Jizzax_pressa
43 subscribers
2.81K photos
776 videos
23 files
789 links
Download Telegram
Respublika ishchi guruhi Jizzaxda

📑Hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘rganishlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi.

⚫️Jizzax viloyati hokimligida yoshlar masalalari bilan ishlashga mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

@jizzax_mass_media
“Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida huquqiy targʻibot tadbiri


📌
Jizzax shahar adliya bo‘limi va "Madad" NNT mas'ul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan "Chora-tadbirlar dasturi" asosida 16.07.2025-yilda shahrimizdagi “A.Navoiy” MFYda "mahalla yettiligi" a'zolari hamda faollari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🗣 Tadbir davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son qarorlarining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✔️ Bundan tashqari, MFYda adliya burchagi tashkil etilganligi, biriktirilgan adliya bo'limi va "Madad" NTT mas'ul xodimlari haqidagi ma'lumotlarning mavjudligi, kutubxona bilan ta'minlanganligi o'rganildi. Tadbir davomida, fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tarqatma materiallari tarqatildi.


@jizzax_mass_media
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Осон ва тез бойиб кетиш ҳақида видеолар тез тарқайди ва афсуски унга кўпчилик чиппа-чин ишонади

Вилоят ИИБ дипфейк видеолар ҳақида таҳлил тайёрлади. Машҳурларнинг овози, мимикаси, хатти-ҳаракатлари қандай ўзгартирилади? Буни қандай аниқлаш мумкин?

Батафсил видеода

@jizzax_mass_media
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бегона қизга "танишайлик" деб ёзган йигит қамалди

Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз, бировни ғашига тегиб смс ёзсангиз ҳам қамаласиз энди

@jizzax_mass_media
Sariq bo‘lgandan ko‘ra oriq bo‘lgan yaxshi

Said Ahmad domla bilan “Navoiy – 30”dagi muhtasham bino biqinidagi Mahmud mo‘ylovning choyxonasi bo‘lardi…
Said Ahmad domla kun-kunora shu yerda lag‘monxo‘rlik qilardi. U kishi kelsayoq, tezda davrasiga suqilardim.
Bir kuni quramalanib o‘tirsak, ayvon zinapoyasidan Nosir Fozilov ko‘tarila boshladi. Said Ahmad domla uni ko‘riboq, labida nim tabassum bilan do‘rilladi:
– Hov, oltin kokilim, bitta bo‘sh stul topib, bu yoqqa kel!
Davramiz yana bir kishiga ko‘paydi…
– Manavi oltiariqlik bolani taniysanmi? – men tomonga ishora qilib so‘radi Said Ahmad domla.
– Buningizdan ko‘ra Gulmatni yaxshiroq bilaman, – deya, bir qoshini yuqorilatgancha, menga tamtamlanib qiyaladi Nosir aka. – Shogirdning sal semizrog‘ini topmabsiz-da, oqsoqol.
– Sariq bo‘lgandan ko‘ra oriq bo‘lgan yaxshi, – deb mutoyiba qildi hozirjavob ustoz.
Yengil kulgi o‘rmaladi.

Anvar Obidjon
Бугун қуйидаги ҳудудларда табиий газ вақтинча ўчирилади:

Дўстлик туманидаги Ғафур Ғулом ва Aлишер Навоий МФЙларда жойлашган 1958 та хонадонларда юқори босимли газ қувурлари ва ускуналарини таъмирлаш ишлари олиб борилаётганлиги сабабли
Соат: 09:00 – 18:00 гача;

Жиззах шаҳридаги Иттифоқ МФЙ (13–24, 35–38 уйлар) ва Aмир Темур МФЙ, Aҳмедов кўчаси – Д-159мм газ қувури узлуксизлигини таъминлаш ишлари кетаётганлиги туфайли 1300 та хонадонда
Соат: 08:00 – 18:00 гача;

Шароф Рашидов туманидаги Жиззахлик, Ҳаваслик, Зиёкор, Совунгарлик, Қўшкўприк, Тошкентлик, Мўлканлик, Қатортол, Бўстон МФЙларда ГТШларда демонтаж ишлари олиб борилаётганлиги сабабли 7469 та хонадонда
Соат: 08:00 – 18:00 гача.

Техник ишлар якунлангач, табиий газ таъминоти тикланади.

@jizzax_mass_media
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

⚖️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi.

Joriy yilning birinchi yarmida inspeksiya tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 501 nafar xodimning 129 mlrd 769 mln so'm oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlari undirib berildi.

Shundan:
109 mlrd 106 mln soʻm Davlat mehnat inspektorlari aralashuvi bilan undirilgan.
20 mlrd 663 mln soʻm sud orqali undirilgan.

👉 Bular orasida yirik ish beruvchilar ham, kichik va orta biznes subyektlari ham mavjud. Qonun esa barcha uchun barobar!

Agarda ish faoliyatingiz davomida mehnat huquqlaringiz buzilayotgan bo'lsa, https://dmi.mehnat.uz sayti hamda quyidagi ishonch telefoni orqali murojaat qiling:


☎️ (71) 200-06-00

@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жиноят ишлари бўйича Зомин туман судининг ҳукми билан Жиноят кодексининг 97 (қасддан одам ўлдириш) ва 173 (мулкни қасддан нобуд қилиш ёки унга зарар етказиш) моддаларида назарда тутилган жиноятларни содир этган икки нафар шахсга оид жиноят иши кўриб чиқилиб, судланувчиларнинг бирига 20 йил, иккинчисига 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди

@jizzax_mass_media
🌞Yozning jazirama issig‘ida oftob urmasligining oldini olish uchun to‘g‘ri kiyinish juda muhim. Quyidagi tavsiyalarni hisobga oling:

💎 1. Yengil va keng kiyimlar
Tabiiy matolardan tikilgan (paxta, ketma, lina) kiyimlarni tanlang – ular terini “nafas oldiradi” va terlashni kamaytiradi.
Kiyimlar yengil va keng bo‘lishi kerak – tanani siqmaydi, issiqni ushlab qolmaydi.

🎨 2. Och rangli kiyimlar
Oq, bej, och ko‘k, och yashil kabi ranglar quyosh nurini qaytaradi.
Qora yoki to‘q ranglar esa issiqni o‘ziga tortadi – bunday ranglardan saqlaning.

🧢 3. Bosh kiyim taqish
Keng soyabonli shapka yoki kepka taqing – bu bosh va yuzni oftobdan himoya qiladi.
Ayniqsa bolalar va qariyalar uchun bosh kiyim majburiy.

👓 4. Quyoshdan saqlovchi aksessuarlar
Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar taqing – ultrabinafsha nurlar ko‘zga zarar yetkazishi mumkin.
Soyabon bilan yurish ham foydali.

🥿 5. Oyoq kiyimlar
Yopiq, terlamaydigan, havo o‘tkazadigan sandallar yoki sport poyabzallari kiyish tavsiya etiladi.

@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Киберхавфсизлик маркази мутахассислари томонидан 2600дан ортиқ ҳавола ва иловалар текширилди

Ҳафта давомида энг кўп тарқалган вирусли иловалар:

▫️ToygaTaklifnoma8.apk
▫️video.apk
▫️Rasmlar(6 dona).apk
▫️Siz bilan video(66).apk
▫️Photo(8) dona.apk


Қайд этилган шубҳали иловлар ҳозирда блокланган.

✍️ @Cyberqalqonbot орқали шахсий аккаунтингизга келиб тушган файлларнинг хавфлилик даражасини билиб олишингиз мумкин.

@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taylandda "itlar tarbiyasida ulg‘aygan" bola topilibdi

Taylandning shimolida joylashgan Uttaradit provinsiyasida 8 yoshli bola topildi. U bir necha yil davomida 6 ta it bilan yashagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning onasi va 23 yoshli akasi giyohvand bo‘lishgan. Onasi har oy davlatdan bolasining ta’lim olishi uchun 400 bat (taxminan 160 ming so‘m) pul olib turgan, biroq bola hech qachon maktabga bormagan.

Topilgan vaqtida bola gapira olmagan, faqat vovullagan. U itlarga xos odatlarni butunlay o‘zlashtirib olgan: to‘rt oyoqda emaklab yurgan, odamlar bilan aloqa qilmagan va vaqtining asosiy qismini itlar bilan o‘tkazgan.

Mahalliy maktab direktori bu holat haqida xayriya fondiga xabar bergan, shundan so‘ng ma’lumot politsiyaga yetkazilgan. Hukumat idoralari va fond vakillari birgalikda bolaning hayotini saqlab qolish bo‘yicha operatsiyani boshlagan.

Bolaning oilasi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatchilik yuqori darajada bo‘lgan hududda yashagan. Qo‘shnilarning aytishicha, onasi tez-tez ibodatxonalar oldida tilanchilik qilgan, mahalla ahli u bilan aloqada bo‘lmaslikka harakat qilgan. Mahalla bolalari ham u bola bilan o‘ynamagan, shuning uchun u itlarga yaqinlashib ketgan.

Politsiya oila yashab kelgan kulbaga yetib kelganida, ona va aka noqonuniy moddalar iste’mol qilgani uchun hibsga olingan. Bola esa bolalar markaziga topshirilgan. Hozirda u dastlabki moslashuv bosqichidan o‘tmoqda: unga oziq-ovqat, tibbiy yordam va psixologik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilmoqda.

@jizzax_mass_media
Jizzaxda “tuproq oʻgʻrilari” qoʻlga tushdi

Jizzax viloyatida noqonuniy tarzda tuproq qazib olgan fuqarolar javobgarlikka tortildi.

Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazilgan.

Natijada, Gʻallaorol tumani hududida fuqaro O.S. oʻzi boshqaruvida boʻlgan yuklovchi transport vositasi yordamida “Qashqabuloq” MFY “Qoraqoʻyli” qishlogʻining tuman zaxira yer maydoni hududidan noqonuniy ravishda tuproq qazib ortib ketayotganligi aniqlangan.

Bu holat boʻyicha fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 11 baravari — 4 million 125 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan. Shuningdek, tabiatga 2 million 450 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi. Huquqbuzar jami 6 million 575 ming soʻm toʻlaydigan boʻldi.

Boshqa bir holatda esa “Qashqabuloq” MFY hududida fuqaro A.Sh. noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, ortib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi. Unga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning oʻn bir baravari — 4 million 125 ming soʻm jarima qoʻllanildi.

@jizzax_mass_media