TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.7K photos
969 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#Kino_kunlari
#Bolalik_sinovlari

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarimiz uchun "Bolalik sinovlari" mavzusida kinofilm namoyish etildi.

🎬Ushbu film o'zini anglash: "Bolalik sinovlari" yoshlarni o'zligini tanish va o'z qobiliyatlarini baholashda yordam beradi. O'ziga ishonchni oshirish, shaxsiy rivojlanish hamda hayotda duch keladigan qiyinchiliklar va ularni yengish yo'llarini ko'rsatadi. Bu, yoshlarning kurashish va ijobiy natijalarga erishishiga turtki beradi.

Ushbu film namoyishi bizning yosh avlodimiz uchun nafaqat ko'ngilochar, balki ta'lim beruvchi tajriba bo'ldi.

👉
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈
#e’lon

📣DIQQAT E’LON

“YILNING ENG FAOL TALABASI” RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING FAKULTET BOSQICHIGA START BERILDI


➡️Birinchi tur - har bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi;
➡️Ikkinchi tur - universitet miqyosida, fakultetlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
"Yilning eng faol sportchi talabasi";
"Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
"Yilning eng faol ijodkor talabasi";
"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" .

G’olib boʻlgan talaba-yoshlar universitet bosqichiga yo‘llanma beriladi!

Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o'ringa sazovor bo'lgan), g'oliblikni qo'lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga 30-sentabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

📌Murojaat uchun:
C bino 214 A xona Iqtidorli talabalar bo'limi.

✈️@tuituz_official
#Hackathon

20-sentyabr kuni “President Tech Award” doirasidagi keng ko‘lamli hakaton boshlandi.

🗣 Tadbirni IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ochib berdi.

👥 Tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida u IT sohasining jadal o‘sishi va mamlakat yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Ishtirokchilar tajribali murabbiylar rahbarligida innovatsion loyihalar ustida ish olib boradilar. 3-kun yakunida 15 ta eng yaxshi jamoa o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.

Ushbu hakatonda TATUdan bir qancha talabalar jamoalari ishtirok etmoqda.

🧠 G‘olib bo’lgan jamoa, bosh sovrin - 100 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi!

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #yangiliklar

TATU hayotida so'nggi kunlarda bo'lib o'tayotgan voqealar va eng qaynoq yangiliklar haqida “TATU'da nima gaplar ?”  ko'rsatuvi.

🚨 Bugungi dasturimizda:

TATUda eng zamonaviy ARM tashkil etildi va u 24/7 formatida faoliyat yuritadi.

Universitet kibersport jamoalari uchun "Cyber club" tashkil etildi.

200 ga yaqin 2-bosqich talabalari "Oqtosh" oromgohida dam olishadi.

✈️@tuituz_official
#live #jonli_efir

Erta tongdan GPA ko'rsatgichi yuqori bo'lgan 200dan ortiq 2-bosqich talabalari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskani tomon ko'tarinki kayfiyatda yo'lga chiqishdi.

✈️@tuituz_official
#fotolavha #live

📶 Ayni damda Oqtosh dam olish maskanida talabalarimiz "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida ishtirok etib, maroqli hordiq chiqarishmoqda...

✈️@tuituz_official
#TATU_talabalari #Videolavha #Teambuilding

Oqtoshdagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanidagi tadbirlar davom etmoqda. Ayni vaqtlarda mazali tushlikdan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @tuituz_official
Forwarded from Digital.uz
🐦 Sizni mukofot jamgʻarmasi $100 000 boʻlgan “President Tech Award” doirasidagi Hakaton finaliga taklif qilamiz!

🟢Sana: 22-sentabr
🟢Vaqt: 16:30 — 21:00
🟢Manzil: Konferensiya zali, 2-qavat, Turin

Jamoalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy gʻoyalarini baholash va innovatsion muhitdan bahramand boʻlish uchun bizga qoʻshiling!

Finalda koʻrishguncha!
______

🐦 We invite you to the Final of the Hackathon as part of the President Tech Award, with a prize pool of $100,000!

🟢Date: September 22 
🟢Time: 16:30 - 21:00 
🟢Venue: Conference Hall, 2nd Floor, Turin

Join us to support the teams, assess their creative ideas, and immerse yourself in an atmosphere of innovation!

See you at the final!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Futzal2024

🏛Ayni damda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari futzal bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Humo Arenada o‘tkazilayotgan Marokash 🇲🇦va Portugaliya🇵🇹  terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni jonli tomosha qilishmoqda! ⚽️

👉https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈