TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#IjodkorTalabamizdan

Koʻnglim ketdi ul go'zalga

Xayolimni oʻgʻirlagan ul goʼzalning,
Uzun sochi oʻynar mayin shabbodaga.
Taqdirimga yozilgan qiz shumikin-a,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Yotsam-tursam fikr-u yodim oʻshal qizda,
Oʻshal kuni qaytar edi u oʻqishdan,
Ul parivash chiqardiku meni izdan,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Oshiq boʻldim ul qizchani koʻzlariga,
Qulogʻimga bolday yoqqan soʻzlariga,
Oshiqdirman kulib turgan yuzlariga,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Qalam qoshi,nayza misol kipriklari,
Bir soniya xayolimdan ketmas nari,
Mening uchun oʻn besh kunlik oy singari,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Oʻn sakkizga kirgan ekan boʻlajak yor,
Uni deya tunlarim ham oʻtar bedor,
Ul qizga men muhabbatim etay izhor,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga

Radio va mobil aloqa fakulteti,
830-22 MTo' Mamajonov Xolmuhammad
#IjodkorTalabamizdan

OXIRI BOR

Gul ekmasang tosh ham ekma birodarim.
Bu dunyoda hamma mexmon, ko‘ngli yarim.
Bor haqiqat, yolg‘oni yo‘q aytganlarim.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Tug‘ildingmi demak bir kun o‘lmog‘ing bor.

Kimdir kelib qozoninga et solmagay.
Rizqi butun sahroda ham och qolmagay.
Faqat Alloh, o‘zgasi hech jon olmagay.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Gulladingmi bir kun xazon, so‘lmog‘ing bor.

Bu dunyoning boyliklari sarob bilsang.
Jannat senga bag‘rin ochar savob qilsang.
Bil nodonsan chin dunyongni xarob qilsang.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Olovmisan, qancha yonma so‘nmog‘ing bor.

Otang ketdi, onang ketdi qolib bulmas.
Har kishini ko‘nglin birdek olib bo‘lmas.
Bu dunyoga kelgan mag‘lub, g‘olib bo‘lmas.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Beshik minding, demak tobut minmog‘ing bor.

Ikki eshik orasi bu yurib o‘tding.
Kimdir qasr, kimdir kulba ko‘rib o‘tding.
Biring yig‘lab, biring davron surib o‘tding.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Tuproq eding, yana tuproq bo‘lmog‘ing bor.

TATU talabasi Jumayev Zamonbek