TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.14K subscribers
15.3K photos
1.21K videos
39 files
2.48K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Forum #Sayohat #Xiva

Yangi O‘zbekiston ta’limi – Urganch 2023” ta’lim forumining 2 - kuni davom etmoqda.

🗺Forum doirasida TATU va uning filiallaridan forumda ishtirok etayotgan 100dan ziyod talabalarga, Zakovat jamoalari a'zolariga qadim va navqiron Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

"Ochiq osmon ostidagi muzey"da joylashgan me'moriy hamda tarixiy obidalarning barpo etilishi,  ziyoratgoh maskanlarning tarixi bilan bog'liq ma'lumotlarni eshitish bilan birga tomosha qilish orqali o'z bilimlarini yanada boyitdilar.

@tuituz_official
#Forum #Sayohat #Xiva

💃🕺 Ayni damda TATU hamda uning hududiy filiallari talaba-yoshlari Xivadagi "Ochiq osmon ostidagi muzey"da vaqtdan unumli foydalangan holda musiqiy kecha uyushtirib, ko'tarinki kayfiyatda qo'shib aytib, raqsga tushib, ma'naviy ozuqa olishmoqda.

🥳 Ko'rib turganingizdek barcha yoshlarimizning kayfiyati a'lo darajada.

@tuituz_official
#Live #Sayohat #Xiva

Videolavha#2

💃🕺 Ayni damda TATU hamda uning hududiy filiallari talaba-yoshlari Xivadagi "Ochiq osmon ostidagi muzey"da vaqtdan unumli foydalangan holda musiqiy kecha uyushtirib, ko'tarinki kayfiyatda raqsga tushib, ma'naviy ozuqa olishmoqda.

🥳Talabalarimiz bazmiga xattoki chet ellik mehmonlar ham qo'shilib ko'tarinki kayfiyatga sherik bo'lishmoqda.
#TATU
#Tarixiy_obidalar
#Sayohat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari va talabalariga ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida madaniy hordiq chiqarishlari uchun Xorazmdagi ajdodlarimizdan bizga qolgan, yillar davomida avaylab kelinayotgan ko'hna tarixiy obidalari joylashgan Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

✈️tuituz_official
#TATU
#Sayohat

Universitet talaba-yoshlari Parkent tumanida joylashgan betakror va go'zal bo'lgan tog' yon bag'riga sayohat uyushtirishdi. Talaba-yoshlar ushbu sayoxat davomida madaniy hordiq chiqarishdi.
#TATU
#Sayohat

Universitetning talaba-yoshlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Urungach nefrit ko‘liga sayohat uyushtirishdi.

Bu ko‘l Ugam-Chatkal milliy bog‘i maydonida joylashgan va o‘ziga xos go‘zallikka ega.
Toshkent shahridan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan Katta va kichik nefrit ko‘llari. Urungach nefrit ko‘li Ugam-Chotqol milliy bog‘i maydonida joylashgan va tabiatning inomidir. Ko‘lning pastki qismi nefrit rangli va chiroyli, yuqori qismi esa katta ko‘l sifatida bilinadi. Suvning zumrad sifat rangi qimmatbaho nefrit toshini eslatadi.
Urungach Kichik nefrit kolidan 4 km yuqorida Yuqori Urungach ko‘li joylashgan bo‘lib, u kichik birodaridan farqli o‘laroq, hatto eng issiq oylarda ham hech qachon qurib ketmaydi. Atrofdagi landshaftlar va ko‘llarning o‘zi bir-biridan keskin farq qiladi. Yuqori ko‘l ko‘proq Firuza suv rangiga ega va ikki baravar katta.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_Õzbekiston_yoshlari #TATU #sayohat

📹 Videolavha (1-kun)

🇺🇿 O'zbekiston OTMlari ichida ilk bor, birinchilardan bo'lib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univerisiteti hamda uning hududiy filiallari 300 dan ziyod talaba-yoshlari uchun yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining "O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling!" dasturi doirasida ochiq osmon ostidagi TATU yoshlar festivali tashkil qilindi.

Festivalni universitet rektori B.Maxkamov yurtimizda prezidentimiz sa'y-harakatlari bilan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi va so'zlari so'ngida talabalarimizga maroqli xordiq tiladi.

🏆 Festivalning birinchi kunida shaxmat, stol tennisi, armrestling, volleybol hamda futbol sport turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

🎧🎶 Barcha sport musobaqalari tugagach, vaqtdan unumli foydalangan holda talabalarimiz uchun eng sara sho'x qo'shiqlarni jamlab, musiqiy kecha tashkil etildi. Bir muddat o'tib ushbu kecha festivalning ramziy gulxanini yoqish marosimiga ulanib, yoshlarimiz ijrosidagi qo'shiqlar bilan davom etdi.

📹Ushbu festivalning birinchi kunidan videolavha.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #Sayohat #ichki_turizm

📶 Xa aytgancha, Samarqand tomon yo'l olgan TATU yoshlaridan iborat karvon Jizzaxning mashhur somsalaridan tanavvul qilishga ham ulgurdi...

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm #TATU_yoshlari #sayohat #ArdaKhiva #IchanQala #forum #BirJamoa_birOila

🤔 Bugun, 12-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 700 dan ziyod talabalar, professor-o'qituvchilar hamda xodimlar uchun “Sog‘lom inson sog‘lom millat – Urganch 2025” forum doirasida ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy yodgorliklar, milliy me'morchiligiz nanumalari bilan yaqindan tanishish maqsadida "Jamoa bilan safar – hamjihatlik va ruhiy yuksalish sari yo‘l!" shiori ostida Xiva shahridagi tarixiy-ma’naviy maskanlar bo'lgan “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bunyod etilgan “Arda Xiva” turizm majmuasiga sayohat uyushtirildi.

✈️@tuituz_official
#fotolavha #sayohat #Xiva

“Sog‘lom inson sog‘lom millat – Urganch 2025”
forum doirasida ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy yodgorliklar, milliy me'morchiligiz nanumalari bilan yaqindan tanishish maqsadida "Jamoa bilan safar – hamjihatlik va ruhiy yuksalish sari yo‘l!" shiori ostida Xiva shahridagi tarixiy-ma’naviy maskanlar bo'ylab sayohatdan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum #TATU_yoshlari #sayohat

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan forum yakunlandi, ahil jamoamiz sayohatdan Toshkentga qaytdi

 Joriy yilning 11-13-aprel kuni yuqori saviyada tashkil etilgan “Olimpiya ruhi - ilhom manbai, Paralimpiya - cheksiz iroda!” shiori ostidagi “Sog‘lom inson - sog‘lom millat – Urganch 2025” forum o'z nihoyasiga yetdi. Forum ishtirokchilari o'z manzillariga qaytib kelishdi.

Taassurotlarga boy safar davomida talabalar sport hamda intellektual bellashuvlar orqali o'z qobiliyatlarini namoyon etdilar. Forum doirasidagi Xiva bo'ylab sayohat davomida qadimiy shahar tarixiy obidalari, milliy meros va zamonaviy turistik obyektlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa nafaqat bilim va dunyoqarashni boyitish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, faol hayot tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

✈️@tuituz_official