Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
20.4K subscribers
26.5K photos
4.3K videos
12 files
20.4K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/pressslujba/
Download Telegram
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Jizzax viloyatidan Biznes uchun 219 ta Davlat mulkini ijaraga oling!

🔸 Arnasoy tumani - 20 tа (ko'rish
🔸 Baxmal tumani - 15 ta (ko'rish)
🔸 G'allaorol tumani -14 tа (ko’rish)
🔸 Sh.Rashidov tumani -6 ta (ko’rish)
🔸
Do'stlik tumani - 48 tа (ko'rish)
🔸 Zomin tumani -15 tа (ko'rish)
🔸 Zarbdor tumani -16 tа (ko'rish)
🔸 Mirzacho'l tumani -16 та (ko'rish)
🔸 Zafarobod tumani -11 tа (ko'rish)
🔸 Paxtakor tumani - 7 tа (ko'rish)
🔸 Forish tumani -21 tа (ko'rish)
🔸 Yangiobod tumani - 15 tа (ko'rish)
🔸 Jizzax shahar - 11 tа (ko'rish)

*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.

Ma'lumot uchun:
☎️ (71) 202 21 11
📱+998992073608
📱+998992072608


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
🧾 1 milliard so‘mlik soliq qarzi undirildi!
Davlat manfaatlari yo‘lida qat’iy choralar davom etmoqda

📍 Jizzax viloyat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan, Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda, “Silverleafe” MCHJ XKdan 1 milliard so‘m miqdoridagi soliq qarzi undirildi.

Bu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki:
soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish har bir tadbirkorning qonuniy majburiyatidir. Qarzdorlik esa davlat iqtisodiy barqarorligiga zarar yetkazadi.

📉 Soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi doimiy va tizimli ishlarni olib bormoqda. Qarzdorlik aniqlangan subyektlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида космик маълумотлардан фойдаланиш ва рақамлаштириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам цифровизации и расширения применения космических данных в сфере сельского хозяйства.

#Mirziyoyev #yigilish #kosmos #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎉 Assalomu alaykum, mehr, baraka ва samimiyat maskani — aziz va mo‘tabar Jizzax ahli! 🇺🇿

📅 Bugun: 1-avgust, juma
🌞 Yozning oxirgi oyi boshlandi!

📆 Yilning 213-kuni — 😊 quvonch, 🌟 umid ва yangi imkoniyatlarga бой кун!

🌞 Oldinda sizni nima kutmoqda?

🔹 152 ta yangi tong — 🌠 yangi orzular sari yo‘l,
📋 buyuk rejalar sari qat’iyat,
🏃‍♂️ muvaffaqiyat sari intilish!

🔸 Har bir kuningiz mazmunli, har bir daqiqangiz 💼 samara olib kelsin! 💫

📜 Tarixda bugun nimalar ro‘y bergan?

⚡️ 1780-yil — 🇸🇪 Shvetsiya oʻzining doimiy betarafligini эълон қилди
⚽️ 1900-yil — Germaniyaning машҳур “Borussiya” Dortmund футбол клуби ташкил топди
📖 1944-yil — Yahudiy qiz 🕊 Anne Frank ўз кундалигига охирги ёзувни киритди, орқасидан Gestapo томонидан ҳибсга олинди

🕯 Bugun tavallud topgan mashhurlar:

📚 Herman Melvill (1819–1891) — "Moby Dick" муаллифи
📺 Valentina Leonteva (1923–2007) — машҳур совет телеведучиси
👗 Yves Saint Laurent (1936–2008) — афсонавий француз дизайнери
🎤 Jo Elliott (1959) — "Def Leppard" рок-гурўҳи вокалчиси
🎬 Sam Mendes (1965) — "Skyfall" ва "American Beauty" режиссёри

🔔 Yangi oy — yangi imkoniyat!


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi G‘allaorol tumanidan boshlab yuborildi

Jizzax viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, ko‘p qavatli uy-joylar holatini yaxshilash, atrof-muhitni obodonlashtirish va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ularning tom va fasad qismlarini ta’mirlash, muhandislik kommunikatsiyalarini yangilash, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish borasida viloyat miqyosida jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ushbu tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida G‘allaorol tumanida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyevning topshirig‘iga muvofiq, viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shuhrat Jo‘rayev ishtirokida qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoinfografika: Jizzax viloyatining demografik ko'rsatkichlari

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Zomin tumanidagi “Zomin-2”, “Laylak uya” va “Iqbol” hududlarini qamrab olgan yirik irrigatsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 3 ta suv uzatish nasos stansiyasi, 935 metr kanal, 24 km magistral suv quvuri qurish hamda mavjud 2 ta nimstansiya quvvatini oshirish rejalashtirilgan.

Hozirgacha quyidagi ishlar bajarildi: 24,0 km magistral suv quvurlari yotqizildi, shundan 15,4 km yangi quvurlar va 8,6 km eski quvurlar ta’mirlanib, izolyatsiya qilindi;
1-ko‘tarmali nasos stansiyasi uchun suv o‘tkazish qobiliyati 7 m³/s bo‘lgan 935 metrlik kanal qurilishi to‘liq yakunlandi;
Diametri 1420 mm bo‘lgan 2 qatorli 9,05 km bosimli quvur tortilib, 1-ko‘tarmali nasos stansiyasi, suv to‘plash inshooti va yordamchi binolar qurilib, 5 ta nasos agregati o‘rnatilib, 72 soatlik sinovdan o‘tkazildi;
2-ko‘tarmali nasos stansiyasida ham xuddi shunday ishlar to‘liq bajarildi; 3-ko‘tarmali nasos stansiyasida 3,7 km (D=820 mm) va 8,6 km (D=1020 mm) bosimli quvurlar yotqizilib, 8 ta nasos agregati joyiga o‘rnatildi va 72 soatlik sinov ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, nasos agregatlari parametrlari aniqlanib, ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan shartnomalar imzolangan va 18 ta nasos agregati qurilish maydoniga olib kelingan holda suvsiz quruq holatda sinovdan o‘tkazish jarayoni olib borilmoqda.

Tashqi elektr ta’minoti bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 1-nimstansiyadagi qurilish ishlari to‘liq yakunlangan, 2-nimstansiyada esa 98% ishlar bajarilgan. Loyihaga ko‘ra, har bir nasos stansiyasi uchun 110/10 kVtli yangi nimstansiyalar qurish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, umumiy uzunligi 62,1 km bo‘lgan kanallar bo‘yicha ham parallel ravishda loyihalash va qurilish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib, 5,1 km tuproq ko‘tarish (nasip) va 0,9 km betonlash ishlari amalga oshirildi.

Qurilish ishlariga 48 ta maxsus texnika, jumladan, 11 ta ekskavator, 3 ta buldozer, 24 ta avtosamosval va 10 ta qo‘shimcha texnika, shuningdek, 292 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida Zomin tumanidagi 14 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv ta’minoti bilan ta’minlash imkoni yaratiladi. Bu esa hudud agrar salohiyatini yuksaltirishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoinfografika: Jizzax viloyatida bajarilgan qurilish ishlari

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Respublikamiz bo‘ylab yoshlar yetakchilari TOP-100 reytingi tuzildi. Jizzaxdan vakillar bor.

Har chorakda an’anaviy tarzda e’lon qilib boriladigan ushbu reyting yilning 2-choragi bo‘yicha shakllantirildi.

Jizzax viloyatidan uch nafar yoshlar yetakchisi undan o‘rin oldi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Jizzaxda Tanlov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-seminari reja-grafik asosida davom etmoqda

Agentlikning Jizzax viloyati filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19 iyundagi PF-95-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbir davomida tanlovlarni o‘tkazish tartibi, Tanlov komissiyasi a’zolarining huquq va majburiyatlari, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Seminarda raqamlashtirish jarayonlari jadallik bilan olib borilayotganligini inobatga olib, kelgusida bu kabi o‘quvlar tizimli ravishda o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Jizzax viloyati hokimligi xodimlari bugungi kunning dolzarb mavzulari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar

Batafsil👉https://gov.uz/oz/jizzax/news/view/74632

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|@jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Vatan o`z qahramonlarini unutmaydi!

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|