilmalar yordamida olingan tasvirlarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining tajriba-sinov jarayoni ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening #Dolzarb90kun

📹 Kuni kecha, 13-iyun kuni bo'lib o'tgan texnikumlar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi seminar-treningdan videolavha

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
🔥2