Jizzax_pressa
136 subscribers
2.38K photos
659 videos
23 files
699 links
Download Telegram
#Kadastr_klinikasi
#Bilgan_afzal

Amaldagi tartibga ko‘ra, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi (https://lex.uz/docs/4135063):
🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;
🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;
🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.
🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🔳Xususiylashtirish obyektlari

◾️Xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:

yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

bo‘sh turgan yer uchastkalari.

🔰Huquqiy asos: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 10-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🔷Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

🔹qonuniylik;
🔹ixtiyoriylik;
🔹haq to‘lash;
🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining yaxlitligi;
🔹ochiqlik va shaffoflik.

🔰Huquqiy asos: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 4-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook