Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr
📣 📣 📣 📣 📣
⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI
🗣 "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
✅ Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖ Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
➖ Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
➖ Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
➖ Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.
🟢 Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.
📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.
📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.
Telegram | X
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr
❗️ Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.
Telegram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
#ixtirochilikka_qadam
#tanlov
⚡️ “Ixtirochilikka qadam” tanlovining respublika bosqichi may oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi
✅ "Ixtirochilikka qadam" tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, jumladan, Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.
✅ Tanlov har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda to‘rt bosqichda o‘tkaziladi.
✅ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar ixtirochi.piima.uz maxsus onlayn platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi lozim.
✅ 2024/2025-o‘quv yilida “Ixtirochilikka qadam” tanlovida ishtirok etish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan jami 8 319 ta loyiha ishi ixtirochi.piima.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
✅ Tanlovning uchinchi (hududiy) bosqichida jami 693 ta loyiha ishi ishtirok etdi. Tanlovning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar ro‘yxati ixtirochi.piima.uz saytiga joylashtirildi.
📝 Batafsil
Telegram | X
#ixtirochilikka_qadam
#tanlov
🗣 Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.
Telegram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3⚡1👏1🎉1💯1🤝1