Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
427 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy
#Ehson_oshi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ovqatlanishlari uchun maktab oshxonasi oʻz faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan 24-yanvar kuni oʻquvchilar dasturxoniga ehson oshi tortildi.

Maktab jamoasi ehson oshi homiylariga minnatdorchilik bildiradi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, maktab oshxonasi bir vaqtning oʻzida 500 nafar oʻquvchiga xizmat koʻrsatadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Sherzodbek Ismoilov Yakubjanovich

"RESEARCH AND PUBLICATIONS" ilmiy nashrlar markazi ilmiy kengashining qaroriga koʻra "Taʼlim fidoyisi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Sherzodbekni ushbu muvaffaqiyat bilan maktab jamoasi tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Liderlar_hamjamiyati
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglariga start berildi. Seminar -treningda Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablari direktorlari ishtirok etdi .

🔸 Eslatib o'tamiz, ushbu seminar treninglar 7-10- fevral kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

⬇️ Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Boburga_ehtirom
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida gʻazal mulkining yirik dargʻasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Kosonsoy tuman maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi rahbari D.Isoqov kirish soʻzi bilan ochib berdi va Bobur hayoti bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar keltirdi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari shoir ijodidan ruboiy va gʻazallar keltirdilar, sahna koʻrinishlari namoyon etildi.

Tadbirda namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar yigʻilganlarga quvonch bagʻishladi.

Bayram tadbirida hamkor tashkilotlar va ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir soʻngida maktabning faol oʻquvchilari taqdirlandi.

Maktab jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan
barcha oʻquvchilar, shuningdek ona tili va adabiyoti fani ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_tumani
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Do'ppi_chellenj

🌷Bahorning ilk kunlarida o'quvchi qizlarimizni chiroyiga chiroy qo'shish va o'quvchi qizlar formasini maktabda to'liq joriy etish maqsadida erta tongdan "DO'PPI CHELLENJI" kutib olish jarayoni boshlanishini e‘lon qilamiz.


👉Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz
https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#bilimlar_kuni

🤩 Agentligimiz tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

🗣Ushbu tadbirlarda Agentlikning masʼul xodimlari, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari ishtirok etib, mamlakatimizda aholi farovonligi yoʻlida olib borilayotgan keng islohotlar, hududlardagi bunyodkorlik ishlari haqida soʻzladi.

📍Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar:

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

📍Hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablar:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psychologist_time
#ixtisoslashtirilgan_maktab

HALOLLIK VA AXLOQNING KASB TANLASHDAGI AHAMIYATI .

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan 9-11-sinflarda "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

📌Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad : oʻquvchi yoshlarga halollik va axloq mezonlari borasida tushunchalarini rivojlantirish va kelajakda tanlaydigan kasblarida bu, xulq va fazilatlarga amal qilgan holda faoliyat yuritishga undashga qaratilgan.

O'quvchilar halollik va axloq tushunchalarini tub ma'nolarini anglab yetishdi.
💎 Halollik- odamlarning sof va pok eʼtiqodlariga mos keladigan, ahloqiy jihatdan sogʻlom va toʻgʻri boʻlgan harakatlarni bajarish demakdir.
📚Axloq- kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui.
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#psychologist_time

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  5-sinf o‘quvchilari bilan "5-sinf oʻquvchisi boʻlganingda hayotingda nimalar oʻzgardi?" mavzusida soʻrovnoma va “Atom va molekula” trening mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Maqsad: oʻquvchilardagi maktabga adaptatsiya jarayonini kuzatish, oʻrganish va korreksiya qilishdan iborat.

Maktab psixologi: M. Shoxobiddinova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#psychologist_time

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  5-sinf o‘quvchilari bilan moslashish davri o’rganish maqsadida “Mening tuyg’ularim" metodikasi va “Meni nima xavotirlantiradi?” mashqi boʻlib oʻtdi.

Maqsad: oʻquvchilardagi maktabga adaptatsiya jarayonini oʻrganish va korreksiya qilish, o’quvchilarda ustunlik qilayotgan emotsional holatlarni aniqlash

Maktab psixologi: M. Shoxobiddinova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab