TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.28K photos
1.16K videos
6 files
5.64K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢🟢🟢🟢 🎤🎤🎤🎤

🏙Avval hisobga olinmagan 171,5 mingta yangi obyekt va 20,4 mingta mavjud obyektlarda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bazasida hisobga olinishi hisobiga 235,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi.

🖥Bugungi kunda kadastr bazasida hisobga olingan ko‘chmas mulk obyektlari soni 8,3 mln. tani tashkil etib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga onlayn taqdim etib kelinmoqda.

📊6 turdagi yangi kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar orqali jami 17 turdagi 2,5 mln. dan ortiq kadastr xizmatlari ko‘rsatildi.


🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari- Mirsaid Mirmaksudov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣 "Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi - “UZKAD” tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi" deydi - Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov.

Jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan “UZKAD” tizimidan olinishi belgilangan.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣8,2 millionta ko‘chmas mulk obyektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, UZKAD tizimini 20 ta boshqa davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish ko‘zda tutilgan.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugungi kungacha:

🔵Ko‘chmas mulklarini 2 xil usulda (reja-grafik hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish orqali) UZKAD tizimiga o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
🔵351,4 mingta ko‘chmas mulklar (42,6 mingta ko‘p qavatli uy, 83,2 mingta davlat va ijtimoiy obyektlar, 225,6 mingta tijorat obyektlari) UZKAD tizimiga identifikatsiya qilingan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🔵UZKAD tizimi 17 ta axborot tizimlariga integratsiya qilindi. Bu esa Ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ipoteka shartnomalarini, bino va inshootlar ijara shartnomasi, servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish UZKAD tizimi orqali amalga oshirish imkonini yaratdi.

UZKAD tizimida quyidagi yangi modellar yaratildi:
🟢obyektlarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish modellari;
🟢noturar obyektlarni inventarizatsiya qilish modeli;
🟢inson omilisiz kadastr raqamini shakllantirish modeli.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Bugungi kunda yurtimizda 3,8 milliondan ortiq yaʼni 493 ming gektar yer uchastkalarining hujjatlari yo‘qligi va Qonunning maqsadi ham o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

⚖️ Qonun loyihasi Prezidentimizning 2023-yil 2- noyabrda yer hisobi va kadastr xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari asosida ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlashda Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi inobatga olindi.

Shuningdek, loyihani tayyorlash jarayonida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar o‘rganildi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

Oliy sud, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan birgalikda juda ko‘p holatlar o‘rganilib, umumlashtirdi va yer uchastkalarining rasmiylashtirilmagan asosiy 8 ta holati belgilab olindi:

🟢 2018 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarini eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i - Jaksimuratov Uzakbergen

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

💫Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hozirgi kunda “bir martalik aksiya” doirasida hujjatlari rasmiylashtirilishi boshlangan, lekin yakuniga yetmagan 60 mingdan ziyod holat bor. Shuningdek, kichik sanoat zonalarida joylashgan 1 200 nafardan ortiq tadbirkorlarning yerlarini rasmiylashtirish ishlari tugatilmagan. Xuddi shunday, tumanlarda hokim qarori bilan uy-joyga mulk huquqi eʼtirof etilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilanmay qolgan ko‘plab holatlar mavjud. Qonunda ana shularning barchasini rasmiylashtirish nazarda tutilgan.

😄Aslida, “o‘zboshimchalik bilan egallangan”, degan so‘z faqatgina noqonuniy maʼnosini anglatmaydi. Qonunchilikda hujjatlari saqlanib qolinmagan yer yoki bino-inshootlarga nisbatan ham “o‘zboshimchalik bilan egallangan” degan taʼrif qo‘llaniladi. Masalan, o‘tgan asrda ajratilgan yerlarning ko‘pi shunday holatda, yaʼni qaysidir sabablarga ko‘ra hujjatlari saqlanmagan. Hozirgi kunda yurtimizdagi 2 million 400 mingdan ortiq uy-joy shu holatda turibdi. Ularning barchasi tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy yechimlari beriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

📄Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

🫠Xususan, fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etishda, egallab olingan yer uchastkasining kosmik monitoring tahlillarini olib borib, hujjatda keltirilgan davrga mos yoki mos emasligini bildiradi.

🔵Shuningdek, agentlik qonunning 7-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun kosmik monitoring tahlillarini olib boradi.

📶“O‘zbekkosmos” agentligi bo‘limi boshlig‘i-Muxiddin Ibragimov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Ayni damda, O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida 🌟“Kadastr agentligi Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 8 oyida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

📶 Matbuot anjumanini Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣Hisobot davrida Toshkent shahrida yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan 1 107 nafar shaxslarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

◼️635 nafar shaxs huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etganligi sababli javobgarlikdan ozod qilindi.
◼️345 ta holat bo‘yicha ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
◼️20 ta holatda ma’muriy ish hujjatlari ma’muriy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va boshqa vakolatli organlarga yuborilgan.

Bugungi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, umuman, mamlakatimizda Yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishda davlat nazoratini amalga oshirishda Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan samarali foydalanilmoqda.

🟦 Mazkur dastur yordamida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddati qisqardi va idoralararo hujjat almashish tezkorligi oshirildi. U shuningdek, mutaxassislarga yer holatini kosmik suratlar yordamida nazorat qilib borish, noqonuniy qurilish yoki qurilishdagi qonunbuzarliklarni erta aniqlash imkonini bermoqda.

😄 Shuningdek, joriy yilning 1-mart sanasidan e’tiboran Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida nazorat tadbirlarini planshetdan foydalanib, yerqonunbuzarlikni joyining o‘zida elektron rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritib, elektron ko‘rinishda ma’muriy bayonnomani o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirish imkoni yaratildi.

🌟 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari - Shiddatbek Abdug‘afforov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🔴 Ayni damda O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

🎥 Matbuot anjumanini Uzreport telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan 2024-yil davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 3 609 ta holatda 87,6 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangan.

◼️Aniqlangan mazkur holatlarni bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 1 678 ta holatda 18 gektar yer qonunbuzilish holatlari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

◼️Jumladan, Olmazor tumanida jami 400 ta holatda qariyb 11 gektar yer maydonini o‘zboshimcha egallash holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 125 ta (1,3 gektar) yer qonunbuzilish holati ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan. Sergeli tumanida aniqlangan 354 ta (23,5 gektar) yer qonunbuzilish holatidan 156 tasi (1,7 gektar), Mirzo Ulug‘bek tumanida aniqlangan 386 ta (6,6 gektar) holatning 166 tasi (1,5 gektar) olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgan.

◼️Yozma ko‘rsatmalarga muvofiq qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmagan 69,1 gektar yer maydonlaridagi 1 957 ta qonunbuzilish holat yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilishi ta’minlandi.

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari - Shiddatbek Abdug‘afforov

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

◼️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini ijobiy hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

◼️Xususan, o‘tgan yili 7 686 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 5 957 tasi qanoatlantirilgan, 520 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan, 21 tasi rad etilgan, 19 ta murojaat boshqa idoraga yuborilgan.

◼️Tumanlarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 114 ta murojaat o‘rganilib, 24 tasi ijobiy hal etilgan, 90 tasi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - Bahromjon Abdumalikov.

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

◼️Bugungi kunda aholiga 10 dan ortiq turdagi kadastr xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanyapti.

◼️2024-yilda ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini tayyorlash bo‘yicha jami 120 125 ta ariza kelib tushgan. Shundan 77 282 ta ariza ijobiy yakunlanib, kadastr pasportlari shakllantirib berilgan. Ayni yo‘nalishdagi murojaatlarning 39 658 tasi rad etilgan bo‘lsa, 1 382 ta ariza jarayonda turibdi.

◼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha jami kelib tushgan 197 395 ta arizadan 150 944 tasi ijobiy hal bo‘lgan, 41 064 tasi rad etilgan, 2 411 ta ariza jarayonda.

◼️2024-yilda «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan “YERELEKTRON” AATga jami 2 800 ta (290,2 gektar) yer maydonlari vakolatli tashkilotlar bilan kelishish uchun kiritilgan, shundan jami 458 ta (123 gektar) yer maydonlari elektron-onlayn auksion savdoga chiqarilgan.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - Bahromjon Abdumalikov.

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM