TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.09K subscribers
15.5K photos
1.22K videos
39 files
2.52K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#KOOKMIN
#Qabul_2023

Qabulning so'nggi muddati uzaytirildi!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📋 Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- O‘quv rejasi (Study plan);
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement);
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6.5 +;
- Pasport nusxasi.

Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
   
Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 3-iyul 11 iyul kuni suhbatga chaqiriladi.

📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.

➡️Bu yerdan kerakli arizalar shablonini yuklab olishingiz mumkin.

📆 Muddat: 2023-yil, 1-iyul 10-iyul, soat 12:00 gacha.
👍2
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#Kookmin
#Internship

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 12 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Koreya Respublikasining Kookmin Universitetida stajirovka dasturi doirasida amaliyot o‘tashmoqda.

Ushbu stajirovka davomida Kookmin universiteti faoliyatini sohalar kesimida o‘rganish, jumladan, akademik faoliyat, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini baholash hamda talablarni ishlab chiqarish bilan transformatsiyasini amalga oshirish va  sanoat korxonalari bilan hamkorlik shuningdek, ishlab chiqarishning real sektorida amaliyotlar tashkil etish mexanizmlarini o'zlashtirish ko‘zda tutilgan.

📄 Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda universitet 72 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur universitetlar bilan malaka oshirish, tajriba almashish va qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etilmoqda.  Shuningdek, universitetda ERASMUS+, UNESCO, NIA, JICA va KOICA grant loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, universitetda Koreya Respublikasining KOICA agentligi, TATU hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan qiymati 5 million dollar bo‘lgan “TATUda Global IT Biznes ta’lim dasturini yo'lga qo'yish hamda FabLab tashkil etish” (Establishing an Innovative Business IT Education Ecosystem at the Tashkent University of Information Technologies) nomli grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Internship #Kookmin #hamkorlik

💻 Oliygohimizning 12 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat guruhning Kookmin universitetidagi amaliyoti davom etmoqda.

🗒 Amaliyotning ikkinchi kunida, Kookmin universiteti mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari va zaruriy me’yoriy hujjatlar tartibini shakllantirish hamda malaka oshirish kurslarini raqamlashtirish bo‘yicha treninglar tashkil etildi.

https://t.iss.one/tuituz_official
👍2
# TATU
#Kookmin
#Internship

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 12 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Koreya Respublikasining Kookmin Universitetida 144 soatlik stajirovka kursini muvafaqqiyatli tamomladi.

Ushbu stajirovka davomida Kookmin universiteti faoliyatini o'rganish va erishilgan natijalarni TATUga tadbiq etish bo'yicha ishlab chiqilgan dastur to'liq o'zlashtirildi va ishtirokchilarga tegishli yo'nalishlarda malaka oshirish sertifikatlari taqdim etildi.

🗒Ta'kidlash joizki, ushbu amaliyot davomida Kookmin universiteti mutaxassislari va TATU xodimlari o'rtasida bakalavriat va magistraturada o‘quv mashg‘ulotlari va zaruriy me’yoriy hujjatlar tartibini shakllantirish, asosiy va tanlov fanlariga qo'yilgan talablar, sifat standartlari, baholash me'zonlari, ilmiy tadqiqotni rivojlantirishda xalqaro va mahalliy donorlarni jalb etish, ishga qabul qilish hamda raqamli texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xalqaro tajriba orttirdilar.

@tuituz_official
👍3
#TATU
#KOOKMIN
#Bahorgi_Qabul_2024

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📋 Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- O‘quv rejasi (Study plan);
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement);
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6.5 +;
- Pasport nusxasi.

Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
   
Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 30-noyabr kuni suhbatga chaqiriladi.

📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.

➡️Bu yerdan kerakli arizalar shablonini yuklab olishingiz mumkin.

📆 Muddat: 2023-yil, 24 - noyabr, soat 18:00 gacha.

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
👍3
#TATU
#KOOKMIN
#Bahorgi_Qabul_2024

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📋 Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- O‘quv rejasi (Study plan);
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement);
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6.5 +;
- Pasport nusxasi.

Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
   
Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 30-noyabr kuni suhbatga chaqiriladi.

📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.

➡️Bu yerdan kerakli arizalar shablonini yuklab olishingiz mumkin.

📆 Muddat: 2023-yil, 24 - noyabr, soat 18:00 gacha.

✈️@tuituz_official
#konferensitlya #KOOKMIN

Joriy yilning 21-23-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti hamkorligida “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish doirasida “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya davrida yangi innovatsion biznes IT ta’limni ilgari surish va rivojlantirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

🗒 Ushbu konferensiyada KOOKMIN universiteti professor-o‘qituvchilari va TATU “AKT sohasida iqtisodiyot” va “Menejment va marketing” kafedralari professor-o‘qituvchilari, loyiha ishtirokchilari o‘z taqdimotlari bilan faol qatnashmoqdalar.
#TATU
#KOOKMIN
#Bahorgi_Qabul_2024

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📋 Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- O‘quv rejasi (Study plan);
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement);
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6.5 +;
- Pasport nusxasi.

Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
   
Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 30-noyabr kuni suhbatga chaqiriladi.

📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.

➡️Bu yerdan kerakli arizalar shablonini yuklab olishingiz mumkin.

📆 Muddat: 2023-yil, 24 - noyabr 28-noyabr, soat 18:00 gacha.

✈️@tuituz_official
👍2
#fotolavha #Kookmin #tashrif #hamkorlik

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vasiylik kengashi raisi Mr.Jiyong Kim, universitet prezidenti Dr.Seung Ryul Jeong boshchiligidagi delegatsiya tashrifi buyurdi.

🤝 Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari R.Karimjonov boshchiligida kutib olindi. Ushrashuv davomida O’zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish bo’yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishlari uchun davlat dasturlari bo’yicha fikr almashildi.

💬 Shuningdek, delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishda hamkorlikni kengaytirish, TATU va Kookmin universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Mazkur tashrif davomida Kookmin universiteti va TATU o‘rtasida joriy o‘quv yilida “Biznes IT qo‘shma ta’lim dasturi” yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🗒 Ma’lumot uchun: Koreya Respublikasining Kookmin universiteti bilan hamkorlikda Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Biznes IT” taʼlim dasturi va innovatsion ekotizimni yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 5 million dollarga teng bo‘lgan“ TATUda innovatsion biznes IT taʼlim tizimini tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

📌 Mazkur loyihaning asosiy maqsadi: Oʻzbekistonda oliy taʼlim salohiyatini mustahkamlash va raqamli iqtisodiyotni boshqaradigan AKT innovatsion isteʼdodlarini tarbiyalash va sanoat-akademik hamkorlik modelini yoʻlga qoʻyish orqali milliy iqtisodiyotga hissa qoʻshishdan iborat.
👍5🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #KOOKMIN #Hamkorlik

Joriy yilning 30-aprel kuni Universitetimizda TATU va Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti o'rtasida qo'shma dasturini (Double degree program) ochish to'g'risidagi shartnomani imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston respublikasi Raqamli texnologiyalari vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjonovich, Kookmin universiteti kengashi raisi (chairman) janob Jiyong Kim va prezidenti Jeung Seung Ryul ishtirok etdi.

🎉 Tatu tarixida ilk bor, Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti kengashi raisi (chairman) janob Jiyong Kimga TATU “Faxriy doktori” unvoni topshirildi.
👍2
#Kookmin #KOICA #BusinessIT

🔄 Joriy yilning 21-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda KOOKMIN universiteti hamkorligida “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasi doirasida "Idea competition" bo'lib o'tdi.

💻 Mazkur tanlovda “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasining LLPS (Living Lab Preparatory School) dasturi doirasida universitetning 24 nafar iqtidorli talabalaridan iborat jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Unda Living Lab Preparatory School - LLPS (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalar tomonidan jamiyatning muhim muammolari yechimiga qaratilgan, innovatsion g‘oyalarga asoslangan startap loyihalarni namoyish etishdi.

🎉 Taqdim etilgan loyihalar hakamlar tomonidan baholanib, g'oliblarga qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

✈️@tuituz_official
👍32
#uchrashuv #Yeungnam #KOOKMIN

Urganchda targ'ibot dasturlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 16-may kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida TATUda mavjud qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishga abituriyentlarni jalb etish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbirda 100 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Ma'lumot o‘rnida, TATUda:
🟢 YEUNGNAM UNIVERSITETI bilan “2+2 Double Degree” (2 yil O‘zbekistonda va 2 yil Janubiy Korea Respublikasida) qo‘shma ta’lim dasturida “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” va “Kompyuter injiniring” bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari;

🟢 KOOKMIN UNIVERSITETI bilan “3+1 Double Degree” (3 yil O‘zbekistonda va 1 yil Janubiy Korea Respublikasida) qo‘shma ta’lim dasturidaBiznes axborot texnologiyalari bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.


📄 Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga TATU va hamkor universitet tomonidan ikkita diplom beriladi.

📆 Hozirda qabul jarayoni davom etmoqda!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
👍2