ITSM
1.47K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
Qizlar, biz bilan kuchli IT-mutaxassisga aylaning!

📣 Siz kutgan ICT4Girls loyihasining bepul mentorlik dasturi uchun qabul boshlandi. Loyiha ishtirokchisiga aylanuvchi 10 qiz mentor bilan ishlab, IT-yechim ishlab chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Bu hali hammasi emas!

💰Loyiha ishtirokchilari dastur yakunida o‘zlarining IT-mahsulotlarini moliyalashtirish uchun grant yutib olishlari mumkin.

Shoshiling, qabul 2021-yil 12-dekabrgacha davom etadi.

Ariza to‘ldirish uchun quyidagi QR-code yoki havoladan foydalaning: https://forms.gle/91NkMsF12AD9rfvE9

❗️4 oylik dasturda IT yo‘nalishida o’rta darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega 12-22 yoshdagi qizlar ishtirok eta oladi. ITga endi kirib kelayotgan qizlar uchun esa tez orada boshqa dasturlar uchun qabul boshlaymiz.

🔎 Kuzatishda davom eting!

#ict4girls #itsm #SwissEmbassy

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT4Girls bepul mentorlik dasturi kim uchun?

🔹12-22 yoshdagi
🔹ITning u yoki bu yoʻnalishida ancha bilim va tajriba orttirgan
🔹maktab, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar oʻquvchi qizlari uchun.

❗️Dastur soʻngida loyiha ishtirokchilari IT-yechim taqdim etishlari lozim.

Batafsil ma'lumot bilan loyihaning Instagram'dagi sahifasida tanishishingiz mumkin

👩🏻‍💻 Ariza topshirish uchun videodagi QR-kod yoki quyidagi havoladan foydalaning

Shoshiling, arizalar 12-dekabrga qadar qabul qilinadi!

#ict4girls #itsm #swissembassy

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT4Girls bepul mentorlik dasturi uchun arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi!

🔹12-22 yoshdagi
🔹IT yoʻnalishlaridan birida mustahkam bilim va tajribaga ega
🔹maktab, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar oʻquvchi qizlarini mentorlik dasturimizga taklif etamiz!

❗️Dastur soʻngida loyiha ishtirokchilari IT-yechim taqdim etishlari lozim.

Batafsil ma'lumot bilan loyihaning Instagram'dagi sahifasida tanishishingiz mumkin.

👩🏻‍💻 Ariza topshirish uchun videodagi QR-kod yoki quyidagi havoladan foydalaning.

Shoshiling, arizalar 19-dekabr 23:59ga qadar qabul qilinadi!

#ict4girls #itsm #swissembassy

Website I Facebook I Telegram I Instagram
👩🏻‍💻Bepul mentorlik dasturi uchun 10 nafar qiz saralab olindi!

📋ICT4Girls bepul mentorlik dasturiga ariza topshirgan 445 qizdan 149 nafari 1-bosqichda ko‘rib chiqilib, 22 nafar arizachi 2-bosqichga o‘tdi.

Onlayn intervyu shaklidagi 2-bosqichda ushbu 22 nafar qiz o‘zlarini tanishtirib, tanlagan muammolari yechimiga qaratilgan IT-mahsulot haqida gapirib berdilar.

Suhbat shunchaki baholash shaklida o‘tmadi: mutaxassisimiz suhbatda ishtirok etgan har bir qizga ular tanlagan muammo va IT-yechimlari borasida o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berib o‘tdi.

🗂Suhbat natijalari asosida 22 nafar qizdan 10 nafari saralab olindi.

❗️Tez orada loyiha doirasida yangi dasturlar e'lon qilinadi.

Batafsil ma'lumot bilan loyihaning Instagram'dagi sahifasida tanishishingiz mumkin.

Loyiha Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

🔍Bizni kuzatishda davom eting!

#ict4girls #itsm #swissembassy

Website I Facebook I Telegram I Instagram
💻Ta’lim sektori rejasi veb-sayti haqida bilasizmi?

⚡️Ushbu veb-sayt O‘zbekistonning 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan ta’lim sektori rejasini internetda ko‘rish uchun yaratilgan bo‘lib, barcha Ta’lim vazirliklarining veb-saytlari va barqaror rivojlanish maqsadlari dasturlari bilan bog‘langan.

Veb-sayt milliy va xalqaro manfaatdor tomonlar o‘rtasida ta’lim sektori rejasi doirasida o‘zaro hamkorlik qilish va ma’lumot almashish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.

Mazkur veb-sayt ITSM tomonidan UNICEF hamda GPE (Global Transforming Education) bilan hamkorlikda yaratilgan.

O‘zbekistondagi 2023-yilgacha bo‘lgan ta’lim sohasidagi siyosat maqsadlari hamda ta’limning ustuvor yo‘nalishlari haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni aynan shu veb-saytdan olishingiz mumkin.

Sayt bilan tanishish: https://espedu.uz

#ITSM #Bu_qiziq #loyihalarimiz

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from ICT4Girls
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍💻IT qizlar uchun emas, deb o’ylaysizmi?

Qoʻlidan kelmaydi, uddalay olmaydi, deysizmi?
Nega uddalay olmas ekan, albatta, uddalaydi, chunki...👆🎥🎞

P.S. ICT4Girls esa qizlarga zamonaviy kasb koʻnikmalarini oʻzlashtirishda koʻmak beradi.

Batafsil ma'lumot 👉🏻 https://t.iss.one/ict4girls
Aytganday, Instagram'da ham bormiz 👉🏻 https://instagram.com/ict4girls

#ict4girls #itsm
#XTV, #ITSM, #Qashqadaryo_XTB, #Elektron_resurslar

Joylarda yetuk malakali kadrlar va elektron ta’lim resurslarini joriy etishda amaliy ishlar qilinmoqda

Qashqadaryo viloyati XTB va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🟠 Tadbir davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun AKT sohasini yetuk pedagog kadrlari sifatida rivojlanishlarini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimida ishlab chiqilgan milliy segmentdagi elektron resurslardan foydalanish bo'yicha seminar–trening o'tkazildi.

📝 Shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan OTM o‘rtasida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida yosh pedagog va talabalar davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
#ITSM_OAV_NIGOHIDA

⚡️Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bosh direktori Abduvali Haydarov “Qulay hayot” loyihasi uchun markaz tomonidan xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion va interaktiv loyihalar borasida intervyu berdi.

👉🏼
ITSM bosh direktori ishtirokida boʻlib oʻtgan Elektron hukumat mavzusidagi “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonini quyidagi havola orqali tomosha qiling

Website I Facebook I Telegram I Instagram
#Milliy_kontent #Elektron_resurslar #XTV #ITSM

“Замонавий мактабларни баҳолаш ва сертификатлаш хизмати” мутахассислари нафақат қўйилган талабларга мувофиқ мактабларни ўрганиш билан, балки халқ таълими тизимида яратилаётган фойдали электрон ресурслар билан мактабларни таништириб бормоқдалар.

🔰Хусусан, бугун шундай семинарлар Фарғона вилоятининг Қўштепа туманидаги 4 ва 33-сонли, Тошлоқ туманидаги 16-сонли, Учкўприк туманидаги 1, 18, 37-сонли умумтаълим мактаблари ҳамда 15-сонли ИДУМда ўтказилди. Ўқитувчиларга таълим сифатини оширишга, ўқувчиларни бўш вақтларини мазмунли ўтказишга ёрдам берадиган ресурслар, хусусан maktab.uz платформаси тақдимот қилинди.

🌐Maktab.uz халқаро стандартларга жавоб берувчи илғор рақамли таълим технологияси бўлиб, мактаб ўқувчилари учун сифатли узлуксиз масофавий таълим тақдим этилишини таъминлайди.

💠Maktab.uz – 1-11-синфлар учун энг йирик умумтаълим онлайн мактаби ҳамда мактаб ўқув дастури бўйича видеодарслар ва бошқа материаллар платформаси бўлиб ҳисобланади.
Forwarded from Sardor Raximboyev
#Milliy_kontent #Elektron_resurslar #XTV #ITSM #ZM

Халқ таълими тизимида яратилаётган фойдали электрон ресурслар билан таништириш бўйича навбатдаги семинарлар “Замонавий мактабларни баҳолаш ва сертификатлаш хизмати” мутахассислари томонидан Наманган вилоятининг Янгиқўрғон туманидаги 1, 11, 15, 33 ва 36-сонли мактабларда ўтказилди.

🌐 Семинарларда мактаблар жамоаларига бошқа ресурслар қатори maktab.uz платформаси афзалликлари ҳақида батафсил тушунтиришлар берилди.

👉 @Maktablar_reytingi
#Smartland, #Interaktiv_talim_platformasi, #ITSM

📈 Hozirda Smartland interaktiv ta'lim platformasidan aktiv ravishda foydalanuvchilar soni 20 000 dan oshdi!

🔻Shundan:

📲 ANDROID – 19 200 ; 📲 iOS – 1 000 .

🙋‍♂️ Siz ham o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz?

☑️ Unda quyidagi ilovalarni yuklab oling:

🔹
SMARTLAND - Apple store | Play Market | Veb-versiya

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

➡️ Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from Abduvali Haydarov
#STEAM #FAKT #ITSM

Bugun e'tiboringizga STEAM ta'lim haqida qiziqarli faktlarni taqdim qilamiz!


💰Hozirda dunyoda STEM yo‘nalishi bitiruvchilari boshqa yo‘nalish bitiruvchilariga nisbatan ko‘proq daromad topadilar.

📈 2018-yilda mehnat bozorida STEM yo‘nalishidagi kasblarga ehtiyoj 45% ga ortgan.

🛡 STEM yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kasb egalari 26% ga ko‘proq daromad ko‘radilar va o‘z ish o‘rnini yo‘qotish xavfidan yiroqdirlar.

🇺🇸 Joriy yilda AQSh bitiruvchilarining 16% STEM yo‘nalishida bakalavr diplomiga ega bo‘ladilar.

🇨🇳 Ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi STEM yo‘nalishida yiliga 4,7 million bitiruvchilar soni bilan dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turibdi.

📉 Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘z vaqtida shug‘ullanishni boshlamagan 92% o‘g‘il bolalar va 97% qiz bolalar 5 sinfga kelib STEM-ta’limiga qiziqishlarini yo‘qotishlari mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

➡️ Website I Facebook I Telegram I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9mayxotiravaqadrlashkuni #ITSM

Xotira bor ekan - millat barhayot!

⚡️ 9 - may - Xotira va qadrlash kuni - ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida ulkan sabr-toqat va qat'iyatlilik ko'rsatgan, qolaversa, shafqatsiz urushdan aziyat chekkan norasidalarni o'z bag'riga olib, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonasining haqiqiy qahramonlariga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

🇺🇿 Tinchligimiz abadiy, osoyishtaligimiz mangu bo'lsin.

🔥 Xotira va qadrlash kuni qutlug' bo'lsin!
#Start_up #XTV #ITSM

💫 Start-up loyihangizni noldan qanday boshlash haqida 7 ta tavsiya beramiz🔻

1️⃣ Bozorni tahlil qiling va joy tanlang;

2️⃣ O'ziga xos sotish taktikangizni ishlab chiqing;

3️⃣ Biznes-reja tuzing;

4️⃣ Atrofingizga professionallarni to'plang;

5️⃣ Reklama amaliyotlarini bajaring va mijozlarni izlang;

6️⃣ Mijozlar bazasini yarating;

7️⃣ Natijalarni tahlil qiling va biznesingizni kengaytiring.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

➡️ Website I Facebook I Telegram I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy kasblarni biz bilan birga o'rganing!

🌍 SMM - zamonaviy IT-sohasi doirasidagi eng ommalashgan kasblar qatoridan o'rin olgan bo'lib, bugungi kunda "Social Media Marketing", ya'ni ijtimoiy tarmoqlar marketingi mutaxassisiga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda.

Ushbu zamonaviy kasbni tez, qulay va oson o'rganishni istayotgan barcha yoshlar uchun o'zbek tilida va mutlaqo bepul o'rganish imkoniyati taqdim etilmoqda!

👍 Xalq ta'limi vazirligining YouTube dagi Milliy ta'lim resurslari kanalidagi "SMM" onlayn kursida, Siz ushbu kasbning barcha sir-sinoatlarini o'rganish orqali tez fursatlarda qo'shimcha yoki asosiy daromad topishingiz mumkin.

🎓 Kurs davomida:

➡️ SMM nima?;
➡️ SMM tarixi;
➡️ SMM kimlarga kerak?;
➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda optimal maydon;
➡️ Strategiya nima?;
➡️ Raqobatchilarni aniqlash;
➡️ Kontent reja;
➡️ Kontentlar soni va ularni joylash vaqti;
➡️ Maqsadli auditoriya haqidagi bilimingizni oshirasiz.

👨‍💼 "Milliy ta'lim resurslari" kanalimizni kuzatishda davom eting!

📞 71 2020909
🌐 itsm.uz I 📒Facebook I Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube

#milliy_talim_resurslari #xtv #itsm #IT_kasblar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

🔐 Kiberxavfsizlik mutaxassislari kimlar?

🛡 Kiberxavfsizlik mutaxassisining - vazifasi dasturlar, saytlar va mobil ilovalardagi zaifliklarni izlash, maʼlumotlarni himoya qilish va xakerlar hujumlariga qarshi kurashishdir;

➡️ ushbu kasbni egallash uchun kurslar o‘rtacha 12 oydan boshlanadi;
➡️ Kiberxavfsizlik mutaxassislari O‘zbekiston hududida 10 000 000 so‘mdan boshlangan, jahon miqyosida esa, 4000$ dan boshlangan maosh oladilar;
➡️ eng muhimi, ushbu soha vakillarining boshqa IT-yo‘nalishidagi mutaxassislar kabi yoshi chegaralanmagan.
_________________________

👨‍💻 Kiberxavfsizlik mutaxassisligi kasbini egallashga qiziqib qoldingizmi?

Ushbu kasbni yanada tez va o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda, 24/7 hamda mutlaqo bepul o‘rganing!

Buning uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi 📺 Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan Kiberxavfsizlikonlayn kursini birinchilardan bo‘lib puxta o‘zlashtiring.

🌐 itsm.uz I 💬ITSM I 💬 ITSM I 📷 ITSM I 📺 Milliy ta'lim resurslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

3 ta asosiy ommaviy operatsion tizimlar… 🍏 🔟 🐧

Operatsion tizim o‘zi nima?

Operatsion tizim – bu qurilmani ishlashiga yordam beruvchi katta dastur hisoblanadi.

📊 Nima uchun bir operatsion tizim boshqalariga nisbatan ommalashadi?

➡️ Keling, hozir ulardan birini ko‘rib chiqamiz! ⤵️

🖥 Mac OS operatsion tizimi – 2001-yilda Apple asoschisi Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan, ushbu operatsion tizim ilk bor oynali interfeysni taklif etgan. Shuning hisobidan ushbu operatsion tizim tez tanilgan.

✉️ Siz eng ommalashgan operatsion tizimlardan qay birini bilasiz yoki unda ishlaysiz?

⭕️ Javobingizni izohlarda qoldiring.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 📺YouTube dagi Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Operatsion tizimlar” onlayn kursida ushbu yo'nalishdagi bilimingizni yanada oshiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️

🔊Mnemonika haqida eshitganmisiz?

🧠 Inson xotirasi - uning umri davomidagi eslab qolgan ma'lumotlari bo'lib, u ikki turga bo'linadi, doimiy va qisqa.

🧠 Doimiy xotirangizga - ota-onangiz, o'zingiz, yashash manzilingiz, oila a'zolaringiz va shunga o'xshash ma'lumotlar kiradi.

Qisqa xotirangizga - o'qigan kitoblaringiz, olgan bilimlaringiz, yaqin orada uchratgan insonlaringiz, qisqa vaqtda olingan va unutilishi tez sodir bo'ladigan barcha ma'lumotlaringiz kiradi.

🔄 Mnemonika usullaridan foydalanish orqali esa Siz, qisqa xotirangizni doimiy xotirangizga aylantirishingiz mumkin bo'ladi.

Qanday qilib deysizmi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining YouTube Milliy ta’lim resurslari kanalidagi “Shaxsiy rivojlanish” onlayn kursining 12-darsida Mnemonika haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!

👍👍 Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.

#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🎯 Target o'zi nima?

📷 Bugungi kunda deyarli millionlab yoshlar va biznes qatlam egalari instagram, telegram, facebook, twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda o'zining shaxsiy sahifalarini yuritadilar.

🛍 Siz, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansiz, har kuni juda ko'plab reklama takliflariga duch kelasiz.

🔫 Target - bu ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylamoqchi bo'lgan reklamangizni maqsadli auditoriyaga ko'rsatish orqali reklamangiz foydasini bir necha bor orttirib beradigan funksiyadir.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 📺 YouTubedagi Milliy ta'lim resurslari kanalidagi "SMM" onlayn kursida uning barcha imkoniyatlarini mustaqil ravishda o'zlashtirib, ijtimoiy tarmoqlardagi biznes akkauntlaringizni yangi bosqichlarga olib chiqing!⬆️

👍👍 Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.
🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘
#milliy_talim_resurslari #xtv #itsm #IT_kasblar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️ Bugun 9-aprel sanasida, Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi

💫 Amir Temur – tarixda o‘chmas iz qoldirgan, Sharq va G‘arb davlatlari yuksak baholagan dono strateg, dovyurak sarkarda, adolatli davlat arbobi, o‘z xalqiga ozodlik va hurlik nashidasini taqdim etgan Buyuk shaxs bo‘lgan.

Amir Temurning davlat va qo'shin tuzilishidagi islohotlari, hattoki, raqiblari tomonidan ham o‘z davrining buyuk kashfiyotlari sifatida yuksak baholangan.

❄️ Temur tuzgan davlatning qudrati, madaniy va maʼnaviy yuksakligi, jahonga mashhur ko‘plab olimlarni yetishib chiqishiga sabab bo‘lgan.

🫥 Bugun Sohibqiron Amir Temur davlatimiz va xalqimiz ardog‘ida!

#AmirTemur
#ITSM
#tarix

📞 71 2020909
🌐 itsm.uz I 📒Facebook I Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM