#harbiy_vatanparvarlik_tadbiri
Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ChQBT rahbari Nuriddin Murodov boshchiligida maxsus tadbir amalga oshirishdi. Tadbir Kosonsoy tumani "Vatanparvar" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar pnevmatik quroldan oʻq otish mashqlarini amalga oshirishdi, harbiylar hayotini aks ettiruvchi jihozlarni koʻzdan kechirishdi. Ushbu tadbir kelajakda harbiy boʻlish va vatanni himoya qilish istagida yurgan yoshlarimiz uchun ibrat vazifasini oʻtaydi.
Ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan maktabning ChQBT rahbari Nuriddin Murodovga va tuman "Vatanparvar" tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz.
@ixtisoslashganmaktab