🔰 Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори
🔥6👍4🥰1👏1🎉1🤩1🙏1🕊1
🟦🟦🟦🟦
🎉Bugun, 9-aprel buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
⚔️Yirik davlat arbobi, ulug' sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Shahrisabz shahri yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'i (hozirgi Yakkabog' tumani)da tavallud topgan. Bu yil buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga 688 yil to'ldi.
✅Buyuk bobomiz Movarounnahrni bosqinchi mo'g'ullardan ozod qilganidan so'ng ulkan imperiyaga asos soladi.
https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

👍6
#Milliylik
#Xon_atlas_festivali
#Kosonsoy_TIM
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.
✅ Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi.
Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktab psixologi M. Shohobiddinova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib, milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

👍11
#Ma‘naviy_tadbir
#Amir_Temur_688
#Buyuk_Temur_avlodlarimiz
#Kosonsoy_TIM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk davlat arbobi, mahoratli sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan " Biz kim mulki Turon amiri Turkistonmiz! " mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir tarix fani o‘qituvchisi Shermatov G‘ofirjonning " Amir Temur va dunyo! " mavzusidagi ma'ruzasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir so'nggida Amir Temur tavalludi haftaligida ijodiy ishlar va videoroliklar tanlovlari, shuningdek "Zakovat" intellektual musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh faol oʻquvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan tarbiya fani o'qituvchisi Sayyora Po‘latovaga minnatdorchilik bildiradi.

👍12👏2🔥1🥰1🎉1🍓1
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Aziz yurtdoshlar!
🌙 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan, dillarimizga quvonch, dasturxonimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!
🤲 O‘zbekistonimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!
✨ Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

👍18🕊6🎉2😍2❤🔥1🔥1👏1👌1💯1