Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.6K photos
872 videos
427 files
3.46K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Prezident_ta'lim muassasalari_agentligi
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Seminar_trening

⚡️Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qituvchilari uchun "Temperament tiplari va uning shaxs kamolotidagi o‘rni. " mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga ixtisoslashtirilgan maktab pedagog o‘qituvchilar jalb qilindi. Seminar treningda, o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, o‘zaro munosabatlarda temperament tiplarining o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qituvchilar uchun kuzgi ta'til kunlari o‘quv-tarbiyaviy masalalarda turli treninglar o‘tkazib kelinmoqda.
#Namangan_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

⚡️ Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatimizda yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog o‘qituvchilari ham jalb qilindi. Bugun biologiya va kimyo fanlaridan seminar treninglar bo'lib o'tmoqda.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida 7-10 noyabr kunlari treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz:

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifamiz:

https://facebook.com/groups/886760535572284/

YouTubeda tomosha qiling:
https://youtube.com/channel/UC5aEGL0xADG2uXMm3FHlwag
#Seminar_trening

📕📗📘📙
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va psixologlari uchun tashkil etilayotgan seminar trening boshlanish arafasida. Seminarda Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining masʼul xodimlari ham ishtirok etmoqdalar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun ingliz tili fani boʻyicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning ingliz tili trener-oʻqituvchisi Mamajonov Rustamjon tomonidan olib borildi.

📍Seminar-trening qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning xorijiy tillarni bilish koʻnikmalari shakllantiriladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun "Notiqlik sanʼati-sifatli taʼlim kafolati" mavzusida seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Gulruh Toshboyeva tomonidan olib borildi.

📍Seminar-trening qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning nutq madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun "Stress va emotsiyalarni boshqarish " mavzusida seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning amaliyotchi psixologi Shahnoza Bazarova tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda oʻqituvchilar turli psixologik testlar bajarishdi, aql va xotirani sinaydigan boshqotirmalar yechishdi.


📍Seminar-trening qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning ruhiy-psixologik holatini yanada barqarorlashtirishga qaratilgan tavsiyalar individual tarzda berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Xalqaro_olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar yakuniga yetdi.

❗️Mazkur seminar-treningda Agentlik tizimidagi maktablarning 2 500 nafardan ortiq matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida:

✔️ maktablar o‘qituvchilariga trener o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarni xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlash mexanizmi,
✔️foydalaniladigan adabiyotlar,
✔️ internet tarmog‘idagi foydali kontent hamda veb-saytlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

📍Seminar so‘ngida trener o'qituvchilar fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda tizimli ravishda hamkorlikda faoliyat olib borishni kelishib olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan maktab maslahatchisi lavozimida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun seminar-trening bo'lib o'tdi.

📍Unda Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar vakillari ishtirok etishdi.

Trening doirasida maktab maslahatchisining vazifalari va bunda e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

❗️Trening ZOOM platformasi orqali bo'lib o'tdi.
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun "Darsda oʻquvchilarni baholashning zamonaviy metodik usullari" va "Yaponiya anʼanaviy taʼlim tizimining ilgʻor tajribasini Oʻzbekiston maktablariga tadbiq qilish " mavzusida seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda oʻqituvchilar taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliq savollariga javob olishdi.


📍Seminar-trening uzaytirilgan qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning metodik malakalarini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar individual tarzda berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi. Seminarda 2022-yil 20-dekabr kungi Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasi keng oʻrganildi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahromjon Hasanov tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda oʻqituvchilar prezident murojaatini bandma-band oʻrganishdi .


📍Seminar-trening uzaytirilgan qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning siyosiy-huquqiy dunyoqarashlarini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Seminar_trening
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan sinf rahbarlari uchun seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi. Mashgʻulotni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahromjon Hasanov va 6-sinf rahbari Gʻofirjon Shermatov olib bordi.

Seminar -treningda oʻqituvchilar sinf rahbarlik faoliyati bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlar va sinf rahbarlik ishini muvaffaqiyatli amalga oshirishga doir eng soʻnggi maʼlumotlar bilan ishladilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Jarayon
#Ruhiyat_olami
#Seminar_trening
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchi va pedagog xodimlarni erta tongda yaxshi kayfiyatda kutib olish va xarakterlarini aniqlash maqsadida geometrik shakllardan foydalanib, seminar-trening oʻtkazildi.

Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻzlari tanlagan geometrik shakllari orqali ijobiy va salbiy xarakterlarini bilib oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ruhiyat_olami
#Seminar_trening
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-b aniq sinfida "ORQADAGI YOZUVLAR" treningi oʻtkazildi.
Trening ukuvchilardan tezkorlik va chaqqonlikni talab etdi.
Treningni maqsadi ishtirokchilar oʻrtoqlarining oʻzlari xaqidagi fikrlarini bilib oldilar.

Trening jamoada jipslik va birdamlikni uygʻotdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️ Agentligimiz tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil qilish va u tomonidan yuritiluvchi hujjatlar" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar faoliyat bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi.

🎯Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹amaliyotlarni tashkil qilish tartibini tushuntirish,
🔹maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va ularni yuritish haqida ma'lumot berishdan iborat.
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Al_Xorazmiy_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida respublika seminar-treningi bo'lib o'tmoqda. Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ustozlari ham ishtirok etmoqdalar.

Seminarda o'rganilayotgan masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berib o'tamiz. Bizdan uzoqlashmang.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligimiz tizimidagi Yangiqo'rg'on  ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Maslahatchilar ishini samaradorligini oshirish" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar  faoliyat bo'yicha o'zaro fikr almashdilar va qiziqtirgan barcha savollarga javob topdilar.

🎯Mazkur treningda har bir maslahatchi o'z mavzusi bilan ishtirok etdi va mavzu doirasida faoliyatda uchrashi mumkin bo'lgan barcha savollarga javob berishdi.
📚Trening jarayonida quyidagi mavzular o'rganib, birgalikda diskussiya qilindi:
🔹1.Maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va yig'ma jildlar  
🔹2.Common App dasturidan foydalanish.
🔹3.School councellor lavozimi tarixi    
🔹4.Top 300 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari haqida.
🔹5.Xozirgi kunda va kelajakda jamiyatda ehtiyoj baland kasblar.
#KosonsoyIM
#seminar_trening

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maktab maslahatchisi 11-sinf oʻquvchilari bilan birgalikda dunyoning "Top 1000" roʻyxatida turuvchi universitetlar va ularning faoliyati haqida seminar-trening oʻtkazishdi.
Ushbu seminarda oʻquvchilar:
🟢 Top 1000 universitetlar qanday talablar asosida ushbu roʻyxatga kirishi
🟢 Bu universitetlarni qaysi agentlik tashkiloti saralab olishi
🟢 Top 1000 universitetlarning boshqa universitetlardan farqi
🟢 2023-yildagi top 1000 universitetlar roʻyxati
kabi mavzular bilan tanishishdi.

❇️ Seminar yakunida oʻquvchilar ushbu mavzulardan tuzilgan online test bajarishdi va olgan maʼlumotlarini mustahkamlab olishdi. Trening juda qiziqarli oʻtdi.
#Seminar_trening
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-2025-o‘quv yili boshlanishi oldidan "Sinf rahbarlari faoliyatini yanada takomillashtirish" mavzusida seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. Trening mashg'uloti maktabining ma'naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha direktor oʻrinbosari B.Hasanov va tarbiya fani o'qituvchisi S.Po‘latova tomonidan olib borildi .

Mashg'ulotlarda sinf rahbarlik faoliyatini tashkil etish, me‘yoriy xujjatlarni yuritish borasida bir qator foydali maslahatlar berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Kosonsoy tumanidagi 15,18,28,47,48-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda so‘z olgan Kosonsoy tuman hokimi o'rinbosari Alisher Sheraliyev mamlakatimiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, uning samarasi , ta‘lim tizimini muvaffaqiyatli isloh qilish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi.

Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov yangi baholash tizimining afzalliklari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma‘lumot berdi.

Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.