Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
548 subscribers
4.48K photos
349 videos
8 files
701 links
Download Telegram
#Dars_jarayoni
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“™ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining iqtidorli tarbiya fani o'qituvchisi O'zbekov Temurbek boshchiligida 6 b - sinfiga namunali dars jarayoni bo'lib o'tdi. Xususan, "Zamonaviy texnologiyalar ezgulik xizmatida" mavzusi asosida o'quvchilar maxsus guruhlarga bo'linishdi, va "Aqliy hujum" metodidan foydalangan holda zamonaviy texnologiyalarning ijobiy va salbiy taraflari to'g'risida bahs yuritishdi.
#Zakovat
#Xiva_1_son_IMI

πŸ”° Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi tur o'yini bo'lib o'tdi.
πŸŽ—O'yin bahs-munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tdi..
πŸ†Natijada 8 - A sinf o'quvchilari g'olib deb topildi.
#Dars_jarayoni
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli o'qituvchisi Egamberganova Kumushoy boshchiligida "English literature" mavzusi asosida 5-A sinfiga namunali tarzdagi darsi bo'lib o'tdi. Bunda o'quvchilar "Aqliy hujum" metodi asosida guruhlarda ishlab turli xil mashqlar yechishdi. Bu orqali bir birini qo'llab-quvvatlab, guruhda ishlash qobiliyatlarini rivojlantirdilar.
#Maslahatchi_faoliyatidan
#Seminar
#Xiva_1_son_IMI

♻️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining School counselor (maktab maslahatchisi) Erkinova Ullijon Qahramon qizi tomonidan 10-sinf o'quvchilariga "Ehtiyoj yuqori bo'lgan kasblar" mavzusida seminar o'tirildi.

⚜ Bunda 10 ta asosiy daromadli va ehtiyoj yuqori bo'lgan kasblar haqida suhbat olib borilib, o'quvchilar kasb tanlashda nimalarga e'tibor berishi kerakligi aytib o'tildi. Seminar oxirida o'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarni berib, ularga javob olishdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
#Farmon_ijrosi
#Fakultativ_togarak
#Xiva_1_son_IMI

β™Ÿ Xalq ta'lim vazirligi farmoni bilan ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab internatlarida "Shaxmat" sport turi bo'yicha maxsus to'garaklar ochish, o'quvchi-yoshlarni bunga o'rgatib, targ'ib qilish yo'lga qo'yilgan. Xususan bizning Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Shaxmat" bo'yicha fakultativ to'garak yo'lga qo'yilgan bo'lib, unga iqtidorli ustozimiz Shixnazarov Muxiddin boshchilik qiladi. Shu kungacha o'quvchilarga shaxmat sirlarini o'rgatib kelmoqda.

✨ Foto-lavhalarda 6-9-10 sinf o'quvchilaridan ba'zilari bor.
#Madhiya
#Xiva_1_son_IMI

πŸ‡ΈπŸ‡± Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida juma kungi ma'naviyat soati O'zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash bilan boshlandi. Bundan o'quvchilarimiz o'qish faoliyatlarida motivatsiya oldilar.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“’ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli rus tili fani o'qituvchisi G'ulomjonova Munira boshchiligida 10-sinf o'quvchilariga ochiq dars tashkillashtirildi.

πŸ”° Ochiq darsning mavzusi "Имя Ρ‡ΠΈΡΠ»ΠΈΡ‚Π΅Π»ΡŒΠ½ΠΎΠ΅" bo'lib dastlab o'qituvchi darsni yaxshilab tushuntirdi. So'ng, "Aqliy hujum" metodidan foydalangan holda, har bir o'quvchiga savol berib chiqildi. O'quvchilar guruhga bo'linib maxsus mashqlar ham yechishdi. Dars oxiridagi o'qituvchining darsi va metodikasini o'quvchilar baholagani tahsinga loyiq bo'ldi.
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“š Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining fidoiy ona tili, adabiyot fani o'qituvchisi Sotliqova Sevara boshchiligida 6-b sinf o'quvchilariga Hojiakbar Shayxovning "Birinchi sinov" hikoyasi bo'yicha loyiha ishi bo'lib o'tdi.

βœ… Hikoya asosida o'quvchilar 3 ta guruhga: Rassomlar, Bastakorlar, Dizaynerlar guruhlariga bo'linib, bu asosda ular maxsus bukletlarni tayyorlab, asar mazmunini aytib berishdi.
#Xushxabar
#CEFR_sertifikat
#Xiva_1_son_IMI

πŸ‘©β€πŸ« Bizning shunday
o'quvchilarimiz bor!


πŸ”– Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining bir deganda 2 ta o'quvchisi ingliz tili bilish darajasini aniqlash bo'yicha CEFR Multilevel imtixonida qatnashib, sertifikatga ega bo'ldi. Ular bilan tanishing:
1⃣. 10-sinf o'quvchisi Ro'zmatova Nigina G'ayrat qizi - 63 ball bilan B2 daraja
2⃣. 11-sinf o'quvchisi Zarifboyeva Zumradoy Sherzod qizi - 60 ball bilan B2 daraja


πŸ† O'quvchilarimizni, ularning ota-onalasi, yaqinlari va albatta ingliz tili fani ustozlarini ushbu yutuq bilan chin dildan mubarokbod etib, kelgusidagi o'qish faoliyatlariga omad tilab, talabalik baxtiga erishishlarini tilab qolamiz.
#Dars_jarayoni
#Labaratoriya_ishi
#Xiva_1_son_IMI

βš— Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining iqtidorli kimyo fani o'qituvchisi Sobirov Nodirbekning 8-A sinfiga "Laboratoriya ishi" bo'lib o'tdi.

πŸ”° Laboratoriya jarayonining mavzusi "Ifloslangan suvni tozalash" bo'lib, bunda ustozning bergan nazariy ma'lumotlari asosida, o'quvchilar tabiiy usul - tosh, qum, aktivlangan ko'mir va paxta yordamida filtr yasashdi va ichib ko'rib sinov o'tkazishdi. Bu bilan chuchuk suv tanqis hududlarda iflos suvning qanday toza suvga aylantirishni bilib olishdi. Dars jarayoni qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram