Imtiyoz.uz
1.07K subscribers
225 photos
87 videos
110 files
723 links
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️"10 ming qadam" loyihasi yana qaytmoqda.

Bu bo'yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan boshlab “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma ishga tushirilib, u orqali bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi hamda ularga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma;
oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobildan birini yutish imkoniyatini taqdim etish.

Shuningdek, aholisining yarmi yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʼtkazilib, g'olib mahallalar jamg'armasiga quyidagi maqsadlar uchun 500 million so'm ajratiladi:

bolalar maydonchasini qurish;
yashil bogʼ yaratish;
chiqindi yigʼish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini oʼrnatish.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
kontrakt;
nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

✍️ Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
.

🎓 Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
o'zingiz uchun;
farzandlaringiz uchun;
26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1️⃣ To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2️⃣ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas. Batafsil...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni dam olinadimi?

Yo‘q. Ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanmagan. Shunday ekan, 14-yanvar barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.

📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari quyidagicha:

👉 1-yanvar – Yangi yil;   
👉 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉 21-mart – Navro‘z bayrami;
👉 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
👉 Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉 Qurbon hayit (Iyd al-Adha).

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Grant

⚡️Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2025-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

❗️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

💬 Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32547

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

👉 soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

👉 sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

👉 ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;

👉 xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

👉 ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

👉 xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

❗️Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Xodimlarga ish kuni davomida dam olish uchun tanaffuslar berilishi kerak

Qonunchilikka ko'ra, ish kuni davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi kamida 30 daqiqa va ko'pi bilan 2 soat bo'lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.

📋 Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi.

❗️Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mast haydovchilarga jarima miqdori oshirilib, takroriy holatda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda

🏛 Senatorlar bu haqdagi qonunni ma'qulladi.

Qonunga ko‘ra, transport vositasini mast holda boshqarganlik uchun belgilangan jarima bazaviy hisoblash miqdori 40 baravar (15 mln so’m) etib belgilandi. Bunga qadar 25 baravar edi.

Ushbu holat takroran sodir etilganda, haydovchi jinoiy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Qonun imzolash uchun Prezidentga yuborildi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ish haqi @imtiyozuz.pdf
11.5 MB
⚡️Oʻzbekistonda 2024-yili oʻrtacha hisoblangan nominal ish haqi 5 mln 357 ming soʻmga yetdi

Hududlar boʻyicha eng koʻp maosh Toshkent shahri (9,1 mln soʻm) va Navoiy viloyatida (6,8 mln soʻm). Eng kami esa — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida (3,8 mln soʻm).

Batafsil yuqoridagi faylda.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Ayollarni homiladorlik yoki farzandlari borligi sabab ishga olmaslik, ishdan bo‘shatish yoki ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺 Rossiyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun 27-yanvardan boshlab bepul rus tili kurslari ochiladi — Migratsiya agentligi

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyini ta'mirlash uchun pul beriladi.

Qonunchilikka ko'ra, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o'rganiladi.

🏢 Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga "Ayollar daftari" jamg'armasi hisobidan BHMning 30 baravarigacha (11 mln 250 ming so'm) miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-son qarori.
---------------------------------------------------------
Ayollar daftariga kimlar kiritiladi? Javob...

⚡️Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi. Batafsil...

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi. Batafsil...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'limda o'qish va harbiy xizmatda bo'lish davrlari ish stajiga qo'shilish shartlari qanday?

Savolga Pensiya jamg'armasi bo'lim boshlig'i Nozimjon Jo'raev javob beradi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

Mahkum 1 ta kitob o‘qigani va belgilangan imtihonni topshirgani uchun jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga ko‘pi bilan 10 ta kitob o‘qish mumkinligi belgilanishi kutilmoqda.

🇺🇿 @imtiyozuz
#imkoniyat

“Bir million dasturchi” loyihasi kursni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga qanday imtiyoz beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga asosan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB banklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (hozirda 9 milion 375 ming so‘m)dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan iste’mol kreditlari ajratiladi va ularning foiz to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.

“Bir million dasturchi” loyihasi boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblar: https://uzbekcoders.uz/faq

Asos: https://lex.uz/docs/-5668176

➡️ @imtiyozuz
⚡️O'zbekistonda kambag'allik chegarasi yangilandi

O'zbekistonda 2025 yil uchun hisoblangan minimal iste'mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so'mni tashkil etdi (+3 foiz). Bungacha 648 ming so'm edi.

Ma'lumot uchun, jahon tajribasida minimal iste'mol xarajatlari ko'rsatkichidan kambag'allik chegarasi sifatida foydalaniladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga bolalar soniga qarab 10 foizdan 50 foizgacha ustama beriladi.

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi, uch nafar bola uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.

❗️Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5679836

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️100 yoshdan oshgan fuqarolar pensiyasiga ustama qo'shib beriladi


100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasi yoki nafaqasiga har oyda pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (375 ming soʻm) ning 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi belgilangan.

Bunda, pensiyaga qoʻshimcha toʻlov shaxs 100 yoshga toʻlgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ("proaktiv" shaklda) toʻlanadi hamda qoʻshimcha toʻlovni toʻlash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat'i nazar amalga oshiriladi.

Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oʻzgarganda, qoʻshimcha toʻlov pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga mutanosib ravishda oʻzgaradi.

☝️Shuningdek, ushbu qoʻshimcha toʻlovni toʻlash fuqaroga toʻlanayotgan pensiyani toʻlash toʻxtatilganda yoki toʻxtatib turilganda belgilangan tartibda toʻxtatiladi yoki toʻxtatib turiladi.

❗️Fuqaroga qoʻshimcha toʻlov uning xohishiga koʻra roʻyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz