Elektron kitoblar
26.5K subscribers
197 photos
1 video
947 files
589 links
Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling.

Reklama xizmati: t.iss.one/reklama_servis/139

📩 @kitobxonrobot
Download Telegram
Momo Yer qo'shig'i [@kitoblar_pdf].pdf
584.6 KB
#Badiiy
👤 Tog'ay Murod
📓 "Momo Yer qo'shig'i"

Togʻay Murodning “Momo yer qoʻshigʻi” qissasida oʻzligidan, oʻz ona yeridan, qondoshlaridan ruhan uzoqlashib, begonaga aylangan inson taqdiri-fojeasi tasvirlangan.
Ushbu qissa adibning boshqa asarlaridan bir muncha farq qiladi. Unda real hayot hodisalari, Denov qishloqlaridagi oʻzbekona turmush tarzi, urf-odatlar, milliy oʻziga xoslik samimiyat ila chizib berilgan. Asarda shoʻro davri fojealari oʻziga xos xarakterli hodisalar tasviri orqali fosh etiladi.
Yozuvchi shoʻro armiyasida xizmat qilib kelgan serjant Orziqulov obrazi orqali milliy zamindan, millati, oʻzligi, tili, eʼtiqodidan uzoqlashib, yotlashgan inson qiyofasini gavdalantiradi. Oʻzinikilar ichida “begona-yot”ga aylangan, oʻz oilasi, yaqinlari, qishlogʻi, yurtiga begona boʻlib qolgan yigit fojeasi iztirobli tarzda ifoda qilingan boʻlib, dardli kuyday vujudimizni zabt etadi. Bu fojea sabablari oʻtgan asrning istibdod iskanjasidagi muhitiga borib taqalganligini tushunib yetamiz. Millatlarni tilidan, dinidan, oʻzligidan ayirishga xizmat qilgan siyosatning mudhish oqibatlari qanday dahshatli kechishini dildan anglab yetamiz. Asarda askarlikdan “Serjant Orziqulov” boʻlib qaytgan oʻgʻilni ota qanday qayta tarbiyalashiga guvoh boʻlamiz.
Asarning keyingi qismlarida ana shu serjantning oʻgʻli, yaʼni avlodi tasvirlanadi. Tursunqulning shaharga oʻqishga ketishi, u yerdan ajabtovur qiyofada: gʻalati kiyimlarda, sochini oʻstirib, ogʻzida papiros tishlab, palovni qoshiqda yeydigan boʻlib qaytishi tasvirlanadi. U oʻz ismi-sharifidan, oʻzligidan or qiladi. Ismini oʻzgartirib Pahlavon Daho deb ataydi. Barchadan oʻzini olib qochadi, oʻzini daho deb biladi.
Qissada shoʻro davri fojealari “Daho”ning barchadan oʻzini katta olib, begonasirab, ikki farzandi bilan ayolini, ota-onasini tashlab qishlogʻidan ketib qolishi, yillar davomida ijarada yashab, goʻyo “zoʻr sheʼrlar” bitishi, isteʼdodlarga hasad koʻzi bilan qarab, igʻvolar toʻqishi, hatto koʻz ochib koʻrgani, pokiza ayoliga ham tuhmat qilishi, bora-bora qarindosh-urugʻlaridan uzoqlashib begonalashib borishi zoʻr mahorat bilan ifoda etilgan.
Xalqimiz hayotining fojiali manzaralarini millat fojeasi tarzida badiiy ifodalash tendensiyasi 80-90 yillar oʻzbek nasrida unib oʻsdi. Chinakam isteʼdod sohiblari mafkuraviy kishan qobigʻini yorib chiqishga qodir asarlar yaratdilarki, ayni tendensiya mustaqillik davri nasrida davom etdi. Ijodkorlar qullikka, uning asoratiga qarshi isyon ruhidagi asarlari bilan tafakkurga yangilanish ruhini olib kirdilar. Togʻay Murod asarlarini ana shunday namunalar sarasi deyish mumkin.


📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Saviyasiz kitoblarni kamaytirishning birdan-bir oqilona chorasi – saviyali kitobxonlar sonini ko’paytirish. Bu borada keskin choralar naf bermaydi. Jarrohlik ketmaydi. Oqilona ma’rifiy usullarni qo’llab ko’rish natija beradi albatta. Misol uchun mamlakat miqyosida doimiy kitobsevarlar muhiti yaratilsa. Buning uchun yilning har faslida uch kundan kitob bayrami o’tkazish mumkin. Shu kunlarda nufuzli jamoatchilik kengashi-hay’ati tomonidan e’tirof etilgan eng yaxshi kitoblar ommalashtirilsa, kengash nashriyotlar reytingini matbuotda e’lon qilsa, to’plangan natijalar ochiq-oshkor va xolisona sharhlansa, tahlil qilinsa, munosabatlar bildirilsa – bularning bari ommabop axborot vositalarida keng yoritilsa, targ’ib etilsa…

© Xurshid Do’stmuhammad

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Dam olish onlari ham aqlni charxlash, ham hordiq olish uchun munosib taklif:

🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ilohiy ishq
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"
🎬 "Qirol nutqi"
🎬 "Qora quti"
🎬 "Mavritaniyalik"
🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy"
🎬 "Zakovatli Uill Xanting"
🎬 "Bir paytlar Gollivudda"
🎬 "Katta askar"
🎬 "Sevastopol mudofaasi"
🎬 "Aviator"
🎬 "Jek va loviya poyasi"
🎬 "Imom Al-Buxoriy"
🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq"
🎬 "So'nggi legion"
🎬 "Novda"
🎬 "La'natlanganlar oroli"
🎬 "Muxojir"
🎬 "Aloqa"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Zanjir" (serial)
🎬 "Maxsus topshiriq"
🎬 "Kutubxonachi" (1-2)
🎬 "Zamin Farzandi"
🎬 "Marslik"
🎬 "Hasad"
🎬 "Baxt ortidan quvib"
🎬 "Forrest Gamp"
🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5)
🎬 "12 yil qullikda"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Baxt kimyogari"
🎬 "Kar va ko‘r"
🎬 "Hayot go‘zal"
🎬 "Hidoyat yo‘li"
🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3)
🎬 "Muqaddima"
🎬 "Shoushenkdan qochish"
🎬 "Jangchilar klubi"
🎬 "Taqdir o‘yini" (serial)
🎬 "Eng yaxshi taklif"
🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
🎬 "Ko‘rinmas mehmon"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

Qiyin kitobni yengish

Qiyin ko‘ringan kitoblarni o‘qishdan tortinasizmi?

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilini mustaqil o‘rganmoqchilar uchun maxsus darslar boshlandi.
Qo‘shilib olish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot_olami

✍️ Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?

   Ayzek Azimov (1920–1992) har kuni soat oltida turgan, yetti yarimda yozishga oʻtirib, kechgacha tinmay ishlagan. Koʻpincha butun hafta davomida shu tartibda, dam olish kunisiz ter toʻkkan. Shu sababli baʼzida butun boshli kitobni bir necha kun ichida yozib tugatgan. Yozuvchi bunday kun tartibiga yoshligidayoq odatlangan. Uning otasi Bruklindagi shirinlik doʻkonlari tarmogʻiga egalik qilar, doʻkonlar haftada yetti kun ertalabki oltidan kechqurungi birgacha ishlardi. Ayzek olti yoshidan yigirma ikki yoshigacha otasining shirinlik doʻkonida ishladi. U doʻkonni har kuni oltida ochar, keyin buyurtmalarni tarqatgani chiqib ketardi. Oʻqishdan soʻng doʻkonga chopar, mabodo kech qolsa, “Tanbal!” degan dakki eshitardi. Maktabni tugatganidan keyin ham otasiga yordam berishda davom etdi. U doʻkonni har kuni tungi birda yopar, hech qanday dam olish kuni yoʻq edi. Ilmiy-fantastik asarlar ustasi ellik yildan soʻng shunday soʻzlarni yozdi: “Xoʻrozsoatim bor, lekin uni qichqirishga moslab qoʻymayman. Shunga qaramay har kuni roppa-rosa oltida turaman. Bu bilan esa faxrlanaman. Tanbal emasligimni shu paytgacha otamga isbotlab kelyapman”.
Otasi oʻrnatgan doʻkon tartibi yozuvchining keyingi hayotida ham saqlanib qoldi. U dam olish va bayram kunlari, hatto kasalxonada davolangan paytlarida ham yozishdan toʻxtamagan.

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savodxonlik

⚡️ Biroz / bir oz

Bu masala koʻpchilikni qiynaydi va koʻp hollarda muharrirlarning tortishuvlariga sabab boʻladi.

Imlo qoidalariga koʻra, har, hech, hamma, baʼzi, gʻayri, bir, qay, u, bu, shu, oʻsha soʻzlari oʻzidan keyingi yoki oldingi kelgan soʻzdan ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, baʼzi bir, gʻayri tabiiy, bir qancha, bir yoʻla, bir oz, qay kuni, u yerga, bu yoqdan, shu yerdan, oʻsha yoqqa kabi.

Lekin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.1995-y. 339-son “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Qarorida bu bandga qoʻshimcha tariqasida quyidagilar yozilgan: birpas, biroz, biratoʻla, birvarakayiga, birmuncha, buyon soʻzlari qoʻshib yoziladi.

Bundan shunday xulosa hosil boʻladiki, lotin yozuviga asoslangan yozuvda biroz jumlasi qoʻshib yozilsa, kirill alifbosiga asoslangan yozuvda ajratib yoziladi: бир оз.

Boshqa tarafdan, yuqoridagi qaror faqatgina lotin yozuvini qamrab olmaydi, degan fikrlar ham boʻlishi tabiiy hol. Shunday ekan, har ikki tarafning ham daʼvosi oʻrinli.

Shaxsiy fikrimga kelsak:
Бироз
Бир оз

Bir oz
Biroz

© xatoliklar

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nazmiy

​​Faqat ishq...
Faqat ishq...
Boshqasi sarob,
boshqasi shamolning oniy suroni.

Qirqta tar gulimni ayladim xarob,
qirqta qul ko‘zi-la ko‘rdim dunyoni.
Qirqta qora qul yotar moziyda,
qirqta cherigini yo‘qotgan bekman.
Abadiy ayrildim qirqta g‘oziydan,
boshimni toshlarga ursammi deyman.
Bu dunyo nimadir?
Barini ko‘rdim,
sultonu gadoning qa’rini ko‘rdim,
Gʻazzoliy sig‘magan tuban olamda
shaytondan to‘ralgan g‘ayirni ko‘rdim.
Faqat ishq...
Ishq guli...
Samoviy gulim...
bir nafas dilimga posibon bo‘lsin,
tokim shul nafasda qirq birinchi qulning
yorug‘ lablarida xo‘rsiniq so‘lsin.
Tuhmat murdalari qalashib yottan,
ig‘volar qurtlagan sho‘rlik diyorda
zamonu makonin butkul yo‘qotgan
bir ulug‘ faryodning
bolasi zorman.
Ay, qilichday tuyg‘u,
ay, qotil tuyg‘u,
bas, ortiq qiynama kimsasiz dashtda,
yuzimga yuzini qo‘ysin o‘shal gul,
dilimning qa’rini chavaqlab tashla!

✍️ Shavkat Rahmon

📚 @kitoblar_pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TSUOS Yaponshunoslik (maruf)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#タシケント国立東洋学大学弁論大会2025年

8️⃣
フドユシュクロフ ノディルベック

XUDOYSHUKUROV NODIRBEK

❇️ 無料で働きたい

Bepul ishlamoqchiman

Ovoz berish uchun havola:
https://t.iss.one/+2tXMFkKFZKk4MmFi