Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
877 videos
429 files
3.54K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#harbiy_vatanparvarlik_tadbiri

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ChQBT rahbari Nuriddin Murodov boshchiligida maxsus tadbir amalga oshirishdi. Tadbir Kosonsoy tumani "Vatanparvar" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar pnevmatik quroldan oʻq otish mashqlarini amalga oshirishdi, harbiylar hayotini aks ettiruvchi jihozlarni koʻzdan kechirishdi. Ushbu tadbir kelajakda harbiy boʻlish va vatanni himoya qilish istagida yurgan yoshlarimiz uchun ibrat vazifasini oʻtaydi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan maktabning ChQBT rahbari Nuriddin Murodovga va tuman "Vatanparvar" tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz.


@ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Harbiy_vatanparvarlik_tarbiyasi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari maktabning Chaqiriqqacha yoshlarni boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Gʻulomjon Saidov boshchiligida Pop tumanida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirishdi. Sayohatda oʻquvchilar taktik-harbiy oʻquv mashgʻulotida ishtirok etdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Harbiy_vatanparvarlik_tarbiyasi
#Kosonsoy_IM

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari maktabning Chaqiriqqacha yoshlarni boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Gʻulomjon Saidov boshchiligida Pop tumanida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirishdi.

Sayohatda oʻquvchilar harbiylar hayoti haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish bilan bir qatorda taktik-harbiy oʻquv mashgʻulotida ham ishtirok etdilar.

Mana bunday sayohatlar yosh avlod qalbida vatanparvarlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Uchrashuv
#Harbiy_vatanparvarlik
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Harbiy litsey kursanti Muhammadqodir Sharifjonov ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Bo'lg'usi ofitser Muhammadqodir Sharifjonov o‘zi tahsil olayotgan o‘quv yurti haqida atroflicha ma'lumot berdi.
Muhammadqodir Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham tanishdi.

Mana shunday uchrashuvlar o‘quvchi-yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Amir_Temur_tavalludi
#Harbiy_vatanparvarlik
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-aprel Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan harbiy vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.

Harbiy vatanparvarlik tadbiri tumandagi bir qator hamkor tashkilotlar, Milliy gvardiya bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" harakati a'zolariga ko'krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Tadbirda o‘quvchilar sport kurashlari, kamon va pnevmatik quroldan foydalanish mashqlarini amalda sinab ko‘rishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha hamkor tashkilotlarga, xususan maktab ChQBT rahbari G‘ulomjon Saidovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab