TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.51K subscribers
11.5K photos
956 videos
36 files
1.89K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#semenar_trening
#psixolog

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oilalarda zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida maxsus semenar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TDPU qoshidagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazidan tashrif buyurgan mutaxassis hamda universitet psixologi ishtirok etishdi.

Ayollar hamda bolalar zo‘ravonligiga barham berish, jamiyatda ularning huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu tashabbuslar ko‘zlangan ushbu semenar-treninglarda mavzuga oid ko‘nikmalar berildi.

t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#semenar_trening
#psixolog
Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti psixologi, yuristkonsult hamda profilaktika inspektori hamkorlikda talaba-qizlari uchun maxsus semenar trening tashkil etdi.
Ularga:
Talaba-qizlarning ma’naviy-psixologik,
huquqiy bilimlarini shakllantirish,
ruhiy tushkunlikka tushgan xotin-qizlarga ko‘maklashish yuzasidan kerakli tavsiya va maslaxatlar berildi.
Tadbir soʻngida psixologik chuqur mulohazaga ega boʻlgan kichik videofilm namoyish etildi.
#psixolog
#semenar_trening
#ttj
#OIV_OITS
Butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Tarbiyachi pedagog hamda universitet psixolog tomonidan talaba qizlar uchun "KELAJAK OʻZ QO'LINGIZDA" dasturi asosida o'zbek xalqiga xos bo‘lgan axloqiy me’yorlar nuqtai nazaridan o‘z sog‘lig‘iga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha bilim va malaka ko‘nikmalarini oshirish, qiz bolaning iffati va or-nomusi, shaxsiy gigiyena, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi yomon illatlar va ularning inson organizmiga ta’siri haqida tushunchaga ega bo‘lish, hamda ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida semenar trening tashkil etildi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun