Elektron kitoblar
26.4K subscribers
198 photos
947 files
593 links
Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling.

Reklama xizmati: t.iss.one/reklama_servis/139

📩 @kitobxonrobot
Download Telegram
#Mutolaa

O‘qiyvering!
Shunda qalbingiz qarimaydi.

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa
Ko‘p kitob o‘qish ko‘z turini pasaytiradimi?

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa

Kitobxon bolalarga 8 tavsiya

1. Kuniga bir soatni kitob o‘qish uchun ajrating. Bunda davomiylik muhim ahamiyatga ega. O‘zingizga har kuni kamida bir soat kitob o‘qishni vazifa qilib oling. Shu tarzda kitob o‘qish tezligingiz muntazam oshib boradi. Sekin-asta kunlik kitob o‘qish soatini ham oshirib borish mumkin.

2. O‘zingizga yoqadigan qulay joyda mutolaa qiling. Yotib o‘qimaslikka harakat qiling — ko‘zingiz charchaydi. Kitobni ko‘zingizdan 30-40 sm uzoqlikda, 45° burchak ostida o‘qing. Yorug‘lik chap tarafdan tushgani maʼqul, muhimi yetarli darajada bo‘lsin. Kitob tanlashda matnning hajmi, shrifti sizga qulay ekaniga eʼtibor qarating.

3. Mutolaaga eng qulay vaqtni tanlay biling. Uxlashdan avval kitob o‘qish tavsiya qilinmaydi — kun davomida turli axborotlarni qayta ishlagan miyangiz kechqurun biroz toliqishi va maʼlumotni yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Erta tongdagi mutolaa esa juda foydali — yaxshi dam olgan miyangiz axborotlarni oson qayta ishlaydi va uzoq vaqt eslab qoladi.

4. Kitobdan olgan eng yaxshi fikr va faktlarni qayd etib boring. Baʼzilar bunda kitobning o‘ziga chizish yoki bo‘yashdan foydalanadi. Unday qilmang — sizdan keyin ham birov o‘qishi mumkin. Alohida daftar tutib, unga yozib borsangiz foydaliroq. Mutolaadan so‘ng kitobdan olgan xulosalaringizni ham qayd eting.

5. Qo‘lingizga tushgan har qanday kitobni ham o‘qiyvermang. Kitobni tanlay bilishni o‘rganing. Avvalo ota-onangiz, ustozlaringizdan kitob tavsiyalarini oling. Yoshingizga mos, sizga qaysi biri foydali ekanini ular yaxshiroq bilishadi. Tavsiyalar asosida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib oling. Reja asosida mutolaa qiling.

6. “To‘g‘ri o‘qish” bu tez o‘qib tugatish degani emas. Muhimi — tushunib o‘qish. Kitob o‘qish salmog‘i uning betlari soni bilan emas, qanchalik tushunganingiz bilan o‘lchanadi. Kitobdagi tushunarsiz so‘z va jumlalar maʼnolarini bilish uchun lug‘at va ensiklopediyalar titkilashdan erinmang yoki yaqinlaringizdan so‘rang.

7. Hadeb bir xil mavzu va janrdagi kitoblarni o‘qiyvermang. Bir marta sarguzasht qissa o‘qisangiz, keyingi safar tarixiy asar o‘qing. Ilmiy adabiyotlar, axloqiy kitoblar, psixologik qo‘llanmalar ham foydali. Imkon boricha turli mavzulardagi kitoblarni mutolaa qiling — dunyoqarashingiz kengayadi.

8. Kitob yoqmasa — o‘qimang. Avvalo kitobning mundarijasi bilan tanishing. Agar kitob ilmiy-ommabop bo‘lsa, oldin o‘zingizga yoqqan mavzularni o‘qing. Kitob yoqmadimi, miyangiz qabul qilmayaptimi, charchadingizmi — davom ettirmang. Tanaffus qiling. Istasangiz ovoz chiqarib o‘qing. Yoqtirmagan kitobingizni o‘zingizni majburlab tamomlashingiz kerak emas. Muhimi — o‘zingizga foydali va tushunarli kitobdan zavq olish.

Davronbek Tojialiyev

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa

Kitob o‘qi – ozod bo‘l!

Braziliya qamoqxonalarida mahbuslar kitob o‘qib, muddatlarini qisqartirishlari mumkin ekan. Mutolaasi tugagan har bir kitob jazo muddatini 4 kunga kamaytiradi. Mahbus bir yilda 12 ta kitob uchun imtiyoz olishi mumkin. Ya’ni u belgilangan davrdan jami 48 kunni ozaytirish imkoniga ega. Lekin bu baribir juda oqilona yo‘l – o‘qilgan kitoblar tutqunni tarbiyalashi, jinoyatchidan kitob ko‘rgan savodli kishiga aylantirishi hech gap emas.

Mahbus turma kutubxonasidagi badiiy, falsafiy yoki ilmiy asarlarni o‘qishi mumkin. Bitta kitobni o‘qish uchun 21 kundan 30 kungacha muhlat beriladi. Mutolaadan so‘ng mahbuslar o‘qigan kitoblari haqida kichik esse (mulohaza) yozadi, uni mutaxassislar ko‘rib chiqadi. Mabodo ko‘chirmachilik aniqlangudek bo‘lsa, mahbus bu dasturdan chetlashtiriladi.

Aslida, mutolaa har qanday kishiga, jumladan, ozodlikdagi kishilarga ham chinakam erkinlikni tortiq etadi. U bizni fikriy mahdudlikdan, tafakkur torliklaridan xalos etadi. Ochiq va bepoyon kengliklarga olib chiqadi, aqlimiz va ko‘nglimizning ko‘zlariga nur beradi.

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa

​​​​Har kuni kamida olti daqiqa kitob mutolaa qilish kishidagi tushkunlik kayfiyat, stressni yo‘q qilar ekan.
Sinab ko‘ring...

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa

Qanday nomlansa ham, kitob o‘qish insonning ehtiyoj tuyg‘usidan kelib chiqadi. Bu g‘alati va qiziq jarayon. U biz o‘ylagandan ko‘ra muhimroq.
Mumtoz asarlardan birida asir kimsaning boshi uzra tinmay aylanib sayraydigan qush obrazi esingizdami? “Otang kim? Onang kim?” deya chirqillaydi qush. Adabiyot mana shu qushga o‘xshaydi. Zamonaviy hiylalar va manfaatlar to‘qnashuvi asnosida turgan kishiga “Sen kimsan?” deya o‘zligini eslatib ham qo‘yadi. Urflarini, ajdodlarini, qadriyatlarini, ona tilining ajoyib jilvalarini, qadru qiymatining aslida benihoya yuksak ekanini yodiga soladi. Shu nuqtadan qarasak, davrimiz kishisining kitobga ehtiyoji “yo‘qolib” qolishi sira mumkin emas. Bugun faqat bozor qonuniyatlari degan tijoratchi kitobxon bilan kitob orasiga tushib oldi. “Ichimda bir talay hislarim, tuyg‘ularim, xayollarim bor, o‘sha o‘y-tashvishlarim bilan men qay qiymatga egaman?” deganday savol bermoqda bugunning kitobxoni. Tijoratchi esa uning ongiga “Mana bu ur-surni o‘qib turaqoling, juda qiziq bir nima”, deya siz tilga olgan arzonbaho narsani tiqishtirishga urinib yotibdi. Haqiqatan ham, boya aytganimizday, kitob — maktab bolalari yoki talabalar dars mahali o‘qishga majbur bir narsa, keyinchalik o‘qimasa ham bo‘laveradi, deydigan toifa paydo bo‘ldi. Lekin inja tasavvurli va keng mulohazali kishilarning ham ko‘p ekanini ko‘rmoqdamiz.
Bozor kitobning eng muhim xususiyatini yo‘qqa aylantiradi, uni minglab bir xil ko‘rinishdagi tovarga aylantirib, sotib yuborishni ko‘zlaydi.

© Kitobxon

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Siz kitobni qanday o‘qiysiz?

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa

✔️KITOBGA QAYTISH
VIJDONGA QAYTISHDIR


✍️Sharq olamida, muqaddas Islom dini ruhida yashagan xalqlar orasida kitob, yozuv, qog‘oz hamisha behad moʻtabar ne’mat hisoblanib kelgan. Shu bois odob risolalarida kitob bor uyda yotmaslik, yotish zarur bo‘lsa, kitobga qarab oyoq uzatmaslik, kitobni xuddi kitobning sohibini, ya’ni muallifini moʻtabar tutgandek moʻtabar tutish ta’lim qilinadi.

✍️Kitobga e’tibor avliyo va alloma zotlar hayotida boshqacha shaklda namoyon bo‘ladi. Tasavvuf buyuklaridan birlari: “Agar karvonning birinchi tuyasiga kitob ortilgan bo‘lsa, men oxirgi tuyaning arqonini tahoratsiz ushlamayman!” – deganlar. Hazrat Nu’mon ibn Sobit  Abu Hanifa – Imom A’zam: “Men umrim davomida qog‘oz bozoridan betahorat o‘tmadim”, deganlar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ilgari qog‘oz bozorlari alohida bo‘lgan.

✍️Bu so‘zlar bizning xalqlarimiz kitob ne’matiga qanday buyuk hurmat bilan qaraganlariga dalildir.

✍️Hazrati Abu Iyso Muhammmad Termiziy o‘z tasniflari bo‘lmish “Al-jomi’ as-sahih” (“Sunani Termiziy”) kitobi haqida so‘zlab: “Kimning uyida bu kitobdan bor bo‘lsa, o‘sha uyda hazrat Payg‘ambar (alayhissalom) gapirayotgandek bo‘ladilar”, deganlar. Bu so‘zlar butun dunyo ahliga ma’lum va mashhurdir. Demak, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan har bir kitob yonida uning aziz muallifi turishini ana shu muborak so‘zdan anglasak bo‘ladi.

✍️Kitob o‘z mavqeiga qarab, qalbni tiriltiruvchi, shu’urni uyg‘otuvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiyat qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir.

✍️Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish haqiqatga, insofga, adolatga, ma’naviyat va ma’rifatga, umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.

✍️ Mirzo Kenjabek

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Kitob o‘qiydigan insonlargina haqiqiy hur insonlar bo‘ladi.

📚 @kitoblar_pdf
#Mutolaa

Yaxshi kitob – bu yaxshi. Yomon kitob-chi? Yomon kitobning ta’siri va oqibatlari haqida o’ylab ko’rganmisiz?

Kitobga, umuman mutolaaga berilgan ta’rifu tavsiflar jamlansa, alohida kutubxonaga sig’masa kerak!.. O’z davrida yozuvning paydo bo’lishi odamlarni toifalarga ajratib tashlagan: yozuvni o’qiy oladigan savodlilar va harf tanimaydigan omilarga. Zamonlar o’tdi, harf tanimagan odam qolmadi hisob, lekin tabaqalanish to’xtagani yo’q. Endi kitobning farqiga yetadiganlar va yetmaydiganlar, “Kitob dunyosi” sahifalarida davom etayotgan ushbu anketani kuzatsak, “Yaxshi kitob”chilar va “Yomon kitobchi”lar tabaqalashmoqda. Komp`yuter, internet va qo’l telefoni ommalashuvi oqibatida kelib chiqqan tabaqalanishni-ku (bularning zamirida ham mutolaa yotibdi), to’la-to’kis anglash, tasavvur qilish jarayoni hali-veri poyoniga yetadiganga o’xshamayapti.

Zamonamiz odamlari bamisoli kitob va mutolaa ummonida suzib yuribdi, bu ummonda jon saqlash, emin-erkin hayot kechirish, yaxshini yomondan ajrata bilish har kimning tushunchasi, dunyoqarashi, qiziqishlari, didi-farosati va albatta niyatiga bog’liq, avvalo. Qizig’i, har qanday tushuncha, dunyoqarash, qiziqish, did-farosat, niyat sohib va sohibalari ehtiyojiga yarasha kitob topiladi. Istaymizmi-yo’qmi, hayotning qonuniyati, hikmati shunday.
Bir inson umri mobaynida qancha kitob o’qishi mumkinligini hisob-kitob qilish shart emas, chunki natija deyarli aniq: mavjud kitoblarning (bosh­qa tillarda chop etilganlari ozmunchami?!) minglardan yoki millionlardan bir chimdimini o’qishga ulguramiz, xolos. Shaxsan o’zim hali o’qimagan kitoblarimni o’qisammikan yoxud bir necha o’n yillar burun o’qiganlarimni takror o’qisammikan, degan ikki o’t iskanjasidan sira chiqib ketolmayman. Umr esa hisobli. Shu ma’noda xorij tillarini egallagan yor-birodarlarga ham havasim keladi, ham… achinaman. Axir ular necha o’t orasida yashaydilar?!

Aytmoqchimanki, foydali (demak, yaxshi, degani-da!) deb hisoblangan kitoblarni o’qish uchun vaqt-fursat topilmaydiyu, foydasiz (demak, yomon) mutolaaga vaqt qayda! Meni eng qiynaydigan narsa – majbur bo’lib o’qish, majburiyat yuzasidan o’qish!
Yaxshi-yomon kitob muammosida qarashlarim picha o’zgacha: asli yomon odam har qancha yaxshi kitob o’qigan taqdirda ham yaxshi odamga aylanib qolmaydi, asli palagi toza inson esa favqulodda yomon kitob o’qib qo’ygan taqdirda ham aynimaydi. Kitob – bebaho murabbiy,
tarbiya vositasi, deganga o’xshash oddiy haqiqatlarni jo’nlashtirish, siyqalashtirish didni o’tmaslashtirishga olib keladi, xolos. Mutolaa, kitobsevarlik, kitobxonlik, bu – ruhiy-ruhoniy tafakkur tarzi, turmush tarzi, hayot tarzi. Afsuski, bu oliy saodatga mubtalolikni hammaga birdek ravo ko’rmaydi, hayot…

© Xurshid Do’stmuhammad

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Bugun saviyasiz kitoblarning nashr etilishiga kim aybdor, nashriyotmi, muharrirmi yoki?..

Saviyasiz kitoblarning nashr etilishiga o’zini kitob dunyosiga daxldor deb bilgan… hamma aybdor! O’zimiz aybdormiz! Bosh aybdor esa – KITOBXON!..
Bemaza qo’shiqlar urchib ketayotgani uchun – tinglovchilar, arzon-garov fil`mlar, sahna asarlari uchun – tomoshabinlar aybdor bo’lganidek, saviyasiz kitoblarni xarid qilib, qo’ldan qo’ymay-bosh ko’tarmay o’qiydigan kitobxonlar bor ekan, bu qabildagi kitoblarning chop etilishi to’xtamaydi.
Ba’zan chinakam san’at boshqa, pul-boylik, daromad boshqa, degan aqidani takrorlashdan charchamaymiz. Bunday qarashlar qisman to’g’ri, xolos. Yuksak san’at asarlari yuksak san’at, yuksak ijodiy kayfiyat muhitida tug’iladi, o’sha muhitda san’at sifatida qadrlanadi, asar bozorga chiqdimi, endi u buyumga aylanadi, har qanday buyumning qimmati esa pul va boylik bilan o’lchanadi. Muallifning xayolida kitob – san’at asari, ijod mahsuli, noshir va sotuvchining nazarida esa kitob – tovar, buyum. Masalaning jon tomiri shu joyda…

Kitobni yaratayotganlardan – ijod ahlidan ko’ra, uni aqchaga aylantirish mahoratini egallaganlar mo’may manfaat ko’rayotganining boisi shunda. Chunki ular uchun kitob avvalo – katta biznes, boylik manbai!
Mustaqillik arafalarida, istiqlolning dastlabki yillarida bozor munosabatlariga o’tilishini eng istagan, hatto bu jarayonning jadallashtirilishini talab qilib ayyuhannos ko’targanlar ziyolilar edi. Endi ko’rinyaptiki, bozor munosabatlaridan eng ko’p jabr chekayotganlar ham ziyolilar ekan…
Erkin bozor orzusi sabr-toqatni, kenglikni taqozo etadi. “Yomon” kitob yozadiganlarning boshida qamchi o’ynatavermay, undan ko’ra, kelinglar, “Yaxshi kitob”chi do’stlar, yaxshi kitobni ko’proq yozaylik, rastalarni yaxshi kitoblarga to’ldirib tashlaylik, shu yo’l bilan “Yomon kitob”chilarni dog’da qoldiraylik, olam guliston!

© Xurshid Do’stmuhammad

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Saviyasiz kitoblarni kamaytirishning birdan-bir oqilona chorasi – saviyali kitobxonlar sonini ko’paytirish. Bu borada keskin choralar naf bermaydi. Jarrohlik ketmaydi. Oqilona ma’rifiy usullarni qo’llab ko’rish natija beradi albatta. Misol uchun mamlakat miqyosida doimiy kitobsevarlar muhiti yaratilsa. Buning uchun yilning har faslida uch kundan kitob bayrami o’tkazish mumkin. Shu kunlarda nufuzli jamoatchilik kengashi-hay’ati tomonidan e’tirof etilgan eng yaxshi kitoblar ommalashtirilsa, kengash nashriyotlar reytingini matbuotda e’lon qilsa, to’plangan natijalar ochiq-oshkor va xolisona sharhlansa, tahlil qilinsa, munosabatlar bildirilsa – bularning bari ommabop axborot vositalarida keng yoritilsa, targ’ib etilsa…

© Xurshid Do’stmuhammad

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Qiyin kitobni yengish

Qiyin ko‘ringan kitoblarni o‘qishdan tortinasizmi?

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM