TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.28K photos
1.16K videos
6 files
5.64K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🔴 Ayni damda O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

🎥 Matbuot anjumanini Uzreport telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan 2024-yil davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 3 609 ta holatda 87,6 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangan.

◼️Aniqlangan mazkur holatlarni bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 1 678 ta holatda 18 gektar yer qonunbuzilish holatlari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

◼️Jumladan, Olmazor tumanida jami 400 ta holatda qariyb 11 gektar yer maydonini o‘zboshimcha egallash holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 125 ta (1,3 gektar) yer qonunbuzilish holati ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan. Sergeli tumanida aniqlangan 354 ta (23,5 gektar) yer qonunbuzilish holatidan 156 tasi (1,7 gektar), Mirzo Ulug‘bek tumanida aniqlangan 386 ta (6,6 gektar) holatning 166 tasi (1,5 gektar) olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgan.

◼️Yozma ko‘rsatmalarga muvofiq qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmagan 69,1 gektar yer maydonlaridagi 1 957 ta qonunbuzilish holat yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilishi ta’minlandi.

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari - Shiddatbek Abdug‘afforov

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

◼️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini ijobiy hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

◼️Xususan, o‘tgan yili 7 686 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 5 957 tasi qanoatlantirilgan, 520 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan, 21 tasi rad etilgan, 19 ta murojaat boshqa idoraga yuborilgan.

◼️Tumanlarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 114 ta murojaat o‘rganilib, 24 tasi ijobiy hal etilgan, 90 tasi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - Bahromjon Abdumalikov.

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

◼️Bugungi kunda aholiga 10 dan ortiq turdagi kadastr xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanyapti.

◼️2024-yilda ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini tayyorlash bo‘yicha jami 120 125 ta ariza kelib tushgan. Shundan 77 282 ta ariza ijobiy yakunlanib, kadastr pasportlari shakllantirib berilgan. Ayni yo‘nalishdagi murojaatlarning 39 658 tasi rad etilgan bo‘lsa, 1 382 ta ariza jarayonda turibdi.

◼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha jami kelib tushgan 197 395 ta arizadan 150 944 tasi ijobiy hal bo‘lgan, 41 064 tasi rad etilgan, 2 411 ta ariza jarayonda.

◼️2024-yilda «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan “YERELEKTRON” AATga jami 2 800 ta (290,2 gektar) yer maydonlari vakolatli tashkilotlar bilan kelishish uchun kiritilgan, shundan jami 458 ta (123 gektar) yer maydonlari elektron-onlayn auksion savdoga chiqarilgan.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - Bahromjon Abdumalikov.

#Kadastr #ayni_damda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🎤🎤🎤🎤

MATBUOT ANJUMANI UZA NIGOHIDA


◼️Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

◼️Mazkur tadbir haqida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida maxsus maqola e’lon qilindi.

▶️ Batafsil oʻqish uchun

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎤🎤🎤🎤 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #matbuot_anjumani #infografika

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN KADASTR IDORALARINING MANZILLARI

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari hamda uning bo‘lim-filiallarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Bektemir tumani

➡️ Mirobod tumani

➡️ Mirzo Ulug‘bek tumani

➡️ Sergeli tumani

➡️ Olmazor tumani

➡️ Uchtepa tumani

➡️ Shayxontohur tumani

➡️ Yashnobod tumani

➡️ Chilonzor tumani

➡️ Yunusobod tumani

➡️ Yakkasaroy tumani

➡️ Yangihayot tumani

➡️ Toshkent shahar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MA’LUMOT

💬 Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

💬 Ko‘chmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo bo‘lgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.

💬 Ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga ko‘chmas mulkning konstruktiv elementlarini o‘zgartirish huquqini bermaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

⚖️ Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 210-modda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

◾️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani tafsilotlari haqida ▶️ “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi orqali o‘zbek va rus tillarida lavha efirga uzatildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM