TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.49K subscribers
11.6K photos
962 videos
36 files
1.9K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Himoya #Diplom_ishi

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti Menejment va marketing kafedrasida bitiruv ishlari himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Menejment va marketing kafedrasida faoliyat olib borayotgan Davlat attestatsiya komissiyasi 5232800 – Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv ishlarini eshitdi.

📄Himoya davomida bitiruvchi talabalarning bitiruv ishlari asosida yaratilgan elektron savdo platformalari, olib borgan tahlil va natijalarga alohida e’tibor berildi va attestatsiya komissiyasi a'zolari bir-biridan qiziqarli hamda foydali elektron savdo platformalari yaratilganligini alohida ta’kidlab o’tdi.

🥳Barcha 5232800– Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishi “ilk qaldirg’ochlari” belgilangan tartibda bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Himoya qilgan bitiruvchi talabalarimizning kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

https://t.iss.one/tuituz_official