Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
20.2K subscribers
26.5K photos
4.27K videos
12 files
20.3K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/pressslujba/
Download Telegram
Jizzaxda  "Yashil makon" umummilliy loyihasining 2024-yil kuzgi mavsumiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining  xulosalariga  asosan,  joriy yil 12-noyabrdan boshlab respublikamizning bir qator viloyatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilishini boshlanishi tavsiya etilgan edi.  Shu munosabat bilan bugun Jizzax viloyatida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumining boshlanishiga start berildi.

Mavsumning boshlanishida "Jizzaxyo‘lko‘kalam" davlat muassasasi va Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bilan hamkorlikda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari  tashkil etildi.  Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 yo‘lining 956-957 kmlari oralig‘ida tanlangan yerga avvalo, agrotexnik ishlov berilib, so‘ngra ekish ishlari tashkillashtirildi.  Joyning iqlim sharoitiga qarab 10 mingta qayrag‘och,10 mingta tut va 5 mingta  katalpa, jami 25 ming dona manazarali daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi kuzgi mavsumda Jizzax viloyatida tasdiqlangan manzilli rejaga asosan 6  mln. 337 ming dona manzarali va mevali daraxtlar  ko‘chatlari ekilishi reja qilingan.

Ko‘chat ekish tadbirida Paxtakor tuman hokimligi ma’sullari va A.Ikromov  MFY vakillari ham ishtirok etdi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

13-noyabr chorshanba yilning 317-kuni yil yakuniga 49 kun qoldi

🟦🟦🟦🟦

⚡️1805 yil - Vena qassob Iogann Laner kolbasa ixtiro qildi;

⚡️1862 yil - yozuvchi Lyuis Kerroll Elis Liddellga bergan va'dasini bajaradi va o'z kundaligida shunday yozadi: "Men Elis haqida ertak yozishni boshladim, uni Rojdestvoga qadar tugataman deb umid qilaman";

⚡️1872 yil - Lev Nikolaevich Tolstoyning "ABC" ning birinchi nashri nashr etildi;

⚡️1971 yil - Mariner 9 avtomatik sayyoralararo stansiyasi orbitaga chiqdi va Marsning birinchi sun'iy yo'ldoshiga aylandi.

🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1850-yilda ingliz yozuvchisi Robert Lui Stivenson (“Treasure Island”) tug‘ilgan;

Vupi Goldberg 1955 yilda tug'ilgan - amerikalik teatr va kino aktrisasi, prodyuser, ssenariy muallifi, teleboshlovchi ("Jumping Jack", "O'g'ri", "Fatal Beauty", "Ghost" filmlari);

1969 yilda Shotlandiya kinoaktyori Jerar Batler tug'ilgan ("300", "Qonunga bo'ysunuvchi fuqaro", "Yalang'och haqiqat" filmlari);

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💹Baxmal tumanida ekstremal sport turizm bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

2024-yilning 10-11-noyabr kunlari Baxmal tumani “Mo‘g‘ol” MFYda xorijiy davlatlarning yoshlari ishtirokida “Sakayra” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Batafsil

✈️Yaqinlaringizga ulashing!

💹В Бахмальском районе прошли международные соревнования по экстремальному спортивному туризму

10-11 ноября 2024 года в Бахмальском районе состоялся международный турнир "Сакайра" с участием молодежи зарубежных стран.
Подробнее

✈️Поделитесь с друзьями!

💹Extreme sports tourism international competitions held in Bakhmal district
On November 10-11, 2024, the international "Sakayra" tournament was held in Bakhmal district with the participation of young people from foreign countries.

Read more
✈️Share it with your friends!

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Markaziy harbiy okrugda joylashgan “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston harbiy xizmatchilari o‘rtasida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.

“Hanjar-2024” nomi ostida tashkillashtirilayotgan yig‘in ishtirokchilari ikki qardosh davlat bayroqlari va madhiyasi sadolari ostida saf maydonidan shaxdam qadamlar bilan o‘tishdi.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbarlari bilan brifingda o‘quv mashg‘ulot dasturi bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. O‘n kun davom etishi ko‘zda tutilgan maxsus-taktik o‘quv yig‘inida ko‘plab amaliy mashqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, “Hanjar-2024” maxsus-taktik o‘quvi davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.

Do‘stona ruhda boshlangan o‘quv yig‘ini davomida mehmonlar uchun milliy taomlar kuni, futbol musobaqasi hamda Samarqand shahriga sayohat tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Forishdagi dovon yoʻli ravonlashmoqda.

Jizzax Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi “Jizzax Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DM buyurtmachiligida, Forish tumanishdagi “Sovurbeli” dovonidan oʻtuvchi uzunligi 26,624 km yoʻlga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Yoʻl qoplamasi maxsus texnikalar yordamida buzilib, qum shagʻal aralashmasi qoʻshib tekislandi.

Maxsus mexanizm yordamida buzilgan yoʻlga bitum emulsiyasi sepilib, asfalt qoplamasini sifatli yotqizish ishlari olib borilayapti.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shukronalik hissi!

Jizzax viloyati Zarbdor tumani "Ravot" MFYda yashovchi Baxtiyor Qarshiboyev oilasi birgalikda dehqonchilik orqali o'z daromadiga ega bo'lib kelmoqda.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Mahalladagi soliq organlari xodimlarining samaradorligi yuqori bo‘lganligi, o‘z navbatida, mahalliy byudjetni to‘ldirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

📌 Jizzax viloyatida soliq xodimlari ish samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha:

1. 14 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 100 bal

• Ustama haqi: 200%

2. 6 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 98-99 bal

• Ustama haqi: 150%

3. 8 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 95-97 bal

• Ustama haqi: 100%

4. 36 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 90-95 bal

• Ustama haqi: 50%

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
1,1 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan tarzda davom ettirilmoqda.

Inspeksiyaning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlanishicha, Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.Oʻ.ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz va hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻiga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu noqonuniy harakat tufayli elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 160 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzax viloyatida yer uchastkalari 5500 ga yaqin yer uchastkalari savdolarida sotilmoqda..

🔹 Master-rejaga asosida — 2 ta ✔️
🔷 Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun — 5125 ta✔️
🔹 Yakka tartibda uy-joy uchun yerlar 89 ta✔️
🔷 Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 5 ta ✔️
🔹
Kichik sanoat zonalari — 148 ta ✔️
🔹 Yoshlar sanoat zonalari — 9 ta ✔️
🔷 Erkin iqtisodiy zonalari — 1 ta ✔️
🔹 Mikromarkazlar uchun19 ta ✔️
🔷
Turistik zona uchun 1 ta ✔️
🔹 Yangi O'zbekiston (ko'p qavatli uy joy) — 22 ta✔️
🔷 Xalqaro yo'l bo'yida xizmat ko'rsatish — 48 ta ✔️
🔹 Nodavlat umumta’lim va MTM uchun — 5 ta ✔️
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi — 19 ta ✔️

🛍 Shuningdek, 1500 dan ziyod mol-mulklar E-auksionshop.uz portalida sotilmoqda!

Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)

Ma'lumot uchun
+998992072608 +998992073608

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
🏢Davlat mulki obyektlarini sotib oling va mulkdorga aylaning!

📌Jizzax viloyati, Zomin tumani, Paxtakor MFY dagi noturar bino "E-auksion.uz" onlayn platformasida savdoda.

Muddatli to'lovga xarid qilish imkoniyati mavjud

🔹Boshlang'ich narxi: 1 325,2 mln so'm
🔹Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga): 0,6215
🔹Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m): 728,0
🔹Yerga bo`lgan huquq turi: ijara
📍Lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/EMtgnMnsfqQaedaL7

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11912630

📝Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

📞 (72) 226-39-31
(97) 482-10-77

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

14-noyabr payshanba yilning 318-kuni yil yakuniga 48 kun qoldi

🟦🟦🟦🟦

⚡️1851 yil - AQShda Herman Melvilning "Mobi Dik" romanining to'liq matni nashr etildi;

⚡️1896 yil - Niagara sharsharasida GES ishga tushirildi;

⚡️1908 yil - nazariy fizik Albert Eynshteyn yorug'likning kvant nazariyasini nashr etdi;

⚡️1994 yil - Parij va London o'rtasidagi kanal tunneli orqali harakat ochildi.

🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1719 yilda Leopold Motsart tug'ildi - avstriyalik skripkachi, o'qituvchi va bastakor, Volfgang Amadeus Motsartning otasi;

1840-yilda fransuz rassomi, impressionizm asoschilaridan biri Klod Mone tug‘ilgan;

1889-yilda Hindistondagi milliy ozodlik harakati yetakchisi Javoharlaʻl Neru tugʻilgan;

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Doʻstlik tumanida 2025-yil hosili kuzgi shudgorlash mavsumi qisqa fursatlarda sifatli oʻtkaziladi

Ota bobolarimizning Yer haydasang kuz hayda, degan naqli bor. Buni yaxshi anglagan Doʻstlik tumani dehqonlari bu naqlgan har yili toʻliq amal qilishadi. Albatta, kelgusi yilgi hosil kuzgi shudgorga bogʻliq.

Tumanda 2025-yil hosili uchun 16965 gektar maydonda kuzgi shudgorlash tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan.

Ekin maydonlarini shudgorlash tadbirlarini sifatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda fermer xoʻjaliklari ishtirokida “Umrzoq Mamatqulov” hududidagi “Qambar Sharof” fermer xoʻjaligida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.

Seminarda viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari va usta dehqonlar tomonidan shudgorlash ishlarida amal qilinadigan meʼyor va sifatning taʼminlanishi boʻyicha tavsiyalar berildi.

Tuman Agroinspeksiya boʻlimining maʼlumoti boʻyicha shudgorlash tadbirlarida jami 77 ta shundan 52 ta yuqori unumli va 25 ta oddiy haydov traktorlari qatnashishi belgilangan.

Seminarda aytilganidek, ushbu haydov traktorlari bilan shudgorlash tadbirlarini uzluksiz ravishda ishni ikki smenada tashkil qilgan holda ob-havoning har bir ochiq kunidan samarali foydalangan holda kechayu-kunduz ishni tashkil qilib, shudgorlash ishlarini 25-noyabrga qadar toʻliq yakunlash boʻyicha ishchi grafigi belgilab olingan.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzax viloyatining sanoati: 2024-yil yanvar-sentyabr oylari natijalari

2024-yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga koʻra, Jizzax viloyatining sanoatida muhim oʻsish kuzatilmoqda. Viloyat boʻyicha yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 5 281,1 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,0% ga oʻsish demakdir. Ushbu oʻsish viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini va sanoat sohasidagi yangilanishlarni aks ettiradi.

Sanoatning asosiy yoʻnalishlari

Jizzax viloyatining sanoati turli sohalarni qamrab oladi, jumladan:

1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash: Bu soha viloyatning iqtisodiy faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Qayta ishlash jarayonlari natijasida tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi, bu esa mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni taqdim etishga imkon beradi.

2. Kimyo sanoati: Jizzax viloyatida kimyo sanoati ham rivojlanmoqda. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, shu jumladan, oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligiga xizmat qiladi va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashda muhim ahamiyatga ega.

3. Mashinasozlik: Ushbu sohalar viloyatda yangi ish oʻrinlarini yaratishda va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim rol oʻynaydi. Mashinasozlik sanoati rivojlanishi, shuningdek, infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.

4. Energetika: Energiya resurslarini ishlab chiqarish va taqsimlash viloyatning sanoati uchun asosiy manba hisoblanadi. Energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish istiqbolda muhim vazifalardir.

Oʻsish sabablari

Jizzax viloyatining sanoati oʻsishini taʼminlaydigan bir qancha omillar mavjud:

• Investitsiyalar: Viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga va mavjudlarini modernizatsiya qilishga yordam bermoqda. Bu esa sanoatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

• Iqtisodiy islohotlar: Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar, jumladan, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar, viloyatda yangi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yordam bermoqda.

• Taʼlim va malaka oshirish: Sanoat sohasida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan dasturlar, ishchi kuchining sifatini oshirishga xizmat qiladi va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi.

Kelajak istiqbollari

Jizzax viloyati sanoatini yanada rivojlantirish uchun bir qancha strategik yoʻnalishlar mavjud:

• Texnologik yangilanish: Sanoat korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va mahsulot sifatini oshirish mumkin.

• Ekologik barqarorlik: Sanoat faoliyatini ekologik jihatdan barqaror tarzda olib borish, atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash zarur.

• Xalqaro hamkorlik: Xalqaro bozorlarda raqobatbardosh boʻlish uchun eksport imkoniyatlarini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarur.

Jizzax viloyatining sanoati 2024-yilning yanvar-sentabr oylari natijalariga koʻra oʻsishni davom ettirmoqda. Yalpi qoʻshilgan qiymat hajmining 7,0% ga oshishi viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini koʻrsatadi. Kelajakda bu tendensiyaning davom etishi uchun hukumat va jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlovchi chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur. Bu esa nafaqat yangi ish oʻrinlarini yaratadi, balki Jizzax viloyatining iqtisodiy salohiyatini yanada oshiradi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzax Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi:

🚓Davlat ahamiyatidagi 4R38 avtomobil yoʻlining 962-km. dan “Jizzax sh.- Uchtepa q.- M39 avtoyoʻli 1013-km. ga chiqish” avtomobil yoʻlining 46.7 km da joylashgan koʻprikda aniqlangan nosozlik sabab, mazkur qatnovda yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha chek qoʻyildi.

⛔️ Jizzax Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tomonidan koʻprikni oʻrganish va taʼmirlash boʻyicha loyiha ishlari boshlab yuborildi.

🚗Yengil avtomobillar haydovchilaridan ham bu yoʻnalishda ehtiyot boʻlib harakatlanishi talab etiladi.

🗺Koʻprik qisqa muddatda taʼmirlanib, harakatdagi cheklov olib tashlanishini maʼlum qilamiz.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
ARNASOYLIK YoSHLAR BROKKOLI KARAM YETISHTIRIB GEKTARIDAN 90 MLN SOʻMGACHA DAROMAD OLISHMOQDA

🔰Bugungi kunda takroriy ekin sifatida dukkakli oʻsimliklar qatori brokkoli karam yetishtirish ham ommalashmoqda. Joylarda mirishkor dehqonlarimizdan tortib endigina dehqonchilikning sir-asrorlarini oʻrganayotgan bir qator yoshlarimiz ham serdaromad boʻlgan brokkoli karamni mahalliy iqlim sharoitida yetishtirishning uddasidan chiqishmoqda.

🔰Jumladan, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida Arnasoy tumani “Gʻ.Gʻulom” mahallasining 10 nafar yoshlariga O.Vodiy SIUdan 10 gektar yer ajratilib, Mikrokredit bank tomonidan ham imtiyozli kreditlar berildi. Mazkur kreditlar asosida bugungi kunga kelib har bir yosh oʻzlariga ajratilgan yerlardan unumli daromad olishlari uchun tadbirkor Bahriddin Abdushukurov tomonidan korporatsiya tashkil qilib, brokkoli karam yetishtirishdan tortib eksport qilishgacha koʻmak berib kelmoqda.

🔰Ayni damda yoshlar tomonidan yetishtirilgan brokkoli karam gektaridan 10-12 tonna hosil olishmoqda. Olingan hosil esa joyida tadbirkorlar tomonidan 9 ming soʻmdan sotib olinib, Rossiya davlatiga eksport qilish uchun olib ketilmoqda.

🔰Albatta, bu kabi takroriy ekinlar tajriba sifatida ilk bor ekilib oʻz samarasini berayotganligining guvohi boʻlgan Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov kelgusida ushbu brokkoli karam yetishtirishni keng yoʻlga qoʻyish borasida tadbirkor Bahriddin Abdushukurovga tavsiyalar berib oʻtdi.

🔰Arnasoy tumani “O.Vodiy” va “Y.Zohidov” SIUlarida ilk marotaba yetishtirilayotgan brokkoli karam mahsulotlari nafaqat Oʻzbekiston balki chet mamlakatlarga ham eksport qilinayotganligi iqtisodiyotmiz barqarorligini taʼminlashda muhim omil boʻlishi tabiiydir.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzaxda soliq madaniyati oshmoqda

Jizzax viloyatida 2024 yilning 10 oyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 643,2 mlrd so‘m tushumning ta’minlanishi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114 foizga o‘sgani, mamlakat iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.

Ushbu o‘sish 79,6 mlrd so‘mga teng bo‘lib, bu jismoniy shaxslar daromadining oshishi, shuningdek, soliq bazasining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mablag‘larning takomillashuvi va iqtisodiy faoliyatning faollashuvi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining o‘sishini rag‘batlantirgan asosiy omillardan biridir.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
FORISH TUMANING ENG UZOQ VA CHEKKA MAHALLASIDA MAHALLA VA AHOLI MUAMMOLARI O'RGANILDI

Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektor hududidagi eng uzoq va chekka mahallasi - "Do'stlik" mahallasidagi Majrum qishlog‘ida joylashgan 32-umumta’lim maktabi binosida mahalla aholisi va yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda mahalla yettiligi a’zolari va tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

🔶Muloqot jarayonida dastlab tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-sonli farmoni mazmun-mohiyati, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish, vaqtinchi ish bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi daromadi va turmush farovonligini yuksaltirish borasida mahalladagi har bir xonadonda tomorqadan samarali foydalanish, xonadonlarda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik va boshqa sohalarni yo‘lga qo‘yish, bu borada yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

🔹Muloqot davomida mutasaddi tashkilot rahbarlariga mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadini oshirish va tadbirkorlikni kengaytirish borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

🔸Shuningdek, aholi bilan muloqot davomida ular muammolari ham o‘rganildi. Aholi tomonidan turizm bilan shug'ullanish uchun yer ajratish, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, elektr energiya ta’minoti, bankdan kredit olishda ko‘maklashish, moddiy yordam olishda yordamlashish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

🔹Muloqot davomida ushbu murojaatlarning ayrimlari joyida o‘z yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Zarbdor tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.


Zarbdor tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimi Zafar Sharopovich Ruziyevga murojaat qilishdi.

Unda Xalq qabulxonasi mudiri B.Aralov va tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas’ul vakillar ishtirok etishdi. Qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolardan davolanish uchun moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyasi, ichimlik suvidagi muammolar, shuningdek ishga joylashish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlar ijrosi yuzasidan shu hafta yakuniga qadar murojaat egasiga va tuman hokimiga yozma ma’lumot taqdim qilish lozimligi belgilandi.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida Jizzax viloyatidan ikki nafar gʻolib taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan oʻtkazilgan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlov oʻtkazilishidan asosiy maqsad davlat idoralari, nodavlat sektor hamda fuqarolarimiz tomonidan ijtimoiy tashabbuslarni dadil ilgari surish hamda amalga oshirilishini yanada faollashtirishdir.

Tanlov natijalariga koʻra “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasida 1-oʻrinni Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Semurg” urugʻchilik klasteri egalladi.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasida 2-oʻrinni Jizzax viloyati “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi qoʻlga kiritdi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzax viloyatida onlayn kassa mashinalari bilan bog‘liq statistikasi

Bugungi kunda Jizzax viloyatida 6 ming 39 ta onlayn kassa mashinasi mavjud.
Joriy yilning 1 noyabr holatiga 225 milliard 575 million so‘mlik chek urilgani. Sotuvchilar tomonidan xaridorlarga chek bermaganligi bo‘yicha “Soliq hamkor” dasturi orqali murojaatlar soni 2873 tani tashkil etadi.

Tekshiruvlarning natijalari ko‘ra 720 ta sub’ektda qonun doirasida tekshiruv o‘tkazilib, shundan 711 ta murojaat haqiqatdan o‘z tasdig‘ini topgan. Bu, o‘z navbatida, onlayn kassa mashinalarining faoliyati va chek berish jarayonining nazoratini kuchaytirishga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatadi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax