TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.17K subscribers
15.1K photos
1.2K videos
39 files
2.44K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #xushxabar

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Inkubatsiya markazida "Blue Mood Animation" jamoasi tomonidan Qo'ziqorin va Pashsha qisqa metrajli multfilmi yaratildi.

🔺 Ushbu loyihada Loyout modelchilar, animatorlar va vizaualizatordan iborat 10 ga yaqin talabalardan iborat jamoa ishtirok etdi. Loyiha rahbari esa Eldor Safiyev va ssenariy muallifi esa Jahongir Fayzullayevlardir.

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#mini_futbol #Xushxabar

📣TATU finalda!!!

⚽️ Hozirgina Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining sport majmuasida mini futbol(futzal) bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi soha kubogining 3-kuni yakunlandi.

📕
Hozirgina TATU jamoasi Uzmobile jamoasi bilan bo'lgan bahsda 1:0 hisobda g'alabani qo'lga kiritib, final bosqichiga yo'l oldi.

🏆 Final bosqichi TATU va Uztelecom o'rtasida ertaga, 29-mart kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi!

✈️@https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#ğalaba #Xushxabar

🎉 Qo'shaloq xushxabar!!! G‘alaba!!!!

Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tayotgan, Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club) tomonidan tashkillashtirilgan taqdirlash marosimida hozirgina birdaniga ikkita e'tirofga sazovor bo'ldik, bular:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “King’s Award for Excellence 2024” taqdirlash ma’rosimida “Texnologik ta'lim” (Technological education) yo‘nalishida Osiyoning eng zo'r universiteti sifatida qayd etilib, yuksak mukofotni qo‘lga kiritdi.

Universitetimiz rektori, Iqtisod fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich ushbu “King’s Award for Excellence 2024”ning “Texnologik tadqiqotlar va ishlanmalar" yo‘nalishida g'olib bo'ldi.

🗒 King’s Award for Excellence dunyo bo‘yicha ta’lim va ijtimoiy sohada yetakchi bo‘lib kelayotgan, boshqaruvchilik qobiliyatini baholaydigan, faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotning samaradorligiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan liderlarni munosib taqdirlashni maqsad qilgan oliy darajadagi mukofot hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!


Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning may oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari bugun, yaqin fursatlar ichida talaba-kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за месяц май студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их студенческие карты в ближайшее время.

✈️@tuituz_official
#armrestling #xushxabar

Xushxabar!!!

🏆 Toshkentda Armrestling bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda Osiyoning 15 ta davlatidan 800 dan ziyod sportchilar ishtirok etishdi.

💪 "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" kafedrasi mudiri Kerimov Kamil Fikratovich 100+ kg vazn toifasida o'ng qo'lda ham chap qo'lda ham mutlaq g'alaba qozonib 1-o'rinni egalladi.



🏆 В Ташкенте прошел чемпионат Азии по армрестлингу. В соревнованиях приняли участие более 800 спортсменов из 15 стран Азии.

💪 Заведующий кафедрой Керимов Камил также принял участие в чемпионате Азии в весовой категории 100+ кг и занял первое место как левой, так и на правой руке.

✈️@tuituz_official
#ğalaba #Technofest #xushxabar #TATU_talabalari

Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Universitetning Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi ITMade laboratoriyasi vakillari Turkiyaning “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan final bosqichigacha yetib kelganliklarini keltirishimiz mumkin.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va imkoniyati cheklanganlarga kengroq imkoniyat taqdim etishga mo‘ljallangan innovatsion Brayl klaviatura tanlovning ilk bosqichlaridanoq “Commercialization potential” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni “Baykar technology kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

Final bosqichining yakuniy natijalari 2024-yilning 20-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamizga omad tilaymiz.

✈️@taturektori
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!

Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning sentyabr oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari bugun, yaqin fursatlar ichida talaba-kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за сентябрь студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их студенческие карты в ближайшее время.
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!

Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning oktyabr oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari bugun, yaqin fursatlar ichida talaba-kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за октябрь студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их студенческие карты в ближайшее время.

✈️https://t.iss.one/manaviyat_tuit_uz
#xushxabar

✔️ Toshkent shahar Yunusobod tuman saylov komissiyasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 8-sonli qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Maxkamov Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashiga deputat etib saylandi.

🗒 Baxtiyor Maxkamov nomzodini ko'rsatgan siyosiy partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi.

✈️@tuituz_official
#xushxabar #QS_Asia

QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi o'rni 110 pog'onaga ko'tarildi

Bugun, 6-noyabr kuni, nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.

Natijalarga ko‘ra, TATU Osiyo mintaqasida o'tgan yilgi 651-700 o'rnini yangilab, 541-o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-o‘rinni egalladi.

Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari #Xushxabar

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovida TATU talabalari faol ishtirok etib, g’olib bo’ldilar.

➡️ Tanlovda universitetimiz 515-22-guruh talabasi Salixova Sevinch g’olib bo’lib, 10 million so’m pul mukofoti va maxsus sertifikat bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov tomonidan taqdirlandi.

➡️ Undan tashqari, 200-24 KIYU guruh talabasi Talatov Muhammad kreativ videoroligi bilan ishtiroki uchun O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev tomonidan noutbuk hamda maxsus sertifikat bilan mukofotlandi.

  Mazkur talabalarimiz tomonidan muhandislik sohasini targ’ib qilishiga qaratilgan videoroliklari eng yaxshilar qatorida deb topildi.

🎉 Talabalarimiznining muvaffaqiyatlari bardavom bo’lishini va bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.

✈️@tuituz_official
💙@tatu_karyera_markazi
#Xushxabar #TalabalarKuni

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan talabalarimiz uchun bir qator qiziqarli va ko’ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu sana talabalar hayotining yorqin va quvonchli daqiqalarini ta’kidlash uchun ajoyib imkoniyatdir!

E’tiboringizga tadbir dasturlari:

18-noyabr, dushanba kuni universitetimizning barcha 8 ta fakultetlari o’rtasida osh pishirish musobaqasi tashkil etiladi. Bu nafaqat oshpazlik mahoratini namoyish etish, balki fakultetlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash uchun ham ajoyib imkoniyat.

🎶Musobaqa davomida sho’x-shodon musiqiy dasturlar sizlarni kutmoqda. Tayyor bo'lgan oshlarga talabalarimizning o'zlari baho berishlari mumkin.

🍿 Movie-night: Kechga yaqin esa talabalar uchun maxsus film tomoshasi tashkil etiladi.

📍 Manzil: TATU, A bino, faollar zali
🕘 Vaqt: 17:00
📹 Film nomi: “Как взломать экзамен” (rus tilida)

Do’stlar bilan yaxshi film ko’rish, iliq xotiralar orttirishni va darsdan tashqari vaqtni maroqli xordiq bilan o'tkazishni xohlaysizmi
Unda bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang
❗️

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konferensiya #xushxabar

🇲🇨Joriy yilning 25-noyabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Multimedia texnologiyalari kafedrasi dotsenti Artiqova Muazzam Axmedovna Jakarta shahrida (Indoneziya) boʻlib oʻtgan “Inson hayotining barqaror rivojlanishiga raqamli formatda sarmoya kiritishda sun’iy intellekt” mavzusidagi nufuzli ICAISD 2024 xalqaro konferensiyada ishtirok etib, barcha ishtirokchilar orasida “Eng yaxshi maqola muallifi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi!

🎉 Professor-o‘qituvchimizning muvaffaqiyatlari bardavom bo’lishini va bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.

✈️Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QS #Xushxabar

QS Sustainability Rankings 2025: TATU ikkinchi yil ketma-ket dunyoning TOP oliygohlari qatorida

🏆 Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingi (QS Sustainability Rankings 2025) e’lon qilindi.

💻 Dunyoning eng nufuzli universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti QS World University Rankings: Sustainability 2025 ro'yxatidan joy oldi.

✔️ Quvonarlisi, TATU 2024-yilda bir qator ko'rsatkichlar bo‘yicha o'z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshiladi. Atrof-muhit barqarorligi (Environmental sustainability) bo'yicha 523-, Boshqaruv (Governance) bo'yicha 549-, Ijtimoiy ta'sir (Social Impact) bo'yicha 1000-o'rinni egalladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!

Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning dekabr oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari yaqin fursatlar ichida talaba-kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за декабрь студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их студенческие карты в ближайшее время.

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #reyting #THE

TATU fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Joriy yilning 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi:

➡️ Taʼlim yoʻnalishida dunyoda 601+;
➡️ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida dunyoda 1001+ oʻrinni egalladi.

✈️@tuituz_official
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!

Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning aprel oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari yaqin fursatlar ichida talaba-kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за апрель студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их студенческие карты в ближайшее время.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM