ITSM
1.45K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
🌙 Bugun 9-aprel Sohibqiron Amir Temurning tavalludiga 685 yil to'ldi.

⚜️Amir Temur – buyuk inson bo‘lib, uning nomi xalqimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan.

👑🗡Shoh va sarkarda, donishmand, o‘zi tuzgan katta davlat bilan dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan bunyodkor Sohibqiron Amir Temur nafaqat buyuk bobokalonimiz, balki g‘urur va iftixorimizdir.

‼️Amir Temur haqida qiziqarli fakt

Bir kuni Amir Temur mulozimlari bilan shatranj o‘ynab o‘tirganida choparlar unga ikkita xushxabarni keltirishadi. Birinchisi, o‘g‘il farzand ko‘rgani, ikkinchisi esa Sayxun bo‘yida qurdirayotgan shahari bitgani haqida.

🕌Hukmdor bu ikki xushxabarni raqibiga endigina rux bilan shoh bergan payti eshitgani bois o‘g‘liga Shohrux, shaharga esa Shohruxiya deb nom beradi.

#AmirTemur
#ITSM
#tarix

Website | Facebook | Telegram | TikTok
☀️ Bugun 9-aprel sanasida, Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi

💫 Amir Temur – tarixda o‘chmas iz qoldirgan, Sharq va G‘arb davlatlari yuksak baholagan dono strateg, dovyurak sarkarda, adolatli davlat arbobi, o‘z xalqiga ozodlik va hurlik nashidasini taqdim etgan Buyuk shaxs bo‘lgan.

Amir Temurning davlat va qo'shin tuzilishidagi islohotlari, hattoki, raqiblari tomonidan ham o‘z davrining buyuk kashfiyotlari sifatida yuksak baholangan.

❄️ Temur tuzgan davlatning qudrati, madaniy va maʼnaviy yuksakligi, jahonga mashhur ko‘plab olimlarni yetishib chiqishiga sabab bo‘lgan.

🫥 Bugun Sohibqiron Amir Temur davlatimiz va xalqimiz ardog‘ida!

#AmirTemur
#ITSM
#tarix

📞 71 2020909
🌐 itsm.uz I 📒Facebook I Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM