TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.41K subscribers
12K photos
990 videos
36 files
1.96K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#SummerSchool #ENSSAT #Fransiya

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarni yozgi maktab "Summer School" dasturida Fransiyaning "ENSSAT - Ilg'or milliy amaliy fan va texnologiyalar kolleji"da qatnashishga taklif etadi.

🗒 Yozgi maktab dasturi Fransiyaning ENSSAT kollejida 2024-yil yozida 18-iyundan 1-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturda informatika va elektronika (Electronics, Computer Science...) yo'nalishidagi bakalvr, magistr va PhD talabalari qatnasha oladi.

👤 Dasturda qatnashish narxi quyidagicha:
15 martgacha to'lov qilingan taqdirda: 950 €
15-martdan so'ng: 1050 €
O'qish to'lovlarini o'z ichiga turar joy, ijtimoiy tadbirlar va ijtimoiy kechki ovqatlar, tashriflar, tushlik, piknik, kofe-breakni oladi.

📌 "Summer School" dasturi haqida batafsil: https://www.enssat.fr/en_US/relations-internationales/summer-school
#tashrif #Fransiya

💻 Kuni kecha Fransiyadagi oliy ta’lim imkoniyatlariga oid taqdimoti o’tkazish maqsadida Campus France agentligining O’zbekistondagi vakili Alisa Mot va Fransuz Aliance AFT vakillari TATUga tashrif buyurdilar.

🇫🇷 Alice Mot Campus France ma’suli va Aliance vakillari Fransiyaning universitetlari va ular tomonidan taqdim etilayotgan dasturlar, magistratura va grantlar bo’yicha taqdimot o’tkazdi. Toshkent Fransuz Alyansi vakili o‘z faoliyati va assotsiatsiyaga aʼzo bo’lishning foydalari haqida ma'lumot berib o'tdi, bu esa universitetimiz talabalarida katta qiziqish uyg’otdi.

📝 Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va debatlar o’tkazildi. Kelajakda fransuz tilini o’qitish bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi.

✈️@tuituz_official