Jo‘rabek Jangirov
4.53K subscribers
346 photos
109 videos
43 files
389 links
O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!

🛎 Murojaat uchun: @jangirovga_bot
Download Telegram
#Brifing
#qabul_2023

🫥 Respublika miqyosida Prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar boʻyicha bitta oʻringa oʻrtacha 169 ta nomzod toʻgʻri kelmoqda

❗️Prezident maktablariga jami 56 745 ta hujjat qabul qilindi.

📊 Jumladan:

Andijon shahridagi Prezident maktabiga – 6390 ta;
Buxoro shahridagi Prezident maktabiga – 2647 ta;
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga – 5480 ta;
Guliston shahridagi Prezident maktabiga – 1942 ta;
Jizzax shahridagi Prezident maktabiga – 3360 ta;
Namangan shahridagi Prezident maktabiga – 5375 ta;
Navoiy shahridagi Prezident maktabiga – 1796 ta;
Nukus shahridagi Prezident maktabiga – 2879 ta;
Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga – 3680 ta;
Qarshi shahridagi Prezident maktabiga – 4869 ta;
Samarqand shahridagi Prezident maktabiga 5369 ta;
Termiz shahridagi Prezident maktabiga – 5392 ta;
Toshkent shahridagi Prezident maktabiga – 3440 ta;
Xiva shahridagi Prezident maktabiga – 4126 ta hujjatlar qabul qilingan.

📍Hududlarimiz kesimida bir o‘ringa:

📈 eng yuqori koʻrsatkich Andijon viloyatida 267 ta, Farg‘ona viloyatida 229 taga

📉 eng past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida 80 ta, Navoiy viloyatida 74 taga toʻgʻri kelmoqda.

#Prezident_maktablari #imtihon_2023

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
#ixtirochilikka_qadam
#tanlov

⚡️ “Ixtirochilikka qadam” tanlovining respublika bosqichi may oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi

🗣Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.


"Ixtirochilikka qadam" tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, jumladan, Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda to‘rt bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar ixtirochi.piima.uz maxsus onlayn platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi lozim.

2024/2025-o‘quv yilida “Ixtirochilikka qadam” tanlovida ishtirok etish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan jami 8 319 ta loyiha ishi ixtirochi.piima.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tanlovning uchinchi (hududiy) bosqichida jami 693 ta loyiha ishi ishtirok etdi. Tanlovning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar ro‘yxati ixtirochi.piima.uz saytiga joylashtirildi.

📝 Batafsil

Telegram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍531👏1🎉1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#brifing

🗣AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul statistikalarini e’lon qildi.

📝 Batafsil

🟢 O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!


👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍4🎉2😱1👀1🗿1