TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.19K subscribers
15.1K photos
1.2K videos
39 files
2.42K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Rektor_kubogi #Sport #futbol #voleybol

DIQQAT E'LON!!!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida, joriy yilning 10-iyun sanasida universitetning 4 ta Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalari o'rtasida futbol va voleybol bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi tashkil etilmoqda.

⚽️ Ushbu "Rektor kubogida"da har bir TTJdan 1 tadan futbol va voleybol jamoalari shakllantirilgan holda qatnashishlari mumkin. Mazkur musobaqa shanba kuni soat 10:00 da voleybol va 15:00 da futbol bo'lib o'tadi.

🏃‍♂️ "Rektor kubogi"da qatnashmoqchi bo'lgan talabalar TTJ Tarbiyachi pedagogiga murojaat qilishlari mumkin.

@tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #yangi_Õzbekiston_yoshlari #teambuilding #oqtosh #voleybol

🤾‍♂ Hozirgina "Oqtosh" o'quv poligonida voleybol bo'yicha TATU va uning filiallari o'rtasidagi musobaqa yakunlandi.

🏆Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra:

1️⃣-o'rinni Samarqand filiali
2️⃣-o'rinni Nukus filiali
3️⃣-o'rinni Qarshi filiali egalladi.

@tuituz_official
#voleybol
#sport
#talabalar_ligasi

TATUda "Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda

Liga nizomiga ko'ra sport musobaqalari bosqichma-bosqich fakultetlararo o'tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

⚡️Bugun ham Kiberxavfsizlik fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida sportning "Voleybol" turi bo'yicha sport musoqabasi bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Voleybol musobaqasida 120 dan ortiq talabalar faol ishtirok etishmoqda.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#1oktyabr #voleybol #musobaqa #taqdirlash

📣Yaqinlashib kelayotgan 1-Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan, universitetimizda ish faoliyatini olib borayotgan professor-oʼqituvchilar uchun bir qator bayram tadbirlari va sport musobaqalarini oʼtkazish rejalashtirilgan bo'lib, “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festival doirasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida 🤾‍♀️ ayol professor-o'qituvchilar oʼrtasida 26-sentabr kuni volleybol bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

🏆 O'tkazilgan musobaqa natijasiga ko'ra:
🥇-o'rin Kompyuter injiniring fakulteti jamoasiga;
🥈-o'rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasiga;
🥉-o'rin Televizion texnologiyalar fakulteti jamoasiga nasib etdi.

🎁Gʼolib boʼlgan jamoaga Rektor kubogi nasib etdi. Shuningdek barcha g'olib ishtirokchilar albatta qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#talabalar_ligasi
#voleybol
TATUda "Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Liga nizomiga ko'ra sport musobaqalari bosqichma-bosqich fakultetlararo o'tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
AKT sohasida "Iqtisodiy va menejment" fakulteti talabalari oʻrtasida voleybol boʻyicha TALABALAR LIGASI oʼyini oʼtkazilmoqda
Musobaqa Talabalar ligasi NIZOMI qoidalariga muvoafiq tashkil etilmoqda.
🎯 Barchangizni sport musobaqalarida qatnashishga chorlab qolamiz!
✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#talabalar_ligasi
#voleybol
TATUda "Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Liga nizomiga ko'ra sport musobaqalari bosqichma-bosqich fakultetlararo o'tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni damda talabalarni bo'sh vaqtini unumli o'tkazish maqsadida Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari o'rtasida voleybol sport musobaqasi kuni bo'lib o'tmoqda.
✈️ https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#talabalar_ligasi
#voleybol

🏆“Talabalar ligasi” qizg‘in pallada!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining voleybol sport turining fakeltetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✔️Musobaqa davomida 100 ga yaqin talabalar sportning voleybol turidan 8 ta jamoaga bo‘lgan holda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

⚡️Bellashuv yakuniga ko‘ra:

🥇Radio va mobil aloqa fakulteti 1- o‘rin ;
🥈AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti 2-o‘rin ;
🥉Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 3-o‘rinni egaladilar.

📍Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 15-sentabrdan boshlab universitet talaba-yoshlari o'rtasida "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining guruhlar o'rtasidagi sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va basketbol turlari bo‘yicha fakultetlar bosqichi hamda fakultetlar o'rtasida universitet bosqichini tashkil etib kelinmoqda!
#Voleybol #TATUyoshlari

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari hamkorligida "TATU yoshlari Farg'onada, Yangi O'zbekiston osmoni ostida birlashmoqda" shiori ostida “Yangi g’alabalar – Farg’ona 2023” nomli, bir qancha sport turlari bo'yicha musobaqalarni o'z ichiga olgan tadbir bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasida voleybol musobaqasi o'z yakuniga yetdi va unda quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇o'rin Urganch filiali;
🥈o'rin Farg'ona filiali;
🥉o'rin Nukus filiali;


@tuituz_official
#Dekan_kubogi🏆
#Voleybol🏐
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha "Dekan kubogi" ga start berildi.
⚡️Tadbirdan asosiy ko'zlangan maqsad  fakultetda sog'lom sportni yo'lga qo'yish va talaba-yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishga qaratilgan. "Dekan kubogi" talaba yoshlar tomonidan koʻtarinki kayfiyatda olib borilmoqda .
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Talabalar_ligasi
#Dekan_kubogi🏆
#Voleybol🏐

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida "Talabalar liga"si doirasi sportning voleybol turi bo'yicha "Dekan kubogi" ga start berildi.🔥
⚡️Tadbirdan asosiy ko'zlangan maqsad universitet talaba-yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishga qaratilgan.
🔥 "Dekan kubogi" talaba yoshlar tomonidan koʻtarinki kayfiyatda olib borilmoqda.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun