Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
544 subscribers
4.57K photos
360 videos
8 files
715 links
Download Telegram
#Memorandum
#Xiva_1_son_IMI

🖌 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni asosida, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati va O'ztemiryo'lyo'lovchi AJ Xorazm filliali Xiva vokzali o'rtasida memorandum imzolangan edi. Ushbu memorandum asosida 10-11 sinf o'quvchilari, ChYOT fani o'qituvchisi Ulliyev Xursandbek, sinf rahbari Sobirov Ixtiyor va maktab maslahatchisi Erkinova Ullijon boshchiligida, Xiva temiryo'l vokzaliga amaliy tashrif qilishdi. Tashrif davomida o'quvchilarimiz vokzalni ko'zdan kechirib, soha mutaxasislari, ushbu korxonaning vazifalari va o'ziga xos tomonlari haqida o'rganib oldilar.
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Memorandum
#Farmon_ijrosi
#Xiva_1_son_IMI

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 1-iyuldagi PQ–5188-son qaroriga hamda “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022 yil 14-apreldagi PF-106 – son Farmonida belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 10-11-sinf o‘quvchilariga yaqin hududlalarda joylashgan Ta’lim, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish maqsadida : Bir tarafdan , “Mamun Universiteti” nodavlat ta’lim muassasasi nomidan ustav asosida ish yurituvchi Ma’mun universiteti rektori v. b. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘li bundan buyon – “Ta’lim tashkiloti”; Ikkinchi tarafdan, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati nomidan ustav asosida ish yurituvchi maktab-internat direktori Raximov Rasulbek Bakdurdiyech, bundan buyon – “Ta’lim tashkiloti”; kelgusida birgalikda “Taraflar”deb ataluvchi ushbu mazkur Memorandumni imzoladilar.

Ushbu memorandumdan kutilgan natijalar katta bo'lib, xususan u o'quvchi-yoshlarimizni oldilariga ulkan maqsadlar qo'yib, ular tomon intilishiga yordam beradi.