Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
872 videos
427 files
3.46K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Forwarded from E-library (Усмонхужа)
☝️#Xalqaro_olimpiada #IPhO #Bilasizmi Xalqaro fizika olimpiadasi
(International Physics Olympiad, IPhO)
20 yoshdan katta boʼlmagan yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida har yili oʼtkaziladigan nufuzli xalqaro fan olimpiadasi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun har bir davlat 5 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbaridan iborat milliy terma jamoani shakllantiradi. Mazkur 5 nafar oʼquvchilar oʼz davlatida milliy olimpiada gʼoliblari ichidan saralanadi. Olimpiada 1967 yildan buyon turli davlatlarda oʼtkazib kelinmoqda. Ilk marotaba olimpiada Polsha davlatida oʼtkazilgan. Bugungi kunga kelib unda 5 qit'aning 90 ga yaqin turli mamlakat terma jamoalari muntazam qatnashib kelmoqda. 2019 yilda Xalqaro fizika olimpiadasi Isroilning Tel-Aviv shahrida boʼlib oʼtgan boʼlsa, 2020 yilda 51-Xalqaro fizika olimpiadasi iyul oyida Litvada oʼtkaziladi.
📄 Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar.
Olimpiada 2 bosqichda oʼtkaziladi:
👉1-bosqich: amaliy-laboratoriya topshiriqlari.
👉2-bosqich: nazariy savollar.
Xar bir bosqich uchun 5 soat vaqt beriladi.
Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi. Gʼolib va sovrindorlar ballar ketma-ketligida aniqlanadi. Jami ishtirokchilarning 8 foiziga oltin, 17 foiziga kumush, qolgan 25 foiziga bronza medallari topshiriladi.
🥉🇺🇿Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Terma jamoamizda hozircha bitta bronza medal bor. Ushbu medal 2018 yil Portugaliya davlati, Lissabon shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadada Hofizov Umidjon tomonidan qoʼlga kiritilgan.
Ushbu olimpiada boʼyicha kelajakdagi maqsadlarimiz maktab oʼquvchilarini tayyorgarliklarini toʼgʼri tashkil qilib, medallar nufuzini yaxshilashdan iborat.
💵 Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
Quyida 2019 yilda Isroilning Tel-Аviv shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz: https://youtu.be/D4jkvtSh088

Kosonsoy tuman xalq ta'limi bo'limi

~~~~~~~~~~~~~
Kosonsoy xalq ta'limi bo'limi kanaliga qo'shilish⤵️
https://t.iss.one/kosontxtb
Forwarded from Deleted Account
#koronavirus #xalqaro_olimpiada #международные_олимпиады
COVID-19 пандемияси муносабати билан 2020 йилда Ўзбекистон терма жамоалари иштирок этиши режалаштирилган халқаро фан олимпиадалари бўйича сўнгги маълумот (2020 йил 22 апрель ҳолатига кўра)

I. Ўзбекистон терма жамоалари (2019 йил 3 майдаги ПҚ-4306га мувофиқ) иштирок этадиган халқаро фан олимпиадалари

Халқаро математика олимпиадаси (IMO) - 8-18 июль, 2020 йил - Санкт-Петербург, Россия - 2020 йилнинг 16-26 сентябр кунларига кўчирилмоқда*.

Халқаро кимё олимпиадаси (ICHO) - 6-15 июль, 2020 йил - Истамбул, Туркия - 1 майгача қарор қилинади (бунда бошқа санага кўчирилмайди, олимпиадани масофавий ўтказиш ўрганилмоқда).

Халқаро биология олимпиадаси (IBO) - 3-11 июль, 2020 йил - Нагасаки, Япония - ўтказилиши бекор қилинди (муқобил масофавий олимпиадани ўтказиш ўрганилмоқда).

Халқаро физика олимпиадаси (IPHO) - 18-26 июль, 2020 йил - Вильнюс, Литва - 2020 йилнинг 15 майида қарор қилинади, унгача барча ишлар тўхтатилган.

Халқаро информатика олимпиадаси (IOI) - 19-26 июль, 2020 йил - Сингапур Республикаси - 2020 йилнинг сентябрь ойига кўчирилди*.

II. Ўзбекистон иштироки режалаштирилган бошка халқаро фан олимпиадалари

Халқаро Менделеев олимпиадаси - 20-27 апрель, 2020 йил -
Будапешт, Венгрия - ўтказилиши бекор қилинди*.

Халқаро математика мусобақаси (IMC) - 4-8 июль, 2020 йил - Багор, Индонезия - ўтказилиши бекор қилинди.

* - ушбу қарор март ойида қабул қилинган.

⚠️ Халқаро фан олимпиадалари ўтказилиши билан боғлиқ вазиятни кузатишда давом этамиз ва ҳар қандай ўзгаришлар содир бўлганда қўшимча маълумот берамиз.

#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Каnalga ulanish 👉 @olimpdep

#savoljavob

Савол: Жорий йилнинг апрель ойидан директор жамғармаси маблағлари ҳисобидан бериладиган тўловлар тўхтатилди. Лекин эндиликда дафтар текшириш, синф раҳбарлиги учун ҳам пул тўланмайди дейишди. Шу маълумотга аниқлик киритиб берсангиз.


❗️Жавоб: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг жорий йил 16 апрелдаги 232-сон қарорига асосан 2020 йил 16 апрелдан бошлаб 1 октябрга қадар умумтаълим муассасаларида фақат директор жамғармаси маблағлари ҳисобидан амалга оширилиб келган барча тўловлар ҳисобланиши тўхтатилади.

Бунда директор жамғармаси ҳисобидан амалга оширилмайдиган, жумладан, тоифалар бўйича базавий тариф ставкалар, чет тили ўқитувчилари учун устама, дафтар текшириш ва информатика кабинети мудирлиги (меҳнат таътилидан ташқари бўлган ёзги ўқув таътили даври бундан мустасно), синф раҳбарлиги учун қўшимча тўловлар, ихтисослашган мактаблардаги ходимларга белгиланадиган устамалар, олис ҳудудларга бориб ишлаётганлиги учун устама ва бошқа тўловлар сақланади.

@xtv_press

Бугунги кунда кўплаб ёшлар уйида ўтириб, интернет орқали дизайнерлик, таржимонлик, дастурлаш, реклама, репетиторлик каби хизматлар кўрсатмоқда. Лекин бундай мутахассислар, яъни фрилансерлар учун масофадан ҳисоб рақами очиш, почта, тўловларни қабул қилишда қатор тўсиқлар мавжуд. Оқибатда ушбу фаолият билан шуғулланувчиларнинг харажатлари 2-3 баробар ошиб кетмоқда.

Шу боис мутасаддиларга бундай фаолият турлари учун имтиёз ва преференциялар бериш, ёшларни интернетдан фойдаланиб, ақлий меҳнат орқали даромад топишга ўргатиш, соҳани ривожлантириш учун хорижда оммабоп бўлган тўлов тизимларини йўлга қўйиш бўйича топшириқлар берилди.

https://president.uz/uz/lists/view/3515

#savoljavob

Савол: Директор ва директор ўринбосари таътилга чиқмай ўқитувчиларни назорат қилаётган ва қўшимча равишда 10 соатгача дарсини масофадан ўтаётган бўлса, ўша дарслар учун ойлик олишга рухсат бериладими?

❗️Жавоб:
Ўзбекистон Республикасига коронавируснинг кириб келиши ва тарқалишини олдини олиш юзасидан чора-тадбирлар дастурини тайёрлаш бўйича республика махсус комиссиясининг 2020 йил 15 мартдаги йиғилиш баёнига мувофиқ Халқ таълими вазирининг 2020 йил 17 мартдаги 82-сонли буйруғи билан ўқувчилар учун қўшимча эълон қилинган таътил даврида масофадан туриб ўқув жараёнини ташкил этиш ҳамда таълим муассасалари ва ташкилотларнинг бино ва иншоотларини самарали сақлаш ишларини мувофиқлаштириш, шунингде
#xalqaro_olimpiada #IPhO #международная_олимпиада

51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilishi 2021-yilga ko'chirildi

⚙️Joriy yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining 🇱🇹Vilnyus shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi, IPhO prezidenti Prof. Rajdeep Singh Rawat hamda boshqaruv va tashkiliy qo'mitalarning muhokamalari natijasidagi qaror bilan 2021-yilga qoldirildi.

Shu bilan birga, 2021-2028 yillardagi olimpiada rejasi ham bir yilga surilib, shu yillardagi mezbon davlatlarning roziligi olingan.

Demak, 2020-yilda Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilmaydi.

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#xalqaro_olimpiada #международные_олимпиады #update

COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda O’zbekiston terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan xalqaro fan olimpiadalari bo'yicha so'nggi ma'lumot
(2020 yil 28 may holatiga ko’ra)

O’zbekiston terma jamoalari (2019 yil 3 maydagi PQ-4306ga muvofiq) ishtirok etadigan xalqaro fan olimpiadalari:

1. Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) – 2020 yilning 8-18 iyul kunlari Rossiya davlatining Sankt-Peterburg shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, 2020 yilning 16-26 sentabriga ko’chirildi.

2. Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO) – 2020 yilning 6-15 iyul kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada joriy yilning 25 iyul kuni masofaviy tarzdagi nazariy imtihon ko'rinishida o’tkaziladi.

3. Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) – 2020 yilning 3-11 iyul kunlari Yaponiyaning Nagasaki shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada bekor qilinib, yapon tashkiliy qo'mitasi 11-12 avgust kunlari masofaviy tarzda muqobil IBO 2020 Challenge musobaqasini o’tkazadi.

4. Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) – 2020 yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining Vilnyus shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada bekor qilinib, shu davlatning o'zida 2021 yilda o'tkazilishi belgilandi.

5. Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) – 2020 yilning 19-26 iyul kunlari Singapurda o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, masofaviy o'tkazilishi belgilandi.

O’zbekiston ishtiroki rejalashtirilgan boshqa xalqaro fan olimpiadalari:
1. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi – 2020 yilning 20-27 aprel kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadani boshqa sanaga ko'chirish belgilandi.
2. Xalqaro matematika musobaqasi – 2020 yilning 4-8 iyul kunlari Indoneziyaning Bagor shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa o’tkazilishi bekor qilindi.

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#Seminar_trening
#Xalqaro_olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar yakuniga yetdi.

❗️Mazkur seminar-treningda Agentlik tizimidagi maktablarning 2 500 nafardan ortiq matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida:

✔️ maktablar o‘qituvchilariga trener o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarni xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlash mexanizmi,
✔️foydalaniladigan adabiyotlar,
✔️ internet tarmog‘idagi foydali kontent hamda veb-saytlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

📍Seminar so‘ngida trener o'qituvchilar fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda tizimli ravishda hamkorlikda faoliyat olib borishni kelishib olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Xalqaro_olimpiada
#Iqtisod_geografiya
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o‘rtasida " Xalqaro iqtisod va xalqaro geografiya" olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro olimpiada Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-11-sinf o'quvchilari ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan.

O'quvchilar bir vaqtning o'zida ingliz tilida test va yozma ish topshiriqlariga javob beradilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Xalqaro_Olimpiada
#Matematika
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchisi Abdullayev Shuhratjon maktab o'quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "IMAS-2023-2024" Xalqaro Matematika Olimpiadasining mintaqaviy bosqichida ishtirok etib, g'oliblikni qo‘lga kiritdi.

Endilikda Shuhratjon ushbu xalqaro olimpiadaning yakuniy bosqichiga ustozi Sherzodbek G‘aniyey nazorati ostida tayyorlanmoqda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Xalqaro_olimpiada
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6.01-sinf o‘quvchisi Musayibxonov Muhammadayubxon Ahmadxon o‘g‘li IMAS Xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Muhammadayubxon va uning ustozi musobaqa tashkilotchilari tomonidan rag'batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.

Ustozi: Suhrob Rustamov

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab