Jizzax_pressa
90 subscribers
2.39K photos
663 videos
23 files
707 links
Download Telegram
🌳#Jizzax_kadastr #Yashil_makon

♻️O'zbek xalqi azal-azaldan "Navro'z" nafasi kelishi bilan yurtini obod qilish uchun hasharlar uyushtirishadi. Nihollar ekishadi, daraxtlarga shakllar berishib, yurt obodligi uchun o’z hissalarini qo’shishadii.

🍀Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari ham Yashil makonumummilliy loyihasida har doim faoldirlar, desak mubolag’a bo’lmaydi.

🌳Jumladan, bugun ham tizim xodimlari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida bir jamoa bo‘lib, o‘zaro hamjihatlikda g‘ayrat qilmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Yashil_makon
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida istirohat bog'i obodonlashtirilmoqda

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar barchasi inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan "Yashil makon" loyihasi ham aholi salomatligi, ularni toza ekologik muhit bilan ta’minlash va kelajak avlodga "Yashil kelajak" bunyod etish maqsadida olib borilmoqda.

"Yashil makon" loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida kuzgi ko‘chat ekish ishlari boshlandi. Tumandagi markaziy istirohat bog‘ini yanada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish maqsadida ko‘chat ekish ishlari tashkil etildi. Istirohat bog‘i hududiga tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 500 tup archa, 250 tup katalpa hamda 250 tup klyon daraxti ko‘chatlari keltirilib, ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #yashil_makon

🌱Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik!

➡️Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Yashil makonumummilliy loyihasi doirasida🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax  viloyati boshqarmalari tizimidagi xodimlar ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
Hududlarda soliqchilar tomonidan “Yashil makon” barpo etilmoqda

2023-yil 11-oktabr kuni Prezidentimiz tomonidan turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish,Yashil makon umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barcha hududlarda Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlarini boshlash borasida bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadidaYashil makon umummilliy loyihasida  Mirzacho‘l tuman soliq inspeksiyasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Ular inspeksiya bog‘iga 50 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tkazdilar.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
Maktabgacha ta’lim muassasalariga ko‘chatlar tarqatilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 11-oktabr kuni o‘tkazilgan «Yashil makon» kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida O‘rmon xo‘jaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan ko‘chatni bepul yetkazib berish, har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga bepul tarqatish vazifalari berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan ham ko‘chat tarqatish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan Arnasoy hamda Zafarobod tuman maktabgacha ta’lim muassasalariga jami 6 700 dona har xil turdagi ko‘chatlar yetkazib berildi.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM