Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
616 subscribers
6.44K photos
527 videos
8 files
1.07K links
Download Telegram
#Jarayon
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

🏢 Ayni paytda Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida matematika fanidan tajribali, oliy toifali Saidnazarova Dilfuza ustoz tomonidan 6 "B"-sinfda ochiq dars boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu ochiq darsimizning mavzusi: Oʻxshash hadlar. Oʻxshash hadlarni ixchamlash.

📖 Dars musobaqa tarzida boshlandi.
🔴 Sinflar 2 guruhga boʻlinishdi...
1⃣-guruh "Algebraik ifoda" guruhi
2⃣-guruh "Sonli ifoda" guruhi

🟣 Guruhlar quyidagi shartlarni bajarishdi...
▶️ -shart Savol-javob;
▶️ -shart Misolni xatosini toping;
▶️ -shart Soʻroq belgisini toping;
▶️ -shart Misol yechish shartlari boʻyicha bellashdilar...
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📝 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli rus tili fani o'qituvchisi G'ulomjonova Munira boshchiligida 5-a sinfiga ochiq darsi bo'lib o'tdi.

🔰 Ochiq darsning mavzusi «Рыбалка. Согласование числительных с существительными» bo'lib, o'quvchilar "Aqliy hujum" metodi asosida savollarga javob berib, "Qadam va qadam" metodi asosida so'z o'yini o'tirishdi. Dars namunali tarzda tashkil etildi.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

🖊 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining iqtidorli, tajribali matematika fani o'qituvchisi Yaxshimurotova Dilfuza boshchiligida 6-a sinfiga ochiq dars tashkillashtirildi.

🧮 Ochiq darsning mavzusi "Ayniy almashtirish" bo'lib, o'quvchilar avvalo maxsus guruhlarga bo'linishdi. So'ng, "BBB metodi" asosida darsga oid amallardan iborat "Zakovatda" qatnashishdi. "Aqliy hujum" metodi asosida esa savollarga javob berishdi. Dars namunali tarzda tashkil qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 YouTube 🌐 Facebook
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining iqtidorli, zahmatkash ona-tili va adabiyot o'qituvchisi Safarova Shahnoza boshchiligida 7-A sinfiga ochiq dars tashkillashtirildi.

📚 Ochiq darsning mavzusi N. Jaloladdinning "Ota" hikoyasi tahlilili bo'lib, o'quvchilar guruhlarga bo'linib, 3 ta shart asosida bellashishdi.
1⃣. O'tilgan mavzulardan savol- javob
2⃣ . Sahna ko'rinishi
3⃣. Klaster usulida mavzu mustahkamlandi.


Dars oxirida o'quvchilarimiz otalarimizni madh etuvchi she'rlardan bayon qilishdi.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📒 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli rus tili fani o'qituvchisi G'ulomjonova Munira boshchiligida 10-sinf o'quvchilariga ochiq dars tashkillashtirildi.

🔰 Ochiq darsning mavzusi "Имя числительное" bo'lib dastlab o'qituvchi darsni yaxshilab tushuntirdi. So'ng, "Aqliy hujum" metodidan foydalangan holda, har bir o'quvchiga savol berib chiqildi. O'quvchilar guruhga bo'linib maxsus mashqlar ham yechishdi. Dars oxiridagi o'qituvchining darsi va metodikasini o'quvchilar baholagani tahsinga loyiq bo'ldi.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📖 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining tajribali fizika fani o'qituvchisi Do'schanov Qudrat boshchiligida 9-A sinfiga "Radiaktiv yemirilish qonuni" mavzusi asosida Ochiq dars tashkillashtirildi.

🔱 Mavzu amaliy ko'nikmalarga boyligi bilan ajralib turgan bo'lib, bunda ustoz turli xil labaratoriya jihozlari bilan mavzuni qiziqarli qilib tushuntirdi. Undan keyin esa o'quvchilar krassvord ishlab, savollarga javob berishdi. Namunali dars bo'ldi deya bemalol ayta olamiz.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📝 Bizda ochiq darslar davom etadi...

🔗 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli fizika fani o'qituvchisi Matyaqubov Sarvar ustoz boshchiligida 7-A sinfiga Ochiq dars bo'lib o'tdi.

♻️
Ochiq darsning mavzusi "Prujinalarni cho'zish" bo'lib, bunda turli xil labaratoriya jihozlari yordamida mavzu yaxshilab amaliy ko'nikmalar bilan birgalikda tushuntirildi. O'quvchilar mavzuga doir masalalar yechib, jismlarni prujina yordamida o'lchab ko'rishdi.

❇️ Dars ajoyib tarzda olib borildi. Dars uchun ustozimizga rahmat aytib, kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.
•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈•

Kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇👇👇👇👇
Xiva shahar 1-son IMI
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining tajribali rus-tili fani o'qituvchisi Qarriyeva Sohiba ustoz boshchiligida 9-B sinfiga ochiq dars o'tkazildi.

🖊
Ochiq darsning mavzusi "A.C.Пушкин - основополешник современного русского литературного языка" mavzusi asosida bo'ldi. Bunda dastlab o'tilgan mavzu A.Navoiyning hayot va ijod yo'li takrorlanib, o'quvchilar g'azallaridan parchalar aytib berishdi. So'ng yangi mavzu qiziqarli faktlar asosida tushuntirilib, o'quvchilar A.С. Пушкин hayoti bo'yicha guruhlarga bo'linib, "Klaster" va "Kim chaqqon" metodlari bo'yicha o'yin uyushtirishdi. Dars qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

🧮 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining tajribali matematika fani o'qituvchisi Saidnazarova Dilfuza ustoz boshchiligida 8-A sinfiga geometriya fanidan Ochiq dars o'tkazildi.

Mavzu "Vektorning koordinatalari. Koordinatalari bilan berilgan vektorlar ustida amallar" mavzusi asosida bo'lib, o'quvchilar 2 ta guruh Vektor va Slyar shakllarga bo'linib, 4 ta shart asosida bellashishdi.
1⃣. Savol-javob sharti - o'tilgan mavzu kartochkalar yordamida savol-javob qilindi;
2⃣. Mosini tanlang - 2 ta guruhga 10 ta masala berilib, tezlik bilan to'g'ri javob topish;
3⃣. Masala yechish sharti - yangi mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilar doskaga chiqib masalalar yechishdi;
4⃣. Sardorlar bellashuvi - jamoa sardorlar ko'zi berk holatda geometrik shallarni qo'li bilan paypaslab geometrik shakllarning nomini aytishi kerak edi.

♻️ Mavzuni tushuntirish, shartlar, o'quvchilar o'zi yasab kelgan geometrik shallar bilan dars namunali tarzda kechdi.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

🧮 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining jonkuyar matematika fani o'qituvchisi Yaxshimurotova Dilfuzaning 7-A sinfiga geometriya fanidan Ochiq darsi bo'lib o'tdi.

🔱 Ochiq darsning mavzusi "Masalalar yechish" bo'lib, o'quvchilar Piramida va Silindir deb nomlanuvchi 2 ta guruhga bo'linib, misol va masalalar yechish bo'yicha musobaqa o'ynashdi. Oxirgi ko'zi bog'langan holda geometrik shallarni chizish sharti darsga o'zgacha ruh bag'ishladi. Dars oxirida Piramida jamoasi g'olib bo'ldi. Dars namunali tarzda tashkil qilindi.

•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈•

Kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇👇👇👇👇
Xiva shahar 1-son IMI