TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#ğalaba #Xushxabar

🎉 Qo'shaloq xushxabar!!! G‘alaba!!!!

Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tayotgan, Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club) tomonidan tashkillashtirilgan taqdirlash marosimida hozirgina birdaniga ikkita e'tirofga sazovor bo'ldik, bular:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “King’s Award for Excellence 2024” taqdirlash ma’rosimida “Texnologik ta'lim” (Technological education) yo‘nalishida Osiyoning eng zo'r universiteti sifatida qayd etilib, yuksak mukofotni qo‘lga kiritdi.

Universitetimiz rektori, Iqtisod fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich ushbu “King’s Award for Excellence 2024”ning “Texnologik tadqiqotlar va ishlanmalar" yo‘nalishida g'olib bo'ldi.

🗒 King’s Award for Excellence dunyo bo‘yicha ta’lim va ijtimoiy sohada yetakchi bo‘lib kelayotgan, boshqaruvchilik qobiliyatini baholaydigan, faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotning samaradorligiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan liderlarni munosib taqdirlashni maqsad qilgan oliy darajadagi mukofot hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
#TATU_talabalari #ğalaba

2024-yil 27-iyun kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston
Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Устранение цифрового неравенства” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitet talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi.

🏆 Xakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari 1-o'rinni egallab, esdalik sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🎉Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz.

✈️@tuituz_official
#ğalaba #Technofest #xushxabar #TATU_talabalari

Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Universitetning Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi ITMade laboratoriyasi vakillari Turkiyaning “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan final bosqichigacha yetib kelganliklarini keltirishimiz mumkin.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va imkoniyati cheklanganlarga kengroq imkoniyat taqdim etishga mo‘ljallangan innovatsion Brayl klaviatura tanlovning ilk bosqichlaridanoq “Commercialization potential” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni “Baykar technology kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

Final bosqichining yakuniy natijalari 2024-yilning 20-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamizga omad tilaymiz.

✈️@taturektori
#UzQuiz #TATU #ğalaba

🧠TATU UzQuiz g'olibi!!!
TATU legenda, TATU chempion!

Bugun O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, uning tarkibidagi korxona, tashkilot hamda muassasalarning jamoalari o'rtasida o'tkazilgan UzQuiz final o'yini bo'lib o'tdi.

FINAL - o'yin g'olib va sovrindorlari:

1. TATU -🥇
2. Seniors - 🥈
3. AIRI team - 🥉

🌟 Kubok sohibi - TATU 🏆

🎁Barcha g'olib va sovrindorlar vazirlik tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🎉Jamoamizni ushbu g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz!

✈️@tuituz_official