TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.49K subscribers
11.6K photos
963 videos
36 files
1.9K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Xakaton
#TATU

🏆 3-4-5-iyul kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Astrum IT Akademiyasida o'tkazilgan Toshkent viloyat hokimi “CodeFest” Xakatonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Basser" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Tanlov 5 ta asosiy yo'nalish va 1 ta maxsus yo'nalishlari bo'yicha o'tkazildi:

☑️ Sun’iy intellekt;
☑️ Ijtimoiy yo’nalishlar;
☑️ Kiberxavfsizlik;
☑️ Tadbirkorlik va Moliya;
☑️ O’yinlar sanoati;
☑️ Maxsus yo'nalish.

🥇 1 mlrd pul mukofoti belgilangan tadbirda TATUning "Basser" jamoasi Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni egalladi.

@tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xakaton #Digital_girls

📣 Universitetimiz va uning hududiy filiallarining bakalavr, magistratura va doktoranturasida tahsil olayotgan talaba-qizlari diqqatiga!!!

🤗 Siz so'ragan edingiz - Biz taqdim etamiz!

Joriy yilning 20-24-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sovrin jamg'armasi 50 mln. so'm bo'lgan "TUIT Digital Girls" xakatoni bo'lib o'tadi.

“TUIT Digital Girls” xakatonimamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, hamda raqamli texnologiyalarni tadbiq etgan holda ularning yechimlarini taklif etishda ayollarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion IT mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida oʻtkaziladigan musobaqa.

🗒 Ro’yxatdan o’tish havolasi:
https://forms.gle/EDuHZCgcypSdmReb9

📞 Murojaat uchun telefon: +998 90 425 23 46 (9:00 dan 18:00 gacha)
Call markazi: (33) 573-22-31

✈️ Musobaqa ishtirokchilari uchun telegram guruh: https://t.iss.one/+jyMuqeJjviY5Yjli

Batafsil

✈️@tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#UCC #xakaton

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 21-23-may kunlari "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" (UCC) xakatoni  bo'lib o'tmoqda.

Bugun UCC ning ilk kuni bo'lib o'tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi hududidagi bir qancha oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan 96 ta ishtirokchi 32 ta jamoa bo’lib qatnashishmoqda.

🪧 Xakatonning yo'nalishlari:
–Ijtimoiy sohalarda (ta’lim, tibbiyot va h.k.) raqamli texnologiyalar yo’nalishi;
–Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi;
–Raqamli qishloq xo’jaligi yo’nalishi.


🗒 Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda "Clean code" tamoyillariga alohida e'tibor beriladi.

📍 Xakaton o'tkazilish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E binosi, 202, 301, 205 va 207 xonalar.

📞 Murojaat uchun telefon:  +998 33 100 22 75 (9:00 dan 18:00 gacha)
       Call markazi: (33) 573-22-31

💬 Savol-javoblar uchun: @ucc_hackathon_community ga qo’shiling.