TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.51K subscribers
11.5K photos
956 videos
36 files
1.89K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

✅️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 3-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrifidan videolavha.

✈️@tuituz_official
#tashrif

✅️ Kuni kecha, 17-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning yetakchi hamkor Xi'an Jiaotong universiteti prezidenti Zhang Liqun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda Xi'an Jiaotong universiteti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida imzolangan Hamkorlik yo'l xaritasida belgilangan akademik va ilmiy almashinuvlar, qoʻshma taʼlim dasturlarini yo’lga qo’yish, qo'shma IT kurslarini tashkil qilish masalalari ikki universitet rahbarlari tomonidan muhokama qilindi.

🗒 Ma’lumot uchun: Xi'an Jiaotong universiteti va TATU o'rtasida yaqindan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan bo'lib, Xitoy delegatsiyasi "ICTWEEK Uzbekistan 2024" haftaligida ham ishtirok etdi.

✈️@tuituz_official
#Latviya #tashrif

🇱🇻 Bugun, 19-sentyabr kuni Latviyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasi hisoblangan Riga texnika universiteti, IT ta'lim kurslarini taklif qiluvchi Baltijas Datoru Akadēmija (BDA) kompaniyasi va iqtidorli yoshlarni ish bilan ta'minlovchi Talzy kompaniyasi delegatsiyasi Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakili Jelena Puncule boshchiligida TATUga tashrif uyushtirildi.

👥 Tashrifdan maqsad TATU hamda Latviya OTM va kompaniyalari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Barcha tomonlar o'z taqdimotlarini namoyish etgan holda, tashkilotlar o'rtasida mos yo'nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Riga texnika universiteti bilan amalga oshiriliyotgan UzMedEn ERASMUS+ loyihasi doirasida rejalashtirilgan oktyabr oyidagi uchrashuvda Riga texnika universiteti Fan va innovatsiyalar markazi, TATU Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi o'rtasida aloqalar o’rnatishga kelishib olindi.

✈️@tuituz_official
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#BRB_TECH #tashrif

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish "BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta'minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida TATUda "BRB-TECH" kompaniyasi bilan hamkorlikda dual ta'limni joriy etish masalalari  ham ko'rib chiqildi.

🗒 Ma'lumot uchun: BRB-TECH kompaniyasining asosiy vazifasi kompaniya va korxonalarga o'z faoliyatini yaxshilash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, IT-konsalting va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish shuningdek, mijozlarga o'z sohalarida yangi texnologiyalarni qo'llashdan iborat.

🔘  Telegram kanalimizni  kuzatib boring!
        
➡️ Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi
#tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot terxnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari H.Mamadaliyev va A.Turg‘unovlar Chilonzor 1-son kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kasb-hunar maktabi rahbariyati va kasb-hunar maktabi pedagoglari bilan o'quv yili davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar yuzasidan fikrlar almashildi, shuningdek kasb-hunar maktabining pedagoglariga yangi o‘qitish metodikalarini o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganilib, yangi adabiyotlar yaratish yuzasidan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.

https://t.iss.one/manaviyat_tuit_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🟣 Joriy yilning 30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “Tro-Phy-Gital Tour” xalqaro avtosayohat doirasida xorijlik mehmonlar tashrif buyurishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad figital-sport turini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hisoblanadi.

☑️Ochilishda universitet prorektorlari Dj.B.Sultanov, K.A.Tashevlar so‘zga chiqib tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi va tadbirga muvaffaqiyat tilashdi. Tadbirda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida yetakchi tashkilotlardan biri hisoblangan “Positive Technologies” kompaniyasi mutaxasisi Kiberxavfsizlik fakulteti talabalariga “Kiberxavfsizlik muammolari va ulardan himoyalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir yakunida javoblar olishdi.

✈️@tuituz_official
#tashrif

🌷 Beg‘ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida universitetning Yoshlar ittifoqi hamda faol talabalari bilan Taskin onkologik bolalar hospisiga tashrif tashkillashtirildi. Og‘ir bemor bolajonlar bilan samimiy suhbat qilinib, ularga sovg‘alar ulashildi.

🔄 Mazkur tadbir bolajonlarga a'lo kayfiyat bag‘ishlab, ularni yanada ruhlantirdi. Bolalar quvonchi bizni ham, ota-onalarni ham, hatto shifokorlarni xushnud etdi. Bu xayrli tashabbus og‘ir bemor bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ko‘tarinki kayfiyati ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

✈️@tuituz_official
#tashrif #futbol #RektorKubogi

Bugun bizni ajoyib
tashrif kutmoqda!

💻 Bugun, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyuradi.

⚽️ Ravshan Ermatov bilan uchrashuv universitetimizning A binosining katta faollar zalida soat 14:00da futbol ixlosmandlari bo'lgan talabalarimiz bilan suhbat hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar uchun sovg’alar ham bor.

Bundan tashqari, bugun soat 14:30da futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start beradi.

Barchani ushbu musobaqani tomosha qilish va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!

✈️@tuituz_official
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

⚽️ Ravshan Ermatov universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar sovg’alar bilan taqdirlandi.

✍️ Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

⚽️ Ravshan Ermatov universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar sovg’alar bilan taqdirlandi.

🤔 Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM