Forwarded from Kumush Abdusalomova (Kumush Abdusalomova)
Telegraph
Mening Marhamat(li) buvilarim
Ota tarafdan buvimning ismlari Malika bo‘lgan. Ammo ularni hamma “Marhamat buvi” deb chaqirardi. Ona tarafdan buvimning ismlari ham Marhamat bo‘lgan. Ammo biz ularni “Damas buvi” derdik. Buning sababi oddiy edi. Tog‘amlarning yashil damasi bo‘lardi. Damasni…
👍5❤3🤯1
#fikr
Ota-onamiz bizga bir umro‘rgatolmaganini/anglatolmaganini/bajartirolmaganini farzandlarimiz bir lahzada qoyil maqom qilib uddalaydi.
@kumush_abdusalomova
Ota-onamiz bizga bir umr
@kumush_abdusalomova
❤12👍3
#bayt
Iydi ruxsoring ko‘rub, bo‘ldi ulus hayron sanga,
Ey ulus iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga.
Alisher Navoiy

❤13
Forwarded from LAYL
Oxirgi satrlari esa…
Yolg‘on! G‘urur bermas yo‘l.
Bular kelmas qo‘limdan.
Bir so‘z kelmas tilimga.
Bir so‘z kelmas tilimga.
Men bag‘rimga jim bosib,
Ketkizgani qo‘ymayman.
✍🏻Kumush Abdusalomova
Dumaloqcha videoda she’rning hammasi sig’may qoldi))
Xullas ketkizgani qo’ymayman!☺️
@Chilzarra
🔥5💯3❤2👍1👏1🎉1
Forwarded from Умида Эсанбоева
Kuz ohanglari
...Kumush Abdusalomova ijodida oʻqirmanga bir oʻqishdayoq yod boʻladigan, tiliga oʻrnashib qoladigan she'rlari koʻp. Jumladan, yaratilganiga uncha ko‘p boʻlmagan "Noyabr" dostoni ham. Har bir shoirni oʻz soʻzi yoki, boshqasiga aytganda, oʻziga xos hayrati boʻladi. Kuz haqida koʻp she'rlar bitilgan boʻlsa-da, shoiraning soʻziga-she'riga sabab hayrat tamoman oʻzgachaligi bilan ajralib turadi.
Esanboyeva Umida
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi
https://telegra.ph/Kuz-ohanglari-06-14-2

Kuz ohanglari Alloh "Yaral" — dedi: oʻn sakkiz ming olam, butun yer-u samo yaraldi. "Hazrati inson" yaraldi. Insonga soʻzlash, tafakkur qilish ne'mati berildi. Ba'zi rivoyatlarga qaraganda, inson loydan yaratilyotgan vaqtda loy ortib qoladi. Alloh uni insonga…
❤3
Taqriz: Kumush Abdisalomovaning “Ота, яна мен келдим...” she’riga
Kumush Abdisalomovaning “Ота, яна мен келдим...” nomli she’ri – yurakdan chiqqan, chuqur tuyg‘ular bilan sug‘orilgan, qiz farzand va ota o‘rtasidagi samimiy, ammo murakkab munosabatlarni yorituvchi falsafiy lirika namunasi hisoblanadi.
She’rning ilk misralaridan boshlab muallifaning ichki ruhiy holati, qalbidagi sog‘inch, armon, va bir oz pushaymonlik ohangida yozilganligi seziladi:
> "Ота, яна мен келдим. / Кўнглинг кўкдан кенг. Келдим! / Aввал юрагим келди. / Юрагимдан сўнг келдим."
Bu satrlar o‘quvchini darhol hissiy muhitga olib kiradi. Unda qiz farzandning otasiga bo‘lgan beg‘ubor muhabbati, uzoqlikdan keyingi sog‘inch, va ichki kechinmalar mujassam. Ayniqsa, “Аввал юрагим келди. / Юрагимдан сўнг келдим.” satrlarida qalb va tana orasidagi masofa, tuyg‘ularning tanadan ilgari kelishi juda poetik ifodalangan.
She’r davomida muallifa o‘zining hayotdagi mustaqil qarorlarini ko‘zdan kechiradi, ota uyidan chiqib ketish, ijtimoiy qoidalar bilan ziddiyatga kirishish, ayni paytda ich-ichidan o‘zini otaga yaqin his qilish kabi murakkab tuyg‘ularni tilga oladi:
> "Ота, чиққан қиз бўлиб / Чиғириқдан чиқиб кетдим."
Bu yerda “чиғириқ” ramziy ma’noda ishlatilgan: bu — hayot, qadriyatlar, yoki ota tomonidan chizilgan chegaralar bo‘lishi mumkin. Qiz bu chegarani bosib o‘tgan, biroq endi yana otasining poyiga qaytmoqda.
She’rda yana bir muhim jihat — qiz farzandning jamiyatdagi o‘rni va erkaklar olamida o‘zini tushunarsiz his qilishi borasidagi iztiroblardir:
> "Отамлашган кимсалар / Нега одамлашмайди?"
Bu satrlar jamiyatda ayolning ovozi eshitilmayotgani, yoki u tushunilmayotgani haqida keskin, ammo muloyim norozilikdir. U muallifaning ijtimoiy va ruhiy iztiroblarini ochiq namoyon etadi.
She’rning yakunida yana otaga qaytish, kechirim, va yig‘lash ehtiyoji bilan yakunlanadi:
> "Ота, йиғлагим келди... / Aссалому алайкум!"
Bu yerda "Ассалому алайкум" – oddiy salom emas, balki ruhiy holat, dardning boshlanishi va tugashi, tinchlik izlash ifodasidir
Kumush Abdisalomovaning ushbu she’ri – zamonaviy ayolning ruhiy olami, u bilan jamiyat, an’analar va ota-ona orasidagi murakkab munosabatlar haqida juda nafis va ta’sirli ifodadir. Unda kechirim, mehr, sog‘inch, va ayollik iztiroblari go‘zal poetik tilda, ramz va ruhiy manzaralar orqali ifodalangan.
Bu she’r har bir o‘quvchining yuragiga yetib boradi, ayniqsa otasini sog‘ingan, ammo unga ayta olmagan so‘zlari ko‘p insonlar uchun bu asar — ko‘zgudek bo‘lishi mumkin.
44-ishtirokchi Qarshiyeva Dilorom

👍247❤167💯90🔥77🥰13🎉12😁10👏4
Bugun Sizlarni rosa xursand qilmoqchiman...!
🥰5🔥1👏1
Qo‘shaloq bayram)))
Va nihoyat ketma-ket chop etilgan kitoblarim qo‘limga yetib keldi!
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash kitob kechroq chiqqani uchun biroz qoldirilgandi. G‘oliblarga "Chalg‘ima"dan ham beriladi.
Qaysi biriga ko‘proq qiziqdingiz?
Izohlarda yozing!

❤14🔥4🎉4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#тасвир_ва_таассурот
46-ishtirokchi
✍🏻Kumush Abdusalomova
🎙 Javohir Keldiyorov
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-bosqich talabasi
@kumush_abdusalomova
46-ishtirokchi
Men aprelda...
Xayollari to‘zg‘idi bog‘ning.
Changlar soldik gohi o‘tlarga.
Sochlariga oq tushar deb, oq
Salom berdik qoqio‘tlarga.
Qoqio‘tlar momoqaymoqqa
Do‘ndi. Bizlar og‘iz juftladik.
Bog‘ ajoyib sehrga to‘ldi.
Biz bearmon chopdik, ufladik.
Bolalik bu kattakon sandiq.
Afsus, uni yopdik, qulfladik.
Biz o‘shanda momoqaymoqni
Qayerdaki topdik, ufladik.
Uddaladik ulg‘ayishni ham.
Ado etdik yorug‘ yuz bilan.
Bahor ketdi, bolalik ketdi.
"Uf"larimiz qoldi biz bilan.
Ba'zan to‘yib uf tortgim kelar.
Men aprelda dalliroq, daydi.
Ishim tushar momoqaymoqqa
-
Xudoyimga uflab bo‘lmaydi.
Xudoyimga uflab bo‘lmaydi!
✍🏻Kumush Abdusalomova
🎙 Javohir Keldiyorov
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-bosqich talabasi
@kumush_abdusalomova
❤4👍4👏4🔥1🥰1
Forwarded from Yoshlar kundaligi | Rasmiy
#Матбуот_ва_ОАВ_ходимлари_куни
#Тадорик
💐 ТАНИШИНГ: ЗУЛФИЯНИНГ ИЗИДАН БОРГАН ҚИЗ
Кумуш Абдусаломова 1996 йил 17 ноябрь куни Тошкент вилоятининг Қуйи-Чирчиқ туманида туғилган. 2015-2019 йиллар давомида Ўзбекистон Миллий университетининг журналистика факультетида таҳсил олган. Айни вақтда шу университетнинг магистратура ва докторантура босқичларини ҳам тамомлаб, илмий изланишларини давом эттиряпти.
Кумушнинг журналистикага бўлган меҳри мактаб йилларидаёқ шаклланган. Унинг илк ишлариёқ республика миқёсидаги газета ва журналлар эътиборига тушган.
Айни пайтда Кумуш Абдусаломова “Ўзкимёсаноат” акциядорлик жамиятида давлат тилини ривожлантириш бўйича бош мутахассис. Ташкилий ишлар билан банд бўлса-да, қаламини бир зум ҳам чеккага қўймаган.
Шу кунга қадар 700га яқин шеър ва мақолалари чоп этилган.
✍🏻Анора Абдурашидова тайёрлади.
🌐 Web 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Тадорик
Кумуш Абдусаломова 1996 йил 17 ноябрь куни Тошкент вилоятининг Қуйи-Чирчиқ туманида туғилган. 2015-2019 йиллар давомида Ўзбекистон Миллий университетининг журналистика факультетида таҳсил олган. Айни вақтда шу университетнинг магистратура ва докторантура босқичларини ҳам тамомлаб, илмий изланишларини давом эттиряпти.
Кумушнинг журналистикага бўлган меҳри мактаб йилларидаёқ шаклланган. Унинг илк ишлариёқ республика миқёсидаги газета ва журналлар эътиборига тушган.
✍️ У ҳозирда “Ёшлик”, “Маърифат”, “Янги Ўзбекистон”, “Халқ сўзи” ва “Ёш куч” каби нуфузли нашрларда муаллиф сифатида фаолият олиб боряпти.
Айни пайтда Кумуш Абдусаломова “Ўзкимёсаноат” акциядорлик жамиятида давлат тилини ривожлантириш бўйича бош мутахассис. Ташкилий ишлар билан банд бўлса-да, қаламини бир зум ҳам чеккага қўймаган.
Шу кунга қадар 700га яқин шеър ва мақолалари чоп этилган.
🏅 Адабиётга қўшган ҳиссаси давлат даражасида ҳам эътироф этилган Кумуш Абдусаломова Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндори ҳисобланади.
✍🏻Анора Абдурашидова тайёрлади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍6👎1🎉1
Forwarded from Duel
Bir roʻyxat tuzdik:
Shoir-u sheʼr-u shuur!
Eh-he, bu roʻyxatga kirmagani hali qancha...
https://t.iss.one/addlist/iEzAQACZwD8zZWU6

Telegram
Shoirlar
Nurmuhammad invites you to add the folder “Shoirlar”, which includes 43 chats.
❤4