#Hackathon #KOICA #KMU #Xalqaro_aloqalar
💻 Joriy yilning 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Janubiy Koreyaning Kookmin Universiteti (KMU) talabalari o’rtasida rejalashtirilgan “Xakaton”ning uchrashuv sessiyasi tashkil etildi.
💻 Ushbu xakaton Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Kookmin universiteti talabalari o‘rtasida o‘zaro bir birini tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga oid loyihalar ustida ishlashga qaratilgan.
🌐Talabalar ushbu “Xakaton” doirasida muammolarni hal qilishning ijodiy dasturi, mijozlarni tushunish jarayonlari ustida ish olib boradilar.

#Hackathon
⚡️ DIQQAT, E’LON!
🚀 Joriy yilning 10-12-noyabr kunlari “TechGenius” nomli xakaton bo'lib o'tadi.
✅Ushbu loyiha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar tomonidan Oliy ta’lim muassasalari, assotsatsiyalar, banklar va yirik kompaniyalar uchun o'tkazilmoqda.
🟢Ishtirok etishni xohlovchilar joriy yilning 7-noyabr kuniga qadar hackathon veb-sahifasida mavjud bo‘lgan shakldan foydalanib, onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun - techgenius.uz.
✔️Shuningdek, xakatonlarni tashkil etish, biznes-inkubatorlar va startap-akseleratorlarni ishga tushirish boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma va uslubiy materiallar loyihalari taqdimoti 8-noyabr kuni bo'lib o'tadi.

#hackathon #Low_Code #Odoo
⌨️ Joriy yilning 4–5-may kunlari TATU da "Low Code"ga asoslangan Hakaton turniri bo'lib otdi. Unda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etish, balki innovatsion loyihalar va dasturiy yechimlarni yaratish borasidagi amaliy tajriba va ko'nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Musobaqada talaba yoshlar, Backend, Frontend dasturchilar va dizaynerlar ishtirok etdilar. Hakatonda 19 ta jamoa (jami 53 ta ishtirokchilar) o'z loyihalarini taqdim etdilar.
👥 Jamoalar "Odoo" platformasi doirasida "Low Code"ga asoslangan: Elektron tijorat, E-POST, FinTech va Deep Tech yo’nalishlarining dasturiy yechimlari bo‘yicha bellashdilar.
Hakamlar hay'atining baholash natijalariga ko'ra:
1-o'rin – “Rishala” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani aniq va mukammal bajarib, 86 ball bilan);
2-o'rin – “Prime” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani mukammal va kreativ bajarib, 80 ball);
3-o'rin – “Team A” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani aniq va yakka tartibda bajarib, 61 ball)ga nasib etdi.
🎁 Taqdim etilgan loyihalar asosida Hakaton g'oliblari aniqlandi va ularga vaucherlar, sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
✈️@tuituz_official

20-sentyabr kuni “President Tech Award” doirasidagi keng ko‘lamli hakaton boshlandi.
🗣 Tadbirni IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ochib berdi.
👥 Tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida u IT sohasining jadal o‘sishi va mamlakat yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Ishtirokchilar tajribali murabbiylar rahbarligida innovatsion loyihalar ustida ish olib boradilar. 3-kun yakunida 15 ta eng yaxshi jamoa o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.
Ushbu hakatonda TATUdan bir qancha talabalar jamoalari ishtirok etmoqda.
🧠 G‘olib bo’lgan jamoa, bosh sovrin - 100 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi!