TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.57K subscribers
11.4K photos
947 videos
36 files
1.88K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#adabiy_kecha
#TATU_Marifat_ulashib

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar o’rtasida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etiladi.

Loyiha mehmonlari sevimli adiblarimiz: Nuriddin Aminjon, Chorsham Ro‘ziyev hamda Muhiddin Omon.

🤩Talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, talabalar teatr studiyasi tomonidan adiblar hayoti yoki asarlari bilan bog‘liq spektakl sahnalashtirish, adiblar hayoti yoki ijodi bilan bog‘liq film namoyish etish, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina tashkil etish va adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini va “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazish, “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish, talabalar turar joyida adiblar bilan talabalar davra suhbati hamda adiblar bilan fotosessiya tashkil etish rejalashtirilgan.

👍Barcha talaba-yoshlarimizni loyihada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Marifat_ulashib
#adabiy_kecha

Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli o’zbek adiblari Chorsham Ro'ziyev, Muhiddin Omon va Nuriddin Aminjonovlar “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

👍 Mazkur uchrashuvda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, talabalar teatr studiyasi tomonidan adiblar hayoti yoki asarlari bilan bog‘liq spektakl, adiblar hayoti yoki ijodi bilan bog‘liq film namoyishi etish, @tatu_talabalar_uchun kanalida adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina hamda adiblar bilan fotosessiya tashkil etildi.

Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar!


Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Marifat_ulashib
#adabiy_kecha

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida Yunusobod tumani 272- va 105-umumta’lim maktabida zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli o’zbek adiblari Chorsham Ro'ziyev, Muhiddin Omon va Nuriddin Aminjonovlar “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
🌳 Tadbir boshidan mehmonlarimiz maktabga tashrif buyurgan mahalla faollari va universitet mas’ullari hamrohligida “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab bog‘iga ezgu niyatlar bilan ko'chatlar ekishdi.
#TATU
#Marifat_ulashib
#adabiy_kecha

👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida Yunusobod tumani 260- va 265-umumta’lim maktabida hamda Yunusobod tumani Uchqahramon mahallasida zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli o’zbek adiblari Hаmroev Islom Hаmzаevich, Adiba Umirova hamda Umida Abduazimovalar ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

🌳 Tadbir boshidan mehmonlarimiz maktabga tashrif buyurgan mahalla faollari va universitet mas’ullari hamrohligida “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab bog‘iga ezgu niyatlar bilan ko'chatlar ekishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar she’riyat va adabiyot olamiga sayohat qilishdi, bilim ulashdilar va ko‘ngilochar suhbatlardan zavq olishdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Maʼrifat_ulashib
#adabiy_kecha

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Rahmon Qo'chqorov, Suvon Meliyev va To'lqin Eshbekovlar ishtirokida ijodiy uchrarshuv o‘tkazildi.

🤔 Mazkur tadbirda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o'tkazilayotgan ijodiy uchrashuvlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash yuzasidan fikr almashildi.

⚡️Mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan shoirlarning mualliflik she'rlari o'qildi hamda talabalar o'zlari yozgan she'rlarini adiblar oldida o'qib berishdi.

✍️Adiblar Tadbir davomida talaba-yoshlarga o'zlari bosib o'tgan mashaqqatli lekin sermazmun hayot yo'llarini so'zlab berdi va ijodkor talaba-yoshlar bilan birga ishlashga va'da berdi.

🚨 Universitetda o‘tkazilgan adabiy-ma'rifiy uchrashuvda ishtirok etgan mehmonlarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM