TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.45K subscribers
11.8K photos
971 videos
36 files
1.93K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #tadbir

📹 Ayni damda Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi tomonidan tashkil etilgan, yosh avlodni tarbiyalashda ulkan xissalarini qo'shgan atoqli o'zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning ijodiga bag‘ishlab hisobot konserti bo'lib o'tmoqda.

✈️@tuituz_official
#fotolavha #live

📷 Jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, universitetdagi iqtidorli talabalarni aniqlash, talaba yoshlar orasida robototexnika, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, biznes jarayonlarini yangi g‘oyalar va innovatsiyalar asosida tijoratlashtirish bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish, talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish hamda rag‘batlantirishni maqsad qilgan - "3I: Idea, invention and innovation" talabalar ishlanmalari va g'oyalari tanlovidan fotolavha.

📍 TATU hamda uning hududiy filiallari talabalarining 200 ga yaqin ishlanmalari bilan tanishish istagida bo'lganlarni Oliygohimiz yangi sport zalida bo'lib o'tayotgan ko'rgazmaga taklif etamiz.

✈️@tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #live

Call-markazi hamda Maslahat markazi faoliyatidan lavhalar

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-2025 o’quv yili qabul jarayonlari bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalarini ogʻirini yengil qilish, qulaylik yaratish, qiziqtirgan savollari va murojaatlariga tezkor javob berish hamda kerakli ma'lumotlarni taqdim etib borish maqsadida  “Call-center” hamda “Maslahat markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan (A bino 116 xona).

📞 Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz  yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yhatdan o'tkaziladi.

🙋 Abituriyentlar quyidagi telefon raqami orqali “Call-markaz” ga murojaat qilib, malakali mutaxassislarimizdan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin:

📞 +998 71-238-55-55;
✉️E-mail: [email protected]

Murojaatlar markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.

✈️@tuituz_official
#live #Xalqaro_uchrashuv

📷 Xalqaro uchrashuvdan fotolavha

📹 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi siyosiy muloqot – 2024: Generativ sun’iy intellekt (GenAI) asosida oliy ta‘limni o‘zgartirishga ko‘maklashish” mavzusida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🗒 Uchrashuvning maqsadi - Markaziy Osiyo mamlakatlari va undan tashqaridagi oliy ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlarni GenAI olib keladigan imkoniyatlar va muammolarni birgalikda o‘rganish, shuningdek, oliy ta’limni samarali rivojlantirish uchun uni qo‘llash bo‘yicha strategik takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

👥 Ushbu uchrashuvda 10 ga yaqin xorij mamlakatlaridan oliy ta’lim vazirliklari rahbarlari, universitet rektorlari, sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi olimlar va UNESCO rahbarlari bilan birgalikda 50 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishmoqda.

✈️@tuituz_official
#TATU_yoshlar_kuni
#live
🏛 Bugun 30-iyun mamlakatimizda nishonlanayotgan Yoshlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet tomonidan Yangi tarnov va Shayx Shivli mahalla yoshlari o'rtasida sport musobaqalari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
# ТАТУ_ mini-futbol
#yoshlar_kuni
#live
🏛 Ayni damda, “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari o‘rtasida sportning “mini-futbol” bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
# ТАТУ_ ma’naviy-musiqiy-badiy_kecha
#yoshlar_kuni
#live
🏛 Ayni damda, “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Talabalar turar joyidagi talaba-yoshlari o‘rtasida ma’naviy-musiqiy-badiy kecha bo‘lib o‘tmoqda.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#LIVE #Qabul_2024
#Abituriyent_2024

Respublikamizning barcha hududlarida test sinovlarining ilk kuni yuqori saviyada bo'lib o'tmoqda.

💻  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEkspo markazi hududidan joy biriktirilgan.

Ayni kunga kelib ushbu manzil test sinovlari uchun to‘liq tayyor holga keltirilgan. Unga ko‘ra:

🟢Qariyb 800 nafar ota-onalar vakillari uchun kutish joylari tashkil qilingan;

🟢Havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan;

🟢Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan;

🟢Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

✈️ @tuituz_official
#live #jonli_efir

Erta tongdan GPA ko'rsatgichi yuqori bo'lgan 200dan ortiq 2-bosqich talabalari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskani tomon ko'tarinki kayfiyatda yo'lga chiqishdi.

✈️@tuituz_official