Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
427 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#psychologist_time
#ixtisoslashgan_maktab

Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari ishtirokida "O’quvchilarning shaxsiy aloqalari" bo’yicha so’rovnoma o’tkazildi. Art-terapiyaning kinoterapiya usulidan foydalanib o’quvchilarga ongni kengaytiruvchi multfim va musiqa taqdim etildi.
Maqsad: O’quvchilarni idrok hususiyatini rivojlantirish, zo’ravonlik muammolariga munosabatini aniqlash, ruhiy motivatsiya berish, ichki zo’riqishlarni oldini olish

Trening maktab psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan olib borildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#psychologist_time
#ixtisoslashtirilgan_maktab

HALOLLIK VA AXLOQNING KASB TANLASHDAGI AHAMIYATI .

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan 9-11-sinflarda "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

📌Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad : oʻquvchi yoshlarga halollik va axloq mezonlari borasida tushunchalarini rivojlantirish va kelajakda tanlaydigan kasblarida bu, xulq va fazilatlarga amal qilgan holda faoliyat yuritishga undashga qaratilgan.

O'quvchilar halollik va axloq tushunchalarini tub ma'nolarini anglab yetishdi.
💎 Halollik- odamlarning sof va pok eʼtiqodlariga mos keladigan, ahloqiy jihatdan sogʻlom va toʻgʻri boʻlgan harakatlarni bajarish demakdir.
📚Axloq- kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui.
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#psychologist_time

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  5-sinf o‘quvchilari bilan "5-sinf oʻquvchisi boʻlganingda hayotingda nimalar oʻzgardi?" mavzusida soʻrovnoma va “Atom va molekula” trening mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Maqsad: oʻquvchilardagi maktabga adaptatsiya jarayonini kuzatish, oʻrganish va korreksiya qilishdan iborat.

Maktab psixologi: M. Shoxobiddinova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Psychologist_time

🏢Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M. Shoxobiddinova tomonidan 6-sinf o’quvchilari bilam "Maqsadga intilish "nomli metodikasi o'tkazildi.

♻️Maqsad:O'quvchilarda mas'uliyat hissini rivojlantirish, o'z oldiga maqsad qo'yish ko'nikmasini shakllantirish va maqsadlari uchun to'g'ri harakat qilishni o'rgatishdan iborat.

🔄O’quvchilar metodika tahlili orqali maqsadlarida e’tiborga molik jihatlarini anglab, yanada takomillashtirish borasida tushunchaga ega bo’lishdi.
#Psychologist_time
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan maktab jamoasi uchun “Siz yoqtirgan rang va ruhiyat” nomli art terapiya trening mashg’uloti o'tkazildi. Ushbu motivatsion jarayon ranglar yordamida ruhiyatini o'rganish, ijodkorlikni rivojlantirish, fantaziyani oshirib, tasavvurini kengaytirishlariga, o'z-o'zini anglashiga yordam berish va ranglar orqali o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga imkon berdi.

🎯 📚Maqsad: Ranglar va shakllar psixologiyasi  ularni  inson ruhiyatiga ta'siri , rang va shakllar- inson xarakterini anglashga yordam beruvchi elementlardir. Ushbu trening pedagoglar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirga amaliy yordam berdi.

Trening ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M.Shoxobiddinova 9-sinf o’quvchilari bilan “Kasblar olami” ga sayohat uyushtirdi. Kasblarga oid bilimlarni yanada takomillashtirib, o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi. Tanlagan kasblari va ularni mukammal ustasi bo’lish uchun nimalarga e’tibor qaratish bo’yicha muhokama bo’lib o’tdi.

O’quvchilar bilan “O’rin almashtirish” treningi o’tkazildi.
Maqsad: tafakkur jarayoni rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish.

O’quvchilar mashg’ulotda katta energiyaga boyib, pozitiv kayfiyat bilan o’tkazishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan 6-sinf o’quvchilarida “Oila” proyektiv metodikasi o’tkazildi.
O’quvchilar optimistik kayfiyatda metodikani bajarishdi.

Maqsad: o’quvchilarni oiladagi o’rni va mavqeini aniqlash, oilaviy konflektlarni o’rganish, tafakkur jarayonini kengaytirish, qo’l motorikasini rivojlantirish.

Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar o’zlarining fantaziyalaridan foylanib metodika bajarishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

“Zo’ravonlikka qarshi 16 kun”   mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔷Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga bag‘ishlangan 2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlar tashkil etilmoqda.

Psixolog M.Shoxobiddinova tomonidan maktab lider qizlarga “Zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalash” mavzusida  ma’lumotlar berildi.

🔷Trening yakunida “Men ushbu treningdan … o’rgandim” deb boshlanuvchi mashg’ulot o’tkazildi. O’quvchilar o’zlariga yangilik bo’lgan ma’lumotlarni birma bir aytib o’tishdi.

🍀🍀🍀Maktab psixologiga bergan ma’lumotlari uchun tashakkkur bildirishdi.
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan agentlik maktabi psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan 7-Tabiiy sinf o’quvchilari bilan “Maqsadga intilish” metodikasi o’tkazildi.

Maqsad: o’quvchilarni maqsadga intilish darajasini aniqlash, maqsadlar borasida axborot almashish

🔷Har bir o’quvchining oldiga qo’ygan maqsadlari va unga erishish uchun qilinadigan harakatlar borasida suhbatlashildi.

👩‍💻Maqsadga erishish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi maktab psixologi tomonidan tushuntirildi. O’quvchilar yetuk kadr bo’lib yetishishga va’da berishdi.
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#psychologist_time

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  5-sinf o‘quvchilari bilan moslashish davri o’rganish maqsadida “Mening tuyg’ularim" metodikasi va “Meni nima xavotirlantiradi?” mashqi boʻlib oʻtdi.

Maqsad: oʻquvchilardagi maktabga adaptatsiya jarayonini oʻrganish va korreksiya qilish, o’quvchilarda ustunlik qilayotgan emotsional holatlarni aniqlash

Maktab psixologi: M. Shoxobiddinova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab