TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.4K subscribers
12.2K photos
997 videos
36 files
1.98K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot terxnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari H.Mamadaliyev va A.Turg‘unovlar Chilonzor 1-son kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kasb-hunar maktabi rahbariyati va kasb-hunar maktabi pedagoglari bilan o'quv yili davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar yuzasidan fikrlar almashildi, shuningdek kasb-hunar maktabining pedagoglariga yangi o‘qitish metodikalarini o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganilib, yangi adabiyotlar yaratish yuzasidan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.

https://t.iss.one/manaviyat_tuit_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🟣 Joriy yilning 30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “Tro-Phy-Gital Tour” xalqaro avtosayohat doirasida xorijlik mehmonlar tashrif buyurishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad figital-sport turini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hisoblanadi.

☑️Ochilishda universitet prorektorlari Dj.B.Sultanov, K.A.Tashevlar so‘zga chiqib tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi va tadbirga muvaffaqiyat tilashdi. Tadbirda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida yetakchi tashkilotlardan biri hisoblangan “Positive Technologies” kompaniyasi mutaxasisi Kiberxavfsizlik fakulteti talabalariga “Kiberxavfsizlik muammolari va ulardan himoyalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir yakunida javoblar olishdi.

✈️@tuituz_official
#tashrif

🌷 Beg‘ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida universitetning Yoshlar ittifoqi hamda faol talabalari bilan Taskin onkologik bolalar hospisiga tashrif tashkillashtirildi. Og‘ir bemor bolajonlar bilan samimiy suhbat qilinib, ularga sovg‘alar ulashildi.

🔄 Mazkur tadbir bolajonlarga a'lo kayfiyat bag‘ishlab, ularni yanada ruhlantirdi. Bolalar quvonchi bizni ham, ota-onalarni ham, hatto shifokorlarni xushnud etdi. Bu xayrli tashabbus og‘ir bemor bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ko‘tarinki kayfiyati ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

✈️@tuituz_official
#tashrif #futbol #RektorKubogi

Bugun bizni ajoyib
tashrif kutmoqda!

💻 Bugun, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyuradi.

⚽️ Ravshan Ermatov bilan uchrashuv universitetimizning A binosining katta faollar zalida soat 14:00da futbol ixlosmandlari bo'lgan talabalarimiz bilan suhbat hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar uchun sovg’alar ham bor.

Bundan tashqari, bugun soat 14:30da futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start beradi.

Barchani ushbu musobaqani tomosha qilish va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!

✈️@tuituz_official
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

⚽️ Ravshan Ermatov universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar sovg’alar bilan taqdirlandi.

✍️ Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

⚽️ Ravshan Ermatov universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar sovg’alar bilan taqdirlandi.

🤔 Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi janob Sakurai Akihiro tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar, jumladan ilg’or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihar va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) homiyligida ochilgan TATU Media markazi bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetning hozirgi kundagi mavjud yuqori salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya universitetlari va kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan hamkorliklar va ularni jalb qilish borasida muhokamalar olib borildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi

💻 Kuni kecha, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

👥 Universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tdi. Savollarga to'g'ri javob bergan tadbir qatnashchilari mehmonimiz tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

🤔 Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Xitoy

🇨🇳 Kuni kecha TATUga Xitoyning nufuzli “Xinyada” IT kompaniyasi bosh direktori Zeng Botao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔴 Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. TATU va “Xinyada” kompaniyasi o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

☑️Ma’lumot uchun:
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
#TATU_talabalari #tashrif #muzey

🏛 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultet tyutorlari va  talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

⚡️ Muzey zallaridagi “Oʻzbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”,Shohruhiya qalʼa-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, «Amir Temur-Klavixo-Samarqand», «Amir Temur hayotidan lavhalar», “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar nazarida” kabi koʻrgazmalardagi 1,5 ming eksponatni ko'rishdi.

👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Tashrif talaba-yoshlarimizda katta qiziqish va hayrat uygʻotib,  Amir Temur va Temuriylar davriga oid ko'plab noyob qo'lyozmalar, rasmiy hujjatlar, kumush va mis tangalar, me'moriy qoplamalarni tomosha qilib ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi.