TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#delegatsiya #TATU #Minsk #BDIRU

🤝 2023-yil 27-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Minsk shahrida xizmat safarida bo'lib, BDIRU rektori Bogush Vadim Anatolyevich bilan uchrashdi.

📄 Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🟢TATU va BDIRU hamkorligida ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
🟢Qo'shma fakultetda ta'lim sifatini oshirish;
🟢OTMlar o'rtasida professor-o'qituvchilar stajirovkasini yo'lga qo'yish;
🟢Qo'shma ta'lim bitiruvchilarining Davlat attestatsiya komissiyasi ishlarini yakunlash hamda bitiruvchilarga BDIRU diplomini berish masalalari ko'rib chiqildi.

@tuituz_official
#TATU
#BDIRU
#Minsk

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti TATU-BGUIR QO‘SHMA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI talabalari 1-2-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab Belarusiya Davlat informatika va radiotexnika universitetida 3-4-bosqichini davom ettirish maqsadida universitet mas'ul xodimlari boshchiligida Minsk shahriga yetib olishdi hamda yotoqxonalarga joylashtirildi.
📌 Talabalarg o‘quv jarayonida va yotoqxonalarda roiya qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar tushuntirib o‘tildi.

Kanalga ulanish⤵️: https://t.iss.one/tadbirlar_uchun_tatu
#BGUIR #Kŏkrak_nishoni #TATU_Rektori #BDIRU

E'tirof!

🛡 29-aprel–1-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional taʼlim forumining ilk kuni doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) tomonidan "BDIRU oldidagi xizmatlari uchun" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
#Bitiruv_marosimi #BDIRU #TATU_bitiruvchilari

2024-yil 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Minsk shahrida xizmat safarida bo'lib, Qo'shma ta'lim bitiruvchilarining Davlat attestatsiya komissiyasi ishlarini yakunlash hamda BDIRU diplomini tantanali berish marosimida ishtirok etishdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasining Minsk shahridagi elchixonasi vakillari ham qatnashdilar.

✈️@tuituz_official