TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.15K subscribers
15.3K photos
1.21K videos
39 files
2.47K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#SCSA #TATU #Cybersecurity_Artificial_intelligence

Joriy yilning 2-5 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida Scientific Cyber Security Association (SCSA) tomonidan o‘tkazilayotgan “Cybersecurity and Artificial intelligence” ligasida ishtirok etdi va mazkur universitet talabalariga Algorithms of Artificial Intelligence in Cybersecurity, Risks & challenges, Artificial Intelligence powered threat Intelligence, Cyber forensics principles kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘qidi.

🗒 Cybersecurity and Artificial intelligence ligasida ishtirok etish orqali universitet va fakultetlardagi mutaxassislik kafedralarining ilmiy tadqiqot yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik va ilmiy almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish ham rejalashtirildi.
#esport #football #cybersecurity

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Bellashuv yakuniga ko‘ra talabalarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

🥇1-o‘rin — Ikromov Nurmuhammad
🥈2-o‘rin — Normaxmatov Diyorbek
🥉3-o‘rin — Xayrullayev Akobirxon

🎗Musobaqa sovrindorlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#TATU #esport #cs2 #cybersecurity

🏆 Kiberxavfsizlik fakultetining kibersport ixlosmandlari o‘rtasida 17-dekabr kuni “Counter-Strike 2” o‘yini boʻyicha final bahsi bo‘lib o‘tdi
Musobaqada 8 ta jamoa 5 kishilik tarkib bilan bellashdilar. Turnir yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar kuchli uchlikdan o‘rin oldilar:
🥇1-o‘rin — Falcons
🥈2-o‘rin — Rozmetov
🥉3-o‘rin — Saffar
🎗 Jamoa a'zolari esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun