Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
877 videos
429 files
3.54K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Amir_Temur_tavalludi
#Harbiy_vatanparvarlik
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-aprel Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan harbiy vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.

Harbiy vatanparvarlik tadbiri tumandagi bir qator hamkor tashkilotlar, Milliy gvardiya bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" harakati a'zolariga ko'krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Tadbirda o‘quvchilar sport kurashlari, kamon va pnevmatik quroldan foydalanish mashqlarini amalda sinab ko‘rishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha hamkor tashkilotlarga, xususan maktab ChQBT rahbari G‘ulomjon Saidovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_TIM

Namangan viloyati To’raqorg’on tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida Viloyat Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o’rtasida sportning “Stol tennisi” va “Shaxmat” turi bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqada Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Qizlar o’rtasidagi Stol tennisi musobaqasi bahslarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10 tabiy sinf o’quvchisi Abdurasulova Yulduz faxrli 2-o’rinni egalladi.

Maktab jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga va uning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#natija

📊 Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi eʼlon qilindi

📆 2023-yil yakunlari bo‘yicha AOKA tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.

⚡️ Baholangan jami 131 ta tashkilot va idoraning –
29 nafar matbuot kotibi (22,1%)ning ish natijalari yuqori;
59 nafari (45%)niki o‘rta darajada;
39 nafari (29,8%)niki qoniqarli;
4 nafari (3,1%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.

⚡️ Yuqori natija qayd etgan Axborot xizmatlari rahbarlari roʻyxatidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Joʻrabek Jangirov ham o‘rin oldi.

🌐 Batafsil: https://aoka.uz/uzb/news/1507
#diqqat #MilliySertifikat

Milliy Sertifikat olgan abituriyentlarga Oliygohlarga kirish imtihonlarida bal berilish tartibi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#МОТИВАЦИЯ

Беш қонун


▫️1. Мерфи қонуни. Агар сиз нимадир бўлишидан қанчалик кўп қўрқсангиз, унинг содир бўлиш эҳтимоли катталашади.

▫️2. Кидлен қонуни. Агар сиз муаммони аниқ тушунган бўлсангиз, демак сиз уни 50 фоиз ечдингиз.

▫️3. Вилсен қонуни. Агар сиз ақл билан билимга куч берсангиз, пул сизга муаммо бўлмайди.

▫️4. Гилберт қонуни. Агар сиз бирор иш бошлаган бўлсангиз, мақсадингизга эришиш учун фақат ўзингиз жавобгарсиз.

▫️5. Фолклент қонуни. Агар бирор нарса ҳақида қарор қабул қилишингиз шарт бўлмаса, у нарсани унутинг ва бошқа ишларингиз билан шуғулланинг.
#Jarayon
#Repetition_test
#Bitiruvchi_2024
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchilaridan iborat o‘quvchilar Namangan shahridagi "Yuksalish" mavzesida joylashgan "Bilim va malakalarni aniqlash agentligi" ga qarashli binoga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida o'quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari o‘tkaziladigan bino, sinovlarni o‘tkazish tartibi, tekshiruv jarayonlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Sayohat yakunida o‘quvchilar har birlari uchun "Bilim va malakalarni aniqlash agentligi " tomonidan tayyorlangan Repetitsion sinov-tajriba testida ishtirok etib qaytdilar.

O'quvchilar uchun ushbu sayohatni uyushtirgan maktab maslahatchisi Shuhrat Sultonov, 11-sinf rahbarlari A. Abdurahmonov va A. G‘afurovlarga Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab