Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.42K subscribers
12.5K photos
931 videos
431 files
4K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus_sport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.

Maktabimiz o'quvchilari sinflar kesimida sportning futbol turi bo‘yicha bellashmoqdalar.

Maktabning 11.01 aniq va 9.02 aniq sinf o‘quvchilari o'rtasida yakuniy final bahsi bo‘lib o'tdi. Keskin va murosasiz o'tgan bahsda 11.01 sinfi xujumchisi N. Mamatxonov xet-trik qayd etdi va o‘z jamoasi bilan maktab chempioniga aylandi. Sinf rahbari: S.Bozorboyeva.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi chempionlarni tabriklaydi va ushbu sport musobaqalarini o'tkazishda jonbozlik ko'rsatayotgan ustozlar - N.Murodov va A.G‘afurovlarga minnatdorchilik bildiradi .

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_IM
#5_tashabbus

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari 5 tashabbus sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo'yicha o'tkazilgan tuman bosqichida munosib qatnashdilar.

🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇
Shaxmat sport turi bo'yicha 6-01 sinf o'quvchisi Husenboyev Bekzod 1-o'rinni egallab (yosh turlari bo'yicha), viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
💪💪💪💪💪💪💪💪💪💪💪
📌 Sport - insonni ruhan baquvvat, jismonan sog'lom, irodasini mustahkam saqlovchi mashg'ulot.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_IM
#5_tashabbus

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari 5 tashabbus sport musobaqalarining MINI FUTBOL  turi bo'yicha o'tkazilgan tuman bosqichida munosib qatnashdilar.

🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️
Qizg'in va shiddatli baxslar yakunida  Kosonsoy ixtisoslashgan maktab futbol jamoasi faxrli 3 - o'rinni egalladi.
📌 Sport - insonni ruhan baquvvat, jismonan sog'lom, irodasini mustahkam saqlovchi mashg'ulot.
#Sport_sog‘lik_garovi
#5_tashabbus
#Kosonsoy_IM

O'zbekiston Respublikasi Jiu-jitsu federatsiyasi Namangan-2023 musobaqasi start oldi.
Unda o'smirlar o'rtasida turli xil vazn toifalari o'rtasida musobalar bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaning 1-chi kunida 73+ kg vazn toifasida faol qatnashgan Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01 aniq sinf o'quvchisi Majidov Zayniddin Zohirjon og'li Respublika miqyosida Faxrli 3 - o'rinni egalladi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Sport_sog‘lik_garovi
#5_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-sinf o‘quvchisi Asadbek Abdujabborov sportning Jiu-jitsu turi bo'yicha Qirg'iziston Respublikasida o‘tkazilgan JALAL-ABAD ASIA CUP/2023 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli III o'rinni qo‘lga kiritdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#Kosonsoy_IM
#Namangan_viloyat
#Qishki_tatil

📚Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan qishki ta'til vaqtida o'takazilgan ko’rik-tanlov g'oliblari aniqlandi.

G'oliblar yaqin kunlar ichida taqdirlanadi.



🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus_amalda
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,
Innovatsion rivojlanish agentligi,
Robotics Lab ta'lim markazi, shuningdek Japan Digital University
bilan hamkorligida o’tkazilayotgan “The Ninja IT” contest Respublika olimpiadasining 1 va 2-saralash bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.

1898 ta ishtirokachi qatnashgan ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichiga 60 ta kuchli dasturchilar yakuniy final yo‘llanmasini qo’lga kiritishdi. Bular orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari: Murodillayev Ahliyor, Tursunov Abdulaziz, Abdusamiyev Muhammadsolihlar ham bor.

Joriy yilning 2 fevral kuni Toshkent shahridagi Japan Digital Universityda musobaqaning 3-final bosqichi bo’lib o’tadi . Ushbu musobaqada maktabimiz sharafini himoya qilayotgan iqtidorli o’quvchilarimizga omad tilaymiz.

Ustozlari: Abdunabi Rashidov
Nigora Zokirova
#Jarayon
#5_tashabbus_amalda
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,
Innovatsion rivojlanish agentligi,
Robotics Lab ta'lim markazi, shuningdek Japan Digital University
bilan hamkorligida o’tkazilayotgan “The Ninja IT” contest Respublika olimpiadasining 1 va 2-saralash bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.

1898 ta ishtirokachi qatnashgan ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichiga 60 ta kuchli dasturchilar yakuniy final yo‘llanmasini qo’lga kiritishdi. Bular orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari: Murodillayev Ahliyor, Tursunov Abdulaziz, Abdusamiyev Muhammadsolihlar ham bor.

Bugungi saflanmada ushbu muvaffaqiyat egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu musobaqaning final bosqichi joriy yilning 12 fevralda Toshkent shahridagi Japan Digital Universityda bo’lib o’tadi .

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Sport_sog‘lik_garovi
#5_tashabbus
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

O'zbekiston Respublikasi Jiu-jitsu federatsiyasi Namangan-2023 viloyat birinchiligi musobaqasi start oldi.
Unda o'smirlar o'rtasida turli xil vazn toifalari o'rtasida musobalar bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaning 1-chi kunida 73+ kg vazn toifasida faol qatnashgan Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01 aniq sinf o'quvchisi Majidov Zayniddin Zohirjon og'li viloyat miqyosida Faxrli 1- o'rinni egalladi.

Xuddi shunday natija, birinchilikning 63 kg vaznida maydonga tushgan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchisi Shamshod Bahodirovga ham nasib qildi. Shamshod ham o‘z vaznida tengsiz ekanini isbotladi, 1-o‘rin.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_TIM

Namangan viloyati To’raqorg’on tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida Viloyat Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o’rtasida sportning “Stol tennisi” va “Shaxmat” turi bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqada Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Qizlar o’rtasidagi Stol tennisi musobaqasi bahslarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10 tabiy sinf o’quvchisi Abdurasulova Yulduz faxrli 2-o’rinni egalladi.

Maktab jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga va uning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#5_tashabbus
#Kasaba_uyushma_kubogi
#Sog‘_tanda_sifatli_ta‘lim
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan ta‘lim muassasalari xodimlari o‘rtasida "Besh tashabbus" sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Sport turlari ichida eng ommaviylashgan futbol musobaqasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozlaridan tashkil topgan jamoa turnir davomida o'z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O‘tkazilgan 15 uchrashuvning hammasida ishonchli g‘alabalarga erishgan maktabimiz jamoasi yakunda "Kasaba uyushmasi kubogi" sovriniga ega chiqishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tumanda nafaqat ilm-ziyo tarqatishda, balki sportda ham o'z ustunligini natija orqali namoyon etdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Sport_sog‘lik_garovi #5_tashabbus_amalda
#Futbol_turniri
#9_may
#KosonsoyTIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yuqori sinf o‘quvchilari o'rtasida futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

⚽️Qizg'in va murosasiz kechgan yarim final-final bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

🎖Yarim final:

11.01. - 9.02
5 : 4


11.02. - 9.01
2 : 3


Final:

11.01. - 9.01
2 : 1


Finaldagi muvaffaqiyatdan so‘ng aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan 11.01-sinfi o‘quvchilari maktab chempioniga aylanishdi.🏆

Sinf rahbari: Alimardon Abdurahmonov

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu musobaqani o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani ustozlari Nuriddin Murodov va Afzalxon G‘ofurovlarga hamda muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_TIM

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️"BESH TASHABBUS" olimpiadasining maktab boshqichiga start berildi.🏃‍♀⛹‍♀🤾🤽‍♂🤽🚵🏃‍♀‍➡️🏃‍♂‍➡️ 🥅⚽️

🏢Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🟢 Ushbu musobaqada  40 dan ortiq 7-9-sinf o'quvchilari bellashishdi. Yakunda musobaqa g'oliblari  aniqlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu musobaqani o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A.G‘ofurovga hamda ishtirokchi o‘quvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari kuzgi ta‘tilni mazmunli o'tkazish maqsadida Yoshlar agentligi agentligi Kosonsoy tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Yosh Chempion" shaxmat musobaqasida ishtirok etishdi.

Maktabimizning 7.02-sinf o‘quvchilari Melixonov Rasulxon va Abdulhayev Faridun ushbu shaxmat turnirida muvaffaqiyat qozonib, faxrli birinchi hamda ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritishdi, yakunda g‘oliblar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab