Forwarded from Santuagara (21+)
#xarid #sovğa #kayfiyat
Nodira opa sharofati bilan bir qator o‘zbek adabiyoti nazmining durdonalari kutubxonamdan joy oldi. Mansur Jumayev, Kumush Abdusalomova, MohiRa Eshpo‘latova kabi shoir va nosirlarning kitoblarini dastxat bilan qabul qilish naqadar baxt. Ayniqsa ulug‘ iste'dod hisoblanmish Abdulla Oripovning oila a'zolari nomidan hadya etilgan bo‘lsa)
O‘zim esa qadrdon Oltin seriyadan ikki kitob va «Болшие книги» turkumidan to‘rtta kitobni xarid qildim, hozircha shu)

❤8🔥2😁1
Seni sog'indim (Www.Quvonch.com)
Tohir Sodiqov
Axir, qachonlardir tinch edi sevmasdan yurak...
Tohir Sodiqovning qo‘shiqlarini yana kimlar yaxshi ko‘radi🙋♀
@kumush_abdusalomova
❤10🔥3🥰2💯2
👍9🔥5
Tushuntirish xati 💌
Hurmatli tanlov ishtirokchilari,
Sizning sabr kosangiz to‘lganini bilaman. Izohlarda bildirilgan fikrlarga har doim ham javob yozolmadim.
Tanlovning taqdirlashi aprelda o‘tishi kerak edi. Tanlovni tashkil etgan homiydan kitob taqdimoti va taqdirlashni keyinroqqa surishni o‘zim so‘raganman. Shu sabab kitobim ham biroz keyinroq chop etildi.
Endi o‘sha SABABga to‘xtalsak. Men judayam muhim insonning TASHRIFini kutayotgan edim. Har kimdan va har nedan o‘zimga chekingandim.Xullas))) 07.07.2025 sanada Ollohning ne'mati - Oysha qizimiz dunyoga keldi.
Azizlarim, sog‘intirganga ham oson emasdir deydilar)))
Bugun tanlov o‘z nihoyasiga yetdi. Avgustning go‘zal kunlaridan birida taqdirlashni o‘tkazamiz nasib bo‘lsa.
Barchangizga sabringiz va mehringiz uchun rahmat aytaman.
@kumush_abdusalomova
Hurmatli tanlov ishtirokchilari,
Sizning sabr kosangiz to‘lganini bilaman. Izohlarda bildirilgan fikrlarga har doim ham javob yozolmadim.
Tanlovning taqdirlashi aprelda o‘tishi kerak edi. Tanlovni tashkil etgan homiydan kitob taqdimoti va taqdirlashni keyinroqqa surishni o‘zim so‘raganman. Shu sabab kitobim ham biroz keyinroq chop etildi.
Endi o‘sha SABABga to‘xtalsak. Men judayam muhim insonning TASHRIFini kutayotgan edim. Har kimdan va har nedan o‘zimga chekingandim.
Azizlarim, sog‘intirganga ham oson emasdir deydilar)))
Bugun tanlov o‘z nihoyasiga yetdi. Avgustning go‘zal kunlaridan birida taqdirlashni o‘tkazamiz nasib bo‘lsa.
Barchangizga sabringiz va mehringiz uchun rahmat aytaman.
@kumush_abdusalomova
❤15🔥4🥰4👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏6🔥1💯1
#tanlovga
BIR VAQTLAR(MI?)
Buvim aytib bergan bir voqea yodimga tushadi:
"Urush bo‘lgan yillar xalq qay ahvolda kun kechirgani ayon,turmush oson emasdi.Og‘zimiz bir burda nonga yetsa,bizdan baxtlisi topilmasdi. Odamlarning yolg‘iz tashvishi tirik qolish bo‘lib qolgandi. Shunday kunlarning birida oxirgi bug‘doyimiz ham sop bo‘ldi. Bizga qarz berib turmoqchi bo‘lishdi,evaziga esa...kichkina opamni so‘rashdi.
Ayolmand oilasini boqish tashvishi hiqildog‘iga kelgan keksa otam noiloj rozi bo‘ldilar. Menga g‘alati tuyilardi:axir u odamning xotini bor-ku!
Oyim yengini qattiq tishlab,jim dedi...
"Bir qop un
O‘rniga kelin..."
To‘g‘ri,bu o‘tgan asrning gapi,odamlarni yo‘qchilik juda tang ahvolga solib qo‘ygan bir vaziyatda ota-onalar o‘zlarining og‘ir qismatlari farzandlarida takrorlanishini sira istashmas,buning uchun qo‘llaridan kelganini qilishardi. Tan olamizmi-yo‘qmi,zamona o‘zgarsa ham,odamlarning mana shu fikri sira o‘zgarmagan. To‘g‘ri-da,kim ham istardi jigarbandining qiynalib yashashini?
Bu jihatdan ularni oqlash mumkin. Faqat...
Isajon Sultonning "Yog‘och kovush"degan hikoyasi bor. Mazmuni shunday:Xitoyda juda qashshoq kun kechiruvchi bir inson bo‘lib,esini taniganidan beri zamindor boylarning sholi dalalarida mehnat qilardi. Kichkina,ma‘suma qizalog‘i bor edi. U bunday jajji mo‘jizaning ertaga o‘zi kabi bir kambag‘alga turmushga chiqib,umrini sholizorda o‘tkazib yuborishini istamasdi. O‘ylay-o‘ylay katta bo‘lganida qizini puli xotinlaridan ham ko‘p bo‘lgan semiz boyga uzatishga qaror qiladi. Emishki,boylarga gavdasi ingichka,oyoqlari esa juda kichkina qizlar yoqar ekan. Ota qiziga yog‘och kovush yasab kiygizadi va uni yechishga izn bermaydi. Kovush juda siqib,azob berardi.Qizcha o‘n uch yoshga to‘lganda ota yurak yutib,niyatini boyga oshkor qiladi.Boy va uning amaldorlari uning ustidan rosa kulishadi. Hamma orzulari sarob bo‘lib chiqqan ota ortiq qizining ko‘ziga qarolmay,bu yerlardan bosh olib ketadi...
Ba‘zan yaxshilik qilaman,deb yomonlik qilib qo‘yishimiz ham mumkin. Ayniqsa,gap inson taqdiri ustida ketsa har qancha ehtiyot ham qismat oldida hech narsa bo‘lmay qoladi...
"Bir vaqtlar otalar qizlarini
Bir qop jo‘xoriga alishgan.
Balki shuning uchun
Tovaga tushgan jo‘xoriday
Portlagim keladi. "
Ha!Ayni haqiqat. Shuning uchun shoiraning "qopda qolib",tovuqlarga yem bo‘lishi emas,tovaga tushib,portlagisi,ichidagini bor ovozda aytkisi kelyapti.
Cho‘lponning Zebisi yodingizdami? Hovlida baland ovoz chiqarsa o‘shqirib beragan ota qizidan ko‘ngil so‘rab o‘tirarmidi? Orzulari bilan hisoblasharmidi? Zebi esa o‘sha zamondagi o‘zbek qizlarining prototipi bo‘lgan.
Shunday desak,hozir-chi?
O‘zim guvohi bo‘lgan bir voqeani so‘zlab bersam:Ikki yillar oldin amakim qizini dabdurustdan uzatadigan bo‘lib qoldi. Sovchilar o‘ziga to‘q xonadondan ekan. Opam bo‘lajak kuyov bilan to‘ydan oldin bir marta ham ko‘rishmay,turmushga chiqdi. Chunki bola chet elda ekan.
To‘ydan keyin ham qisqa vaqt ichida yana qaytib ketdi-da,shu bilan kelmadi.
Hozir shiringina jiyanim bor. Lekin...otasiz katta bo‘lyapti. Oyisi har qancha koyimasin,tog‘asini "dada"deb chaqiradi boyaqish.
Aytilganiga ellik yil ham bo‘lmagan mana bu qo‘shiqni-chi,eshitgandirsiz?
"Bir vaqtlar bog‘imizni donga sotgan biz edik,
Usti-bosh ro‘zg‘orimizni nonga sotgan biz edik,
Qizimizni non uchun arzonga sotgan biz edik,
To‘y qiluvchi do‘stlarim, to‘yni hashamdor aylamang,
To‘yga nodon og‘zipolvonlarni sardor aylamang"
Xalq aldamaydi. U dardlari,armonlari bilan birgalikda iqrorlarini ham kuylaydi.
Afsuski,hozir ham jamiyatda inson baxt-u saodatini farovonlikda,to‘kin-sochinlikda,qo‘li uzunlikda deb o‘ylaydiganlar ozmuncha emas. Tushuning,qizingiz hashamatli uyda yashashi mumkin,ammo oilasida qadrsizlansa,u hech qachon o‘zini baxtli his qilolmaydi. Uzatganda ham sepingiz emas,qizingiz maqtovga arzirli bo‘lsin.
Axir inson qadri moddiyat bilan o‘lchanmaydi-ku!
Bu inson,bu temir-farqi bormi?
"Bir vaqtlar otalar qizlarini
Bir qop unga alishgan.
Balki shuning uchun
Tog‘oradagi xamirday
Haddimdan oshgim keladi."

🔥6❤4
Ehtimol,shu nomutanosiblik bo‘lmaganida,shoiraning haddidan oshishiga-chegaralardan hatlab o‘tishiga hojat qolmasmidi...
Shukr,ma‘naviy saviya oshib,jamiyatda ziyoli qatlam vakillari qadr topa boshlagach,ko‘pkina otalar qizlarini o‘qimishli qilish yo‘lidan borishdi. Endi uning ham o‘z hayoti,tanlovlari o‘z qo‘lida. Bunday o‘ylab qaralsa,ilm bilan shug‘ullanish-jismoniy jihatdan erkaklarga nisbatan cheklangan ayol-qizlar uchun eng munosib ish. Albatta,ilmi,saviyasi,fahm-farosati,dunyoqarashi qadrlashga arzigulik onalardangina yurt kelajagini ishonsa bo‘ladigan,ham o‘zini,ham boshqalarni baxtli qilishi mumkin bo‘lgan chin avlod yetishib chiqadi.
"Bir vaqtlar otalar qizlarini
Bir tanob yerga alishgan.
Ammo negadir yer bo‘lgim emas,
O‘sha janoblarning
Tanobini tortgim keladi".
Xalqimizda "Qadri yer bilan bitta bo‘ldi"degan ibora bor. O‘z navbatida,yer butun mavjudotni boqqani bilan insondan ustun emas. Hazrati inson bir tanob yer bilan tenglashtiriladigan mavjudot emas.
Shunday o‘ylaydiganlarni esa,tanobini tortib qo‘yish kerak bo‘ladi.
"Otalar balki hozir ham
Qizlarini juda arzon baholagani uchun
Senga juda qimmatga tushgim keladi,
Kechir meni, sevgilim!"
Shoir va yozuvchilarda bir xislat bor: u faqat o‘zining emas,butun insoniyatning baxti va dardi bilan yashaydi. Hatto ular dunyodan o‘tgan bo‘lsa ham!
Aslida ko‘z qorachig‘ingizda asrab,voyaga yetkizgan jigarbandingizni butun dunyoga ham alishmaysiz,tenglashtirmaysiz.
U siz uchun bebahodir. Lekin amalda insoniyat buning aksini ham ko‘rdi:
Johiliyat davrida qizlar tiriklay ko‘mildi;
Hindlar xotinlarni erlar bilan qo‘shib yoqdi;
Butun umr ta‘minlaydi deb,boylarga xizmatkorlikka sotishdi...
Endi bugunning qizi "qatiqni ham puflab ichadi". Unga osonlikcha erishishlarini va xuddi shunday osongina tashlab ketishlarini xohlamaydi,bunga yo‘l qo‘ymaydi ham.
Shuning uchun sevgan insoniga qimmatga tushmoqchi-toki uni arzon baholashga haddilari sig‘masin!
She‘r nafaqat mazmunan dolzarb,balki shaklan ham tahlilbop.
Odatiy qofiya qoidalariga bo‘ysunmaslik va sarbast yo‘lni tanlash- she‘r umumruhiyatiga juda mutanosib.
Misralar boshdan-oyoq bir-biri bilan "raqobatlashadi",o‘zaro konflikt hosil qiladi. O‘xshatish va qarshilantirish san‘atidan o‘z o‘rnida foydalanilgan. Bu esa asar ritmiga shiddat bag‘ishlab turibdi. So‘zlar mahorat bilan ishlatilganki,bir bandda bir so‘z o‘zining turli ma‘no qirralarini namoyon qiladi.
Diqqatga sazovor masala asosiy planga olib chiqilgan bo‘lsa-da,bu uzoqdan,shoshmasdan,biroq dangal aytiladi. Oxirgi banddagi munojot uchun yuqoridagi bandlar izohlovchi vazifasini o‘taydi.
Yana bir muvaffaqiyatli tomoni shundaki, she‘r ommaga e‘lon qilingach,juda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Demak,dildan chiqqan so‘zlar dillarni jumbushga keltira oldi.
Qadalgan urug‘ qaqroq yerni yorib chiqqani kabi,g‘aflatga cho‘mgan ko‘ngillarimizdan toshlarni irg‘itib yubordi.
Kumush opa,qalamingizga baraka!
48-ishtirokchi Abdurahmonova Nafisa.
O‘ZMU talabasi

👍8
Forwarded from 𝗡𝗶𝗴𝗼𝗿𝗮 𝗧𝗼𝗴𝗮𝘆𝗲𝘃𝗮//𝗝𝘂𝗿𝗻𝗮𝗹𝗶𝘀𝘁
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo telekanali "Fayzli kun" dasturining “Bokira tuygʻular” sahifasidagi sheʼrlar yuraklarga yetib bordi.
Qalbi she’r, ko‘ngli ilhomga to‘la qiz!
Kumush Abdusalomova — Toshkentlik yosh ijodkor.
Zulfiyaxonim izdoshi.
U nafaqat ijodkor, balki fidoyi mutaxassis ham. Lekin qalamini hech qachon qo‘ymagan.
Har so‘zi yurakdan yozilgan.
Siz ham bahramand bo'ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1🔥1
Diqqat❗Diqqat❗
Tanlov g‘oliblari aniqlandi. Juda uzoq kutdirdik. Ammo "Qanot" loyihasi doirasida hech kutilmagan vaziyat 😱😱😱
Har bir ishtirokchi taqdirlanadigan bo‘ldi. 2-3-o‘rin sovrindorlari soni oshirildi.
Homiyimiz (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) tomonidan har bir ishtirokchining ijodiy ishi alohida e'tibor bilan ko‘rib chiqildi. 🙏🙏🙏
"Chalg‘ima" kitobi taqdimoti va taqdirlash 1⃣9⃣-avgust kuni soat
1⃣1⃣:0⃣0⃣ da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu 👇👇👇 manzilda kutib qolamiz.
Manzil: Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 16-uy.
@kumush_abdusalomova
Tanlov g‘oliblari aniqlandi. Juda uzoq kutdirdik. Ammo "Qanot" loyihasi doirasida hech kutilmagan vaziyat 😱😱😱
Homiyimiz (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) tomonidan har bir ishtirokchining ijodiy ishi alohida e'tibor bilan ko‘rib chiqildi. 🙏🙏🙏
"Chalg‘ima" kitobi taqdimoti va taqdirlash 1⃣9⃣-avgust kuni soat
1⃣1⃣:0⃣0⃣ da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu 👇👇👇 manzilda kutib qolamiz.
Manzil: Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 16-uy.
@kumush_abdusalomova
❤3🥰2🎉2
1-o‘ringa munosib chiqish, shunday emasmi?
👏6🎉3❤1💯1
Forwarded from Kumush Abdusalomova (Kumush Abdusalomova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
35-ishtirokchilar
ZUBAYDA OTAXONOVA VA KOMILA KOMILJONOVA BOSHCHILIGIDA
#тасвир_ва_таассурот
"YORNING TOʻNIGA"
IJRODA: Zubayda Otaxonova
ISHTIROKCHILAR:
• UrDu Filologiya va sanʼat fakulteti talabalari
• Yuksalish liderlar akademiyasi Xorazm filiali oʻquvchilari
• Shovot tuman 37- maktab oʻquvchilari

❤6👍4👏2🎉1