TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.14K subscribers
15.3K photos
1.21K videos
39 files
2.48K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#TTJga_tashrif

🤔Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mas'ul xodimlari talabalar turar joylariga tashrif buyurishdi.

✍️Tashrif davomida jamoa tomonidan talabalar bilan ochiq muloqat o‘tkazildi va ularning turar joylarning sharoitlari, kundalik hayoti va ehtiyojlari haqida suhbatlashdilar

🤔Muloqatda talabalarning taklif va mulohazalarini tinglash bilan birga, talabalar bilan o‘zaro aloqani mustahkamlash va turar joylarda yashash sharoitlarini yaxshilash maqsad qilib olindi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#IqlimKun
#Global_Yoshlar_festival

🌍 15-may – Xalqaro Iqlim Kuni munosabati bilan Orolbo‘yi mintaqasida raqamli “yashil” tashabbuslarga bag‘ishlangan Global Yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

📍 Mazkur nufuzli tadbir Toshkent shahridagi Yapon bog‘ida o‘tkazildi va u yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish hamda innovatsion fikr almashinuv maydoniga aylandi.

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va o‘qituvchilari festivalda faol ishtirok etib, tashkil etilgan festival doirasidagi tashkil etillgan ko'rgazmalar, ishlanmalar bilan tanishdilar.

🌱 Taqamli “yashil” tashabbuslar — yoshlardan boshlanadi!

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #Tashkent_Game_Animation_Fest

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan IT-sohasini rivojlantirish maqsadida joriy yil 16–17-may kunlari IT-Park hududida “Tashkent Game&Animation Fest” festivali bo‘lib o‘tmoqda!

🌐 Festival doirasida GameDev, IT va animatsiya yo‘nalishlaridagi xalqaro kompaniyalar, yosh dasturchilar, animatorlar va o‘yin ishlab chiquvchilar ishtirok etmoqda.

🏛 Ayni damda ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari faol ishtirok etishib, festival doirasidagi tashkil etilgan ko'rgazmalar, ishlanmalar bilan tanishmoqdalar!

✍️ Festival doirasida o‘quvchilarning kompyuter va mobil o‘yinlarni ishlab chiqish, grafik dizayn hamda animatsion ishlanmalar yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kichik turnirlar o‘tkazish orqali qo‘shimcha rag‘batlantirish, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan o‘yin ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha mahorat darslari(master klass)ni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_muzeyga_sayohat

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida Ma'naviyat va ma'rifat markaziga tashrif buyurishdilar.

✍️ Markazda yaratilgan shart-sharoitlar va muzeyning ilmiy, ma'naviy va madaniy merosi bilan tanishdilar.

🤔 Bu markaz, Oliy ta'lim muassasalari ichida yagona va o'ziga xos ilmiy va madaniy o'quv muassasalaridan biri bo'lib, uning asosiy maqsadi — yoshlarga o'z xalqining tarixini, madaniyatini, san'atini chuqurroq tushunish va uni zamonaviy dunyo bilan bog'lashdir.

🤔 Talaba-yoshlar markazga tashrif buyurib, bir qator qiziqarli va foydali yo'nalishlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdilar.

Markazda shuningdek,“Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida milliy liboslar va san'atning ahamiyati haqida ham kengroq tushuncha olishdilar.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_tajribasi #hamkorlik #tashrif

🏛 Ayni damda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining mas'ul rahbar xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishi bo‘yicha “TATU tajribasi” misolida hamkorlik davra suhbati tashkil etildi hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari Universitetda yaratilgan sharoitlar va so'nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdi.

Ushbu davra suhbatidan asosiy ko'zlangan maqsad universitetning ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishida amalga oshirilayotgan ish yuritishdagi zamonaviy yondashuvlar, so'ngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, soha bo'yicha tajribalarini boyitish va doimiy hamkorlikni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

👥 Ushbu tashrif ikki oliygoh oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi tashabbuslarni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TUIT #TATU_yoshlari #ICTacademy #DigitalTalent #DigitalUzbekistan #ICTheFuture #ğalaba

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoyda bo'lib o'tgan Huawei ICT Competition xalqaro tanlovida faxrli 3-o'rinni egallab 4 ta medalni qo'lga kiritdi.

🎓 O‘zbekistonlik talabalar Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etishdi. Unda 48 mamlakat va mintaqadan 179 jamoa ishtirok etdi.

🌐 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 2000 dan ortiq kollej va universitetlardan jami 210 000 dan ortiq talaba va o‘qituvchilar milliy va mintaqaviy darajalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilgan to‘qqizinchi Huawei ICTcompetition 2024-2025 musobaqalariga qo‘shilishdi.

🏅TATU talabalari final bosqichida o'zlarining "Sahiya" nomli loyihalaridagi  yangi innovatsion yechimlarni taqdim etib faxrli 3-o'rinni egallashdi hamda 4 ta medalni qo'lga kiritishdi.

🎉 Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishlarini tilab qolamiz!

🚀Telegram  📷Instagram 🎬 You Tube  🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Teatrga_tashrif

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari O’zbekiston davlat drama teatrida "Ayol" spektaklini tomosha qilishdi!

Tashrifdan asosiy ko'zlangan maqsad talabalarimiz hamda mahalla yoshlarini madaniyat maskani bo'lgan teatrlarga qiziqtirish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilishdan iboratdir.

🎭 Teatr inson ma’naviyatini yuksaltiradi, tafakkurini boyitadi va ezgu his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu nafaqat tomosha, balki tarbiya, madaniyat va ma’rifat maskanidir!

✈️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan "Giyohvandlik — umr zavoli" mavzusidagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbir davomida Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, diniy ekstremizm va terrorizm, korrupsiya, missionerlik, ichkilikbozlik, jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan umumprofilaktik va ma’naviy-ma’rifiy hamda tushuntirish-targ‘iboti yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, yoshlar salomatligiga va kelajagiga tahdidi haqida batafsil ma’lumot berishdi. Interaktiv muloqotlar, video roliklar va real hayotiy misollar orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ongli munosabat shakllantirildi.

🛡 Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi immunitetni kuchaytirishga xizmat qiladi!

✈️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Bitiruvchi_2025
#Ilk_qaldirgʻochlar

🎓 Bugun – tarixiy sana! TATU Nurafshon filiali o‘zining birinchi bitiruvchilarini katta faxr va iftixor bilan hayotning yangi bosqichiga kuzatdi.

✅️ Bugun Filialimiz ilk qaldirg'ochlarini kuzatish kechasi bo'lib o'tdi. Filialimiz rahbariyati, professor-o'qituvchilar bitiruvchi talabalarimiz hamda ularning ota-onalari jam bo'lgan ushbu tantanali tadbirda ilk bitiruvchilarimizga Universitetimiz rektori Baxtiyor Maxkamov hamda direktorimiz Nurbek Nasrullayev talabalarimizning ilk bakalavrlik ramziy diplomlarini topshirdilar.

Bu yo‘l oson kechmadi – ammo sizlar har bir daqiqani mehnat, sabr va orzular bilan to‘ldirdingiz!

Sizlar – bu filialning ilk yulduzlari, ilk bitiruvchilarisiz!
Kelajagingiz porloq bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!


👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_jonli
#futbol
#Jahon_chimpiyanati_2026

Oʻzbekiston🇺🇿 & BAA 🇦🇪

⚽️Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha JCH-2026 saralashi doirasida Abu-Dabida BAA Milliy terma jamoasiga qarshi maydonda tup surmoqda.

🏛 Ushbu o‘yinni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabalar turar joylarida talabalar oʻyinni jonli tomosha qilib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlab bormoqda.

👏Futbolchilarimizga yirik g‘alaba bilan qaytishlarini tilab qolamiz!

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM