Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
20.2K subscribers
26.5K photos
4.26K videos
12 files
20.3K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/pressslujba/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Brokkoli karami navbatdagi daromadimiz manbai

✈️Jizzaxning Do'stlik tumani, Manas mahallasida yashovchi yoshlarning 20 nafariga 1 gektar yer ajratilgan bo'lib, dastlab ular ajratilgan yerga qovun, tarvuz, kungaboqar, mosh kabi maxsulotlarni ekib daromadga ega bo'lishdi. Ikkinchi ekin sifatida yoshlar brokkoli karamini tanlab, hamjixatlikda mehnat qilishmoqda.

🔍Bu haqda batafsil qaxramonimiz Dostonbek Qo'ldoshevdan tinglaymiz.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatda elektr jihozlarini ishlab chiqarish sanoati hajmi qanchaga yetdi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida elektr jihozlarini ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,3 % ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 168,5 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 619,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzax viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 281,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Jizzaxda  "Yashil makon" umummilliy loyihasining 2024-yil kuzgi mavsumiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining  xulosalariga  asosan,  joriy yil 12-noyabrdan boshlab respublikamizning bir qator viloyatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilishini boshlanishi tavsiya etilgan edi.  Shu munosabat bilan bugun Jizzax viloyatida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumining boshlanishiga start berildi.

Mavsumning boshlanishida "Jizzaxyo‘lko‘kalam" davlat muassasasi va Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bilan hamkorlikda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari  tashkil etildi.  Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 yo‘lining 956-957 kmlari oralig‘ida tanlangan yerga avvalo, agrotexnik ishlov berilib, so‘ngra ekish ishlari tashkillashtirildi.  Joyning iqlim sharoitiga qarab 10 mingta qayrag‘och,10 mingta tut va 5 mingta  katalpa, jami 25 ming dona manazarali daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi kuzgi mavsumda Jizzax viloyatida tasdiqlangan manzilli rejaga asosan 6  mln. 337 ming dona manzarali va mevali daraxtlar  ko‘chatlari ekilishi reja qilingan.

Ko‘chat ekish tadbirida Paxtakor tuman hokimligi ma’sullari va A.Ikromov  MFY vakillari ham ishtirok etdi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

13-noyabr chorshanba yilning 317-kuni yil yakuniga 49 kun qoldi

🟦🟦🟦🟦

⚡️1805 yil - Vena qassob Iogann Laner kolbasa ixtiro qildi;

⚡️1862 yil - yozuvchi Lyuis Kerroll Elis Liddellga bergan va'dasini bajaradi va o'z kundaligida shunday yozadi: "Men Elis haqida ertak yozishni boshladim, uni Rojdestvoga qadar tugataman deb umid qilaman";

⚡️1872 yil - Lev Nikolaevich Tolstoyning "ABC" ning birinchi nashri nashr etildi;

⚡️1971 yil - Mariner 9 avtomatik sayyoralararo stansiyasi orbitaga chiqdi va Marsning birinchi sun'iy yo'ldoshiga aylandi.

🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1850-yilda ingliz yozuvchisi Robert Lui Stivenson (“Treasure Island”) tug‘ilgan;

Vupi Goldberg 1955 yilda tug'ilgan - amerikalik teatr va kino aktrisasi, prodyuser, ssenariy muallifi, teleboshlovchi ("Jumping Jack", "O'g'ri", "Fatal Beauty", "Ghost" filmlari);

1969 yilda Shotlandiya kinoaktyori Jerar Batler tug'ilgan ("300", "Qonunga bo'ysunuvchi fuqaro", "Yalang'och haqiqat" filmlari);

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💹Baxmal tumanida ekstremal sport turizm bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

2024-yilning 10-11-noyabr kunlari Baxmal tumani “Mo‘g‘ol” MFYda xorijiy davlatlarning yoshlari ishtirokida “Sakayra” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Batafsil

✈️Yaqinlaringizga ulashing!

💹В Бахмальском районе прошли международные соревнования по экстремальному спортивному туризму

10-11 ноября 2024 года в Бахмальском районе состоялся международный турнир "Сакайра" с участием молодежи зарубежных стран.
Подробнее

✈️Поделитесь с друзьями!

💹Extreme sports tourism international competitions held in Bakhmal district
On November 10-11, 2024, the international "Sakayra" tournament was held in Bakhmal district with the participation of young people from foreign countries.

Read more
✈️Share it with your friends!

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Markaziy harbiy okrugda joylashgan “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston harbiy xizmatchilari o‘rtasida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.

“Hanjar-2024” nomi ostida tashkillashtirilayotgan yig‘in ishtirokchilari ikki qardosh davlat bayroqlari va madhiyasi sadolari ostida saf maydonidan shaxdam qadamlar bilan o‘tishdi.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbarlari bilan brifingda o‘quv mashg‘ulot dasturi bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. O‘n kun davom etishi ko‘zda tutilgan maxsus-taktik o‘quv yig‘inida ko‘plab amaliy mashqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, “Hanjar-2024” maxsus-taktik o‘quvi davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.

Do‘stona ruhda boshlangan o‘quv yig‘ini davomida mehmonlar uchun milliy taomlar kuni, futbol musobaqasi hamda Samarqand shahriga sayohat tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Forishdagi dovon yoʻli ravonlashmoqda.

Jizzax Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi “Jizzax Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DM buyurtmachiligida, Forish tumanishdagi “Sovurbeli” dovonidan oʻtuvchi uzunligi 26,624 km yoʻlga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Yoʻl qoplamasi maxsus texnikalar yordamida buzilib, qum shagʻal aralashmasi qoʻshib tekislandi.

Maxsus mexanizm yordamida buzilgan yoʻlga bitum emulsiyasi sepilib, asfalt qoplamasini sifatli yotqizish ishlari olib borilayapti.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shukronalik hissi!

Jizzax viloyati Zarbdor tumani "Ravot" MFYda yashovchi Baxtiyor Qarshiboyev oilasi birgalikda dehqonchilik orqali o'z daromadiga ega bo'lib kelmoqda.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Mahalladagi soliq organlari xodimlarining samaradorligi yuqori bo‘lganligi, o‘z navbatida, mahalliy byudjetni to‘ldirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

📌 Jizzax viloyatida soliq xodimlari ish samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha:

1. 14 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 100 bal

• Ustama haqi: 200%

2. 6 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 98-99 bal

• Ustama haqi: 150%

3. 8 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 95-97 bal

• Ustama haqi: 100%

4. 36 nafar soliq xodimi:

• Samaradorlik ko‘rsatgichi: 90-95 bal

• Ustama haqi: 50%

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax