Imtiyoz.uz
1.06K subscribers
225 photos
86 videos
110 files
706 links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?

«Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar);

boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga muhtojlar);

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtojlar);

uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar);

noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar (ma’muriy binolar, erto‘lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo‘ljallanmagan boshqa binolarda yolg‘iz yoki oila a’zolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);

qaramog‘ida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar;

tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, etarli daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar);

huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar);

psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent metrosi Yangi yil kechasi tungi soat 02:00 gacha ishlaydi

Poytaxt metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar soat tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Ertadan OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik litsey o‘quvchilari uchun qishki ta’til boshlanadi tatil 2025-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Germaniyada ishlash istagi borlar uchun 4 000 ta bo'sh ish o'rni (oylik 3 ming AQSH dollari)!

🇩🇪 Davlat - Germaniya.
🔖 Korxona nomi - Duvenbeck Kraftverkehr GmbH & Co.KG.
💼 Bo'sh ish o'rni - 4 000 ta.
🏭 Soha yo'nalishi - yuk mashinasi xaydovchisi ish, mexatronika, omborchi, yukmashinasiga texnik xizmat ko'rsatish soxalarida ausbildung.
❗️Talablari - Nemis tili B1 daraja, 18-40 yosh, sudlanmaganlik, yuqumli kasalliklar bilan og'rimagan.
💰Oylik maoshi - 3 000 AQSH doll.

☎️ Murojaat uchun:
1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️O'z mablag'lari hisobidan nodavlat maktab quradiganlarga soliq imtiyozlari berilmoqda

🇺🇿 Qonun (O'RQ-1013-son, 24.12.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi.

🏢 Unga ko'ra, o'z mablag'lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig'i bo'yicha vaqtinchalik (2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Prezidentning 2024 yil 24 noyabrdagi 403-sonli bilan Nodavlat bog'cha va maktablar 2030 yilgacha barcha turdagi soliq va yig'imlardan ozod qilingan edi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga oylik ustama to'lanadi.

Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Asos: https://lex.uz/docs/-941878

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi.

bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda;

turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda;

malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;

to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

o‘z arizasiga ko‘ra;

«Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;

shaxs vafot etgan taqdirda.

Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?
Batafsil: https://t.iss.one/imtiyozuz/2343

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

🔰 Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Kambag‘al oila a'zolarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriladi

🇺🇿 Prezidentimizning 2024-yil  27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab direktori va o'rinbosarining oylik ish haqi 2 barobarga oshiriladi.

2025-2026 o'quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o'rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o'rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko'ra qo'shimcha ustamalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo'shimcha to'lovlar to'lanishi yo'lga qo'yiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining ta'kidlashicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi. Agar ular “Direktorlar maktabidan” o'tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Yolg'iz ayollarning farzandlari bog'chaga imtiyozli ro'yxat asosida qabul qilinadi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️O‘zbekistonda 1-yanvardan kuchga kirgan ayrim  o‘zgarishlar

Toshkentda avtobus va metroda naqd pul shakldagi yo‘lkira narxi oshdi;
davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga oshiriladi;
milliy sertifikatga ega ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi;
tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilindi;
umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirildi;
tuman (shahar)lar hokimliklariga yangi vakolatlar berildi;
tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;
bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etildi.

❗️Batafsil keyingi postlarda barcha mavzularni yoritib boramiz.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Quyidagi banklar bankomatlaridan past foiz bilan yoki komissiyasiz naqd pul yechish mumkin.

1) Ipoteka bank - 0,7%
Bankning Uzcard kartalaridan Samarqand viloyati, Chilonzor va Ko’ksaroy filiallari bankomatlarida naqd yechilganda;

2) Asakabank - 0,7%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Asakabank bankomatlarida naqd yechilganda;

3) Garantbank - 0,7%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Garantbank bankomatlarida naqd yechilganda;

4) Asia Alliance Bank - 0,6%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan AAB bankomatlarida naqd yechilganda;

5) Ipak Yo’li Banki - 0,5%
Bankning Visa Start so’m kartalaridan IYB bankomatlarida naqd yechilganda;

6) Davrbank - 0,5%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Davrbank bankomatlarida naqd yechilganda;

7) Biznesni Rivojlantirish Banki - 0,5%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan BRB bankomatlarida naqd yechilganda;

8) KDB Bank O’zbekiston - 0,5%
Bankning Humo kartalaridan KDB Bank bankomatlarida naqd yechilganda;

9) Kapitalbank - 0%
Bankning Visa so’m kartalaridan Kapitalbank bankomatlarida 10 mln. so’mgacha naqd yechilganda;

10) Tenge Bank - 0%
Bankning xalqaro bank kartalaridan Tenge Bankning bosh ofisi, Intercontinental, Hyatt Regency va TATUda joylashgan AMEX logotipi bor bankomatlarida 30 mln. so’mgacha naqd yechilganda.

❗️Oradan vaqt o’tgach, komissiyalar o’zgarishi mumkin.
©Manba...

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 2025 yilda 35 foizga oshiriladi.

“Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

2025 yil 1 yanvardan boshlab20 foizga;

2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz